Samarqand U-Re
90 subscribers
642 photos
40 videos
150 links
Samarqand U-Report Yoshlar qo'mitasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz.

Kanal a'zolari @UReportUzbbot ga ulangan bo'lishlari lozim.

Kanalda jamoamizning faoliyati yoritib boriladi.
Savol va takliflar uchun ➡️ @Shaxzoda_Rustamova +998906556065
Download Telegram
👥 Samarqand Yoshlar markazida “Stem X” loyihasi doirasida navbatdagi U-Report taqdimoti o’tkazildi

➡️ Tadbir davomida ishtirokchilarga U-Reportning maqsad va vazifalari, yoshlar ovozini eshittirishdagi o‘rni hamda platforma orqali ijtimoiy faollikni oshirish imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi.

➡️ Shuningdek, ishtirokchilar U-Reportga qanday a’zo bo‘lish, so‘rovnomalarda qatnashish va o‘z fikrlarini bildirish tartibi bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir interaktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda faol muhokamalarda qatnashdilar.
🔥4🎉2🤩2
👥 Samarqand Yoshlar markazida U-Report taqdimoti bo‘lib o‘tdi!

Samarqand Yoshlar markazida Youth Can loyihasining “Ijodkor eko qo‘llar” tadbiri doirasida U-Report taqdimoti tashkil etildi.

Tadbirda 50 ga yaqin ekofaollar ishtirok etib, ularga U-Report platformasining maqsad va imkoniyatlari, yoshlar fikrini jamiyat rivoji uchun eshitishdagi o‘rni hamda platformaga qo‘shilish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Taqdimot davomida ishtirokchilar bilan qiziqarli muloqot o‘tkazildi, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi va faol yoshlar U-Report hamjamiyatiga qo‘shilishga taklif etildi.

💙 U-Report : sening fikring muhim !
🔥2🎉2🤩2😁1
💙 Yoshlar kreativ shaharchasida U-Report targ‘iboti o‘tkazildi!

Girl’s Voice loyihasi doirasida U-Report platformasining targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda 20 nafardan ortiq qizlar ishtirok etib, ularga U-Report platformasining maqsadi, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlari hamda jamiyatdagi muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirishning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga U-Report boti orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi tushuntirildi va loyiha targ’ibotchi volontyorlar safiga ham jalb qilindi

💙 Har bir yoshning ovozi muhim. Kelajakdagi o‘zgarishlar sizning fikringizdan boshlanadi!
❤1🔥1🎉1🤩1