SamTVR | MTRK
5.91K subscribers
91.1K photos
42.2K videos
402 files
54.3K links
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi rasmiy kanali.
Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89
Download Telegram
#Live

Tanqidiy va tahliliy ruhda o'tayotgan yig'ilishda A.Axmedov yoshlar orasida jinoyatchilik ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan hudud mas'ullarini qattiq ogohlikka chaqirib, holatlarni muhokama qildi.

Xuddi shunday, Ishtixon tumani Majburiy ijro byurosi boshlig‘i S.Zaynuddinovga biriktirilgan Ishtixon tumani “Ravot” mahallasida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan K.B. narkotik modda sovdosi bilan qo‘lga olinganligi, Toyloq tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Qobilov biriktirilgan Toyloq tumani “Shopo‘lat” mahallasida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan D.B. probatsiya hisobida turgan bo‘lsa-da, maktabda o‘zini Milliy gvardiya xodimi deb tanishtirib, maktab mas’ullaridan pul mablag‘lari talab qilganligi uchun JKning 168-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi alohida tahlil qilinib, mahalla yettiligi vakillarining faoliyati tanqid ostiga olindi.

https://t.me/SamTvr
Чегара божхона постида ушлаб қолинган дрон йўқ қилинди

“Жартепа” чегара божхона пости орқали қўшни давлатдан Ўзбекистонга ўтиш учун кириб келган шахсга тегишли багаж юклар божхона ходимлари томонидан рентген аппаратидан ўтказилганда, 1 дона “dji MAVIC 3” номли учувчисиз учиш аппарати борлиги аниқланиб, тегишли процессуал ҳужжатлар расмийлаштирилган.

Экспертиза хулосасига кўра, мазкур учувчисиз учуш қурилмасини Ўзбекистон Республикаси ҳудудига олиб кириш, сотиш ва улардан фойдаланиш таъқиқланиши маълум қилинган.

Ҳолат юзасидан суд ҳукмига мувофиқ, куни кеча шаҳар марказий чиқинди тўкиш полигонида қиймати 28 874 000 сўмлик учувчисиз учиш аппарати махсус комиссия иштирокида йўқ қилинди.
Yig'ilish davomida viloyat IIB boshlig'i R.Mamatov ham yoshlar jinoyatchiligiga to'xtalib, mas'ullarning o'z vazifasiga yuzaki yondashayotganligini tanqid qildi.

Ma'lumot o'rnida: viloyatda 2024-yilning o‘tgan 4 oyi davomida yoshlar tomonidan 308 ta (28 taga oshgan) jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga oshgan.

Voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida Kattaqo‘rg‘on tumani 4 ta, Urgut tumani 7 ta, Samarqand shahar 8 ta sodir etilgan jinoyat bilan viloyatdagi yoshlar jinoyatchiligi eng yuqori hududlar bo‘lib qolmoqda.

https://t.me/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"PROM PRO EXPO 2024 — hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va sanoatchilar forumi"ga marhamat!

https://t.me/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | Samarqandda viloyat prokuraturasi tomonidan tadbirkorlar muammolari o’rganilmoqda
#10may #uzbekiston24

https://t.me/SamTvr
#Yoshlar_xususida

➡️ Yig‘ilishda migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash masalasi ham muhokama qilinib, ularning huquqlari poymol etilmasligi, turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmasligini ta'minlashda mas'ullar yanada hushyor bo‘lib, mas'uliyat bilan yondashishi lozimligi ta'kidlandi.

📌 Yig‘ilish yakunida DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov yoshlar masalasiga panja ortidan qarashning og‘ir oqibatlari haqida so‘zlar ekan, mutasaddilarni yana bir bor qat'iy ogohlantirib, vazifasiga jiddiy yondashishga, har bir yosh bilan individual ishlab, jinoyatchilik, qonunbuzarlik holatlarining oldini olishda birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

https://t.me/SamTvr