Samarqand TVR | MTRK
4.68K subscribers
108K photos
55.1K videos
546 files
69.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor boβ€˜lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚁 Samarqand uzra samoviy sayohat: Vertalyot turizmi rasman yoβ€˜lga qoβ€˜yildi!

Siz Samarqandni har doim yerdan turib, Registonning mahobatli devorlari yoki goβ€˜zal minoralar soyasida koβ€˜rgansiz. Endi esa shaharni butunlay yangi rakursdan β€” falak yuksakligidan kashf etish vaqti keldi!

πŸ“Ί Voqea joyida: "Samarqand MTRK" ijodkorlari!

Ushbu hayajonli jarayonni ilk bor tasvirlash va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida β€œSamarqand MTRK” telekanali ijodkorlari ayni vaqtda voqea joyida boβ€˜lib turishibdi.

Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube
πŸ‘2
🌱 PAXTA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLAR AGROINSPEKSIYA NAZORATDA
 
2026-yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning holatini oβ€˜rganish va monitoring qilish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, β€œOβ€˜zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Payariq tumani β€œXalqobod” MMTP hududidagi fermer xoβ€˜jaliklariga qarashli paxta maydonlarida gβ€˜oβ€˜za parvarishi holati koβ€˜zdan kechirildi.
Monitoring davomida ekinlarning rivojlanish jarayoni, agrotexnik tadbirlarning oβ€˜z vaqtida va sifatli bajarilishi oβ€˜rganilib, fermerlarga zaruriy koβ€˜rsatma va amaliy tavsiyalar berildi. Aniqlangan ayrim muammolarni joyida bartaraf etish choralarini koβ€˜rishga alohida e’tibor qaratildi.
 
🌿 Sifatli agrotexnik tadbirlar β€” moβ€˜l hosil garovi!
 
 
Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚑️ OpenAI’dan kutilmagan yangilik: GPT-5.5 Instant taqdim etildi!

Amerikaning OpenAI kompaniyasi oΚ»zining yangi β€” GPT-5.5 Instant modelini rasman eΚΌlon qildi. Ushbu model ChatGPT’ning bepul foydalanuvchilari uchun standart asosiy modelga aylanadi.
πŸ›  Yangilanishda nimalar oΚ»zgardi?

β€’ OΚ»rin almashinuvi: Yangi model mart oyida chiqqan GPT-5.3 Instant oΚ»rnini egallaydi.
β€’ Yuqori aniqlik: Ichki tekshiruvlarga koΚ»ra, noaniqliklar soni 37,3 foizga kamaygan.
β€’ Shaffoflik: Endi ChatGPT barcha modellarda xotira manbalarini koΚ»rsatib boradi. Bu esa javoblar qayerdan olinganini tushunishga yordam beradi.

β€’ Aqlli tizim: Model yanada tushunarli va shaxsiylashtirilgan holatga keltirilgan.

πŸš€ Sun'iy intellekt imkoniyatlari yanada kengaymoqda. Yangi modelni hoziroq ChatGPT’da sinab koΚ»ring!

#OpenAI #ChatGPT #GPT5 #TechNews #SuniyIntellekt #Innovatsiya

Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube
πŸ‘1
β™Ÿ Payariq tumanida shaxmat va shashka musobaqasi oβ€˜tkazildi

πŸ–β€œBesh tashabbus olimpiadasi” doirasida Payariq tumanida yoshlar oβ€˜rtasida shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.

πŸ“ Musobaqada turli mahallalardan kelgan yoshlar oβ€˜zaro aql, strategiya va mantiqiy fikrlash borasida bellashdilar. Bahslar davomida ishtirokchilar yuqori tayyorgarlik va faol ishtirok bilan ajralib turdi.

πŸ† Yakunda gβ€˜olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

β™ŸShaxmat va shashka β€” yoshlarning tafakkuri, sabr-toqati hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim sport turlaridan biridir.

Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube