Samarqand TVR | MTRK
4.67K subscribers
108K photos
55K videos
546 files
69.2K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Qo‘shchinor mahallasi yangi qiyofa kasb etmoqda

Bugungi kunda Qo‘shchinor mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirmoqda. Xususan, mahallaning kirish qismida homiylik mablag‘lari hisobidan zamonaviy darvoza bunyod etilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Mahallada yangi miroloyihalar ish boshladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/tayloq/news/view/163431

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
“Baxtiyor ona” – tinchlik va vatanparvarlik timsoli

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tumanda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari doirasida avvalgi istirohat bog‘i zamonaviy qiyofada qayta ta’mirlanib, “Vatanparvar” bog‘iga aylantirildi. Bog‘ hududidagi ma’nan eskirib qolgan eski hovuz o‘rnida esa yangi yashil hudud barpo etilib, unda “Baxtiyor ona” haykali o‘rnatildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/tayloq/news/view/163439

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
#Markaziy_harbiy_okrug

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira mangu marafoni” o‘tkazildi


Samarqand viloyatida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira mangu marafoni” doirasida ommaviy yugurish musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Silk Road Samarkand majmuasida “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan marafonda Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari hamda kuch tuzilmalari vakillari faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda hamjihatlik va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Mudofaa vazirligi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Milliy gvardiya jamoasi
🥉 3-o‘rin — Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube