Samarqand TVR | MTRK
4.64K subscribers
108K photos
55K videos
546 files
69.1K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor boβ€˜lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
πŸŽ– Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahad Ochilov holidan xabar olindi

🏘 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoβ€˜jaligi bosh boshqarmasi boshligβ€˜i Bahodir Negmatov boshchiligidagi boshqarma jamoasi 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mehnat va jasorat namunasi boβ€˜lgan Ahad bobo Ochilov xonadoniga tashrif buyurib, nuroniy faxriy holidan xabar olindi.

➑️ Tashrif davomida Ahad bobo kelayotgan 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etilib, Ikkinchi jahon urushi yillarida koβ€˜rsatgan mardligi, matonati hamda bugungi tinch va osuda hayotimiz yoβ€˜lida qoβ€˜shgan munosib hissasi uchun chuqur ehtirom va minnatdorlik bildirildi.

➑️ Samimiy va iliq ruhda oβ€˜tgan suhbat davomida nuroniy otaxon bugungi dorilamon kunlar, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va xalqimiz farovonligidan mamnun ekanligini alohida ta’kidlab, yosh avlodni Vatanga sadoqat, yurtga mehr va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash har birimizning muqaddas burchimiz ekanini qayd etdi.


βœ… Shuningdek, Ahad bobo xalqimiz va yurtimiz ravnaqi uchun ezgu tilaklar bildirib, duoga qoβ€˜l ochdi. Tashrif davomida nuroniy faxriyga esdalik sovgβ€˜alari hamda gullar topshirildi.

Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube
Samarqandda jasorat va fidoyilik yod etildi


9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand viloyati hokimligi, Markaziy harbiy okrug qoβ€˜mondonligi, kuch tuzilmalari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Samarqand shahridagi Xotira maydonida joylashgan Motamsaro Ona yodgorligi poyiga gulchambar qoβ€˜yish marosimi boβ€˜lib oβ€˜tdi.

Tadbir davomida xalqimizning Ikkinchi jahon urushi yillarida koβ€˜rsatgan jasorati va fidoyiligi yod etilib, urushda halok boβ€˜lgan yurtdoshlarimiz xotirasi hurmat bilan tilga olindi.

Motamsaro Ona yodgorligi poyiga qoβ€˜yilgan har bir gul va ehtirom ifodasi – xalqimizning oβ€˜z tarixiga, ozodlik va tinchlik yoβ€˜lida jon fido qilgan insonlar xotirasiga boβ€˜lgan cheksiz hurmatining yorqin timsolidir.

Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube
πŸ‘2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fakt24 | 8.05.2026

3000 bosh joβ€˜jadan 40 kunda 30 million soβ€˜m daromad

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
❀1