Samarqand TVR | MTRK
4.63K subscribers
108K photos
54.9K videos
546 files
69.1K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Burch va matonat — avlodlarga ibrat


Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oqdaryo tumanida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va xotira marosimi tashkil etildi. Tadbir avvalida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar va gullar qo‘yilib, Ikkinchi jahon urushi hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etildi.

Tadbirda Mudofaa ishlari bo‘limi harbiylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar tomonidan ajdodlarimizning jasorati va matonati doimo e’zozlanishi ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Shon-sharaf” lentasini taqish marosimi ham o‘tkazildi. Tadbir ko‘tarinki ruh va yuksak ehtirom bilan yakunlandi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Samarqand shahar hokimligida “Natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv” mavzusida bo'lib o'tgan o‘quv-seminarida hokimlik xodimlari hamda shahardagi bo'lim va boshqarmalar mas’ullari ishtirok etdi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
#Rahbar_va_yoshlar

📌 Самарқанд давлат тиббиёт университети академик лицейида “Пайшанба - ёшлар куни” муносабати билан вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Суҳроб Зайниев иштирокида “Раҳбар ва ёшлар” мавзусида очиқ мулоқот ва учрашув бўлиб ўтди.

Мазкур учрашувдан кўзланган асосий мақсад - ёшларнинг тиббиёт соҳасига бўлган қизиқишини янада ошириш, уларнинг билим ва салоҳиятини қўллаб-қувватлаш, келгусида етук ва рақобатбардош кадрлар бўлиб етишишларига кўмаклашишдан иборат бўлди.


Тадбир давомида Суҳроб Зайниев мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимида амалга оширилаётган кенг қамровли ислоҳотлар, тиббиёт соҳасида яратилаётган имкониятлар, рақамли тиббиётни жорий этиш борасида олиб борилаётган ишлар ҳамда ёш кадрларга бўлган эътибор ҳақида атрофлича тўхталиб ўтди.

👨‍⚕️ Шунингдек, лицей ўқувчилари билан самимий мулоқот ташкил этилиб, уларни қизиқтирган саволларга жавоб берилди. Ёшлар ўзларининг келгусидаги мақсадлари, тиббиёт соҳасидаги орзу-интилишлари ва ташаббуслари ҳақида фикр билдиришди.

📚 Тадбирда ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, уларнинг интеллектуал салоҳиятини юксалтириш, замонавий билим ва кўникмаларни эгаллашга бўлган интилишини қўллаб-қувватлаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Шунингдек, учрашув давомида фаол иштирок этиб, қизиқарли саволлар билан қатнашган ўқувчиларга эсдалик совғаси сифатида машҳур ва мазмунли бадиий асарлар китоблари тақдим этилди.


Бундай очиқ мулоқотлар ёшларнинг фикрини эшитиш, уларнинг ташаббусларини қўллаб-қувватлаш ҳамда келажакда соҳанинг малакали мутахассисларини тайёрлашда муҳим аҳамият касб этиши таъкидланди.

Вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси
Матбуот хизмати.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | EKSTREMIZM VA RADIKALLASHUVGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

07.05.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | MOʻTABAR MASKANLAR OBODLIGI - AJDODLAR RUHIGA EHTIROM RAMZI

07.05.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | KIBER - SAVODXONLIK MAVZUSIDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

07.05.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Bugun,  8 - may kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☀️ +34°...+23°, Ochiq havo

Hozir: ☁️ +23°, ↖️ 3.4 m/s

Tong: ☁️ +28°
Kun: ☀️ +34°
Oqshom: ☁️ +30°
Namlik: 20%
Shamol: G'arbiy-shimoli-g'arbiy, 3.6 m/s
Bosim: 759 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:25
Quyosh botishi: 19:32

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Yosh gvardiyachi" harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir tafsilotlari bilan tanishing:
Ishtirokchilar: Musobaqaning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari.

Yo‘nalishlar: O‘quvchilar 11 ta sport turi, jumladan, kamondan otish, turnikda tortinish, o‘qotar qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish hamda to‘siqlardan sakrash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Rasmiy sahifalar:
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube