Samarqand TVR | MTRK
4.64K subscribers
108K photos
54.9K videos
546 files
69.1K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor boβ€˜lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
πŸ“ŒSamarqand viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbari Baxtiyor Xaydarov Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab β€œSamarqand avtomobil zavodi” MChJ qoβ€˜shma korxonasi faoliyati oβ€˜rganildi. 25 yildan ortiq tarixga ega korxona 17,5 gektar maydonda joylashgan boβ€˜lib, uning 3,6 gektar qismi ishlab chiqarish hududidan iborat. Hozirgi kunda bu yerda 1 498 ta ish oβ€˜rni yaratilgan. 2025-yilda korxonada qiymati 2,5 trillion soβ€˜mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 4 turdagi avtobus, 3 turdagi pikap hamda 70 dan ortiq turdagi kuzovli yuk avtomobillari va maxsus transportlar ishlab chiqarilgan. Mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi kuzov turiga qarab 58 foizgacha yetadi.

Korxonada mahsulotlar mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish istiqbollari muhokama qilinib, R&D markazida oβ€˜zlashtirilayotgan yangi mahsulotlar bilan tanishildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, β€œSAXARI” MChJ maishiy texnika ishlab chiqarish zavodi faoliyati ham koβ€˜zdan kechirildi. Mazkur korxonada muzlatkichlar, sovutkichlar, mikrotoβ€˜lqinli va elektr pechlar, yarim avtomat kir yuvish mashinalari, metall eshiklar hamda chiqindi konteynerlarini oβ€˜z ichiga olgan 14 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2026-yilda korxona tomonidan 80 mlrd soβ€˜mlik ishlab chiqarish hajmiga erishish rejalashtirilgan.


Tashrif davomida sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yuqori qoβ€˜shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

βœ”οΈ Yakunda ishlab chiqarish hajmlarini koβ€˜paytirish, mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, qoβ€˜shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish hamda eksport salohiyatini kuchaytirish boβ€˜yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

@SamTvr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 06.05.2026

Ishlab chiqarishni rivojlantirish va tadbirkorlarni qoβ€˜llab-quvvatlash boβ€˜yicha ustuvor vazifalar belgilandi

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu24 | 06.05.2026

Korxonalarni qoβ€˜llab-quvvatlash va tadbirkorlik muhitini yaxshilash choralari

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Bugun,  7 - may kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☁️ +33°...+20°, Bulutli

Hozir: ☁️ +20Β°, ↖️ 2.5 m/s

Tong: β˜€οΈ +26Β°
Kun: ☁️ +32°
Oqshom: ☁️ +29°
Namlik: 21%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 3.1 m/s
Bosim: 759 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:26
Quyosh botishi: 19:31

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube
❀1
πŸŽ– BURCH, JASORAT, MATONAT

Samarqand tumani β€œArabxona” mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahad Ochilov haqida β€œBurch, jasorat, matonat” nomli maxsus koβ€˜rsatuv tayyorlandi.

Bugun 102 yoshni qarshilagan faxriyimiz nafaqat yoshi, balki serbaraka hayot yoβ€˜li bilan ham barchaga namuna boβ€˜lmoqda. Otaxon bugun katta bir sulola boshi β€” uning yuzdan ortiq nevara, chevara va evaralari bor.

Rasmiy sahifalar:
βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube
πŸŒΎπŸ‡ΊπŸ‡Ώ SAMARQANDDA URUGβ€˜LIK G'ALLA MAYDONLARIDA DALA APROBATSIYA KO'RIGINI O'TKAZISH BO'YICHA RESPUBLIKA Oβ€˜QUV-AMALIY SEMINARI Oβ€˜TKAZILDI
Bugun Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi β€œQishloq xoβ€˜jaligi ekinlari urugβ€˜chiligini yanada rivojlantirish boβ€˜yicha qoβ€˜shimcha chora-tadbirlar toβ€˜gβ€˜risida”gi PQ-106-son qarori ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati Payariq tumanida keng koβ€˜lamli koβ€˜rgazmali oβ€˜quv-amaliy seminar boβ€˜lib oβ€˜tdi.
πŸ“Œ Mazkur seminar doirasida:
πŸ”Ή urugβ€˜lik gβ€˜alla maydonlarida dala aprobatsiya koβ€˜rigi;
πŸ”Ή goβ€˜za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish;
πŸ”Ή zamonaviy yondashuv va ilgβ€˜or tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
πŸ‘₯ Seminarda vazirlik va idoralar vakillari, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy boshqarmalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xoβ€˜jalik rahbarlari hamda mutaxassislardan iborat jami 165 nafar ishtirokchi qatnashishdi.

Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube