Samarqand TVR | MTRK
4.63K subscribers
108K photos
54.9K videos
546 files
69.1K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
🎉 OAV vakillari, blogerlar, mustaqil jurnalistlar diqqatiga!

Kasbiy ta’lim boshqarmasi Sizlarni 5-may — “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan yirik Kasblar festivali”ga taklif etadi!

📌 Festival doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
🛠 Kasblar ko‘rgazmasi — professional mahorat namoyishlari
🥽 VR-test — virtual reallik orqali kasblarni sinab ko‘rish
🌍 Xalqaro imkoniyatlar — xorijda malaka oshirgan ustalar bilan muloqot
🚀 Startup loyihalar — yosh ixtirochilarning innovatsion g‘oyalari
🤝 Dual ta’lim — ish beruvchilar va muassasalar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari
🗣 Ochiq muloqot — yoshlar va mutasaddilar uchrashuvi
🎶 Gala-konsert — bayramning yorqin yakuni

📎 Batafsil ma’lumot:
👉 Press-reliz
👉 Tadbir dasturi
👉 Qo‘shimcha ma’lumot

🗓 Sana: 7-may
📍 Manzil: Universitet xiyoboni (Bulvar), Fizika fakulteti yonida
🕙 Ochilish marosimi: 10:00
🎉 Gala-konsert: 14:00
Festival davomiyligi: 17:00 gacha
🎟 Kirish: mutlaqo bepul!

📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram
1👎1
📌Samarqand viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbari Baxtiyor Xaydarov Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ qo‘shma korxonasi faoliyati o‘rganildi. 25 yildan ortiq tarixga ega korxona 17,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, uning 3,6 gektar qismi ishlab chiqarish hududidan iborat. Hozirgi kunda bu yerda 1 498 ta ish o‘rni yaratilgan. 2025-yilda korxonada qiymati 2,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 4 turdagi avtobus, 3 turdagi pikap hamda 70 dan ortiq turdagi kuzovli yuk avtomobillari va maxsus transportlar ishlab chiqarilgan. Mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi kuzov turiga qarab 58 foizgacha yetadi.

Korxonada mahsulotlar mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish istiqbollari muhokama qilinib, R&D markazida o‘zlashtirilayotgan yangi mahsulotlar bilan tanishildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “SAXARI” MChJ maishiy texnika ishlab chiqarish zavodi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur korxonada muzlatkichlar, sovutkichlar, mikroto‘lqinli va elektr pechlar, yarim avtomat kir yuvish mashinalari, metall eshiklar hamda chiqindi konteynerlarini o‘z ichiga olgan 14 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2026-yilda korxona tomonidan 80 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish hajmiga erishish rejalashtirilgan.


Tashrif davomida sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️ Yakunda ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish hamda eksport salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

@SamTvr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | "JALOLIDDIN MANGUBERDI" YUQORI TEZLIKDA HARAKATLANUVCHI ELEKTROPOYEZD QATNOVI YOʻLGA QOʻYILDI

06.05.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | "IQTIDOR" MAKTAB ANSAMBLI TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI OʻTKAZILDI

06.05.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | ISSIQLIK TAʼMINOTI TARMOQLARINI REKONSTRUKSIYA QILISHDA QATOR KAMCHILIKLAR ANIQLANDI

06.05.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 06.05.2026

Ishlab chiqarishni rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu24 | 06.05.2026

Korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik muhitini yaxshilash choralari

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Bugun,  7 - may kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☁️ +33°...+20°, Bulutli

Hozir: ☁️ +20°, ↖️ 2.5 m/s

Tong: ☀️ +26°
Kun: ☁️ +32°
Oqshom: ☁️ +29°
Namlik: 21%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 3.1 m/s
Bosim: 759 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:26
Quyosh botishi: 19:31

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
1
🎖 BURCH, JASORAT, MATONAT

Samarqand tumani “Arabxona” mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahad Ochilov haqida “Burch, jasorat, matonat” nomli maxsus ko‘rsatuv tayyorlandi.

Bugun 102 yoshni qarshilagan faxriyimiz nafaqat yoshi, balki serbaraka hayot yo‘li bilan ham barchaga namuna bo‘lmoqda. Otaxon bugun katta bir sulola boshi — uning yuzdan ortiq nevara, chevara va evaralari bor.

Rasmiy sahifalar:
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
🌾🇺🇿 SAMARQANDDA URUG‘LIK G'ALLA MAYDONLARIDA DALA APROBATSIYA KO'RIGINI O'TKAZISH BO'YICHA RESPUBLIKA O‘QUV-AMALIY SEMINARI O‘TKAZILDI
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-son qarori ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati Payariq tumanida keng ko‘lamli ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
📌 Mazkur seminar doirasida:
🔹 urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigi;
🔹 go‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish;
🔹 zamonaviy yondashuv va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👥 Seminarda vazirlik va idoralar vakillari, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy boshqarmalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik rahbarlari hamda mutaxassislardan iborat jami 165 nafar ishtirokchi qatnashishdi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube