Samarqand TVR | MTRK
4.63K subscribers
108K photos
54.9K videos
546 files
69.1K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor boβ€˜lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Ί TASVIRGA OLISH JARAYONIDAN : "BURCH, JASORAT, MATONAT" KOβ€˜RSATUVI MEHNAT QAHRAMONI HAQIDA

Bugun ijodiy jamoamiz bilan navbatdagi koβ€˜rsatuv tasvirga olish jarayonlarini boshladik. Bu galgi qahramonimiz β€” hayoti va mehnat faoliyati chinakam maktab boβ€˜lgan inson, Mehnat qahramoni Joniqul Yusupov.

Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube
πŸ‘3❀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
100 YOSHLI ONAXON ZIYORAT QILINDI

Bugun Pastdargβ€˜om tumanida istiqomat qiluvchi, 1-darajali β€œMehnat faxriysi” koβ€˜krak nishoni hamda β€œShuhrat” medali sohibasi, asr bilan yuzlashgan Salomat Amirova xonadonida boβ€˜ldik.

Mazmunli umr va halol mehnat namunasini koβ€˜rsatib kelayotgan onaxonning suhbatlaridan bahramand boβ€˜lib, ezgu duolarini oldik. Bu kabi nuroniylarimiz β€” xonadonlarimiz fayzi, yurtimizning bebaho boyligidir.

Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube
πŸŽ‰ OAV vakillari, blogerlar, mustaqil jurnalistlar diqqatiga!

Kasbiy ta’lim boshqarmasi Sizlarni 5-may β€” β€œKasb va mehnat kuni” munosabati bilan oβ€˜tkaziladigan yirik Kasblar festivali”ga taklif etadi!

πŸ“Œ Festival doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
β€’ πŸ›  Kasblar koβ€˜rgazmasi β€” professional mahorat namoyishlari
β€’ πŸ₯½ VR-test β€” virtual reallik orqali kasblarni sinab koβ€˜rish
β€’ 🌍 Xalqaro imkoniyatlar β€” xorijda malaka oshirgan ustalar bilan muloqot
β€’ πŸš€ Startup loyihalar β€” yosh ixtirochilarning innovatsion gβ€˜oyalari
β€’ 🀝 Dual ta’lim β€” ish beruvchilar va muassasalar oβ€˜rtasida hamkorlik shartnomalari
β€’ πŸ—£ Ochiq muloqot β€” yoshlar va mutasaddilar uchrashuvi
β€’ 🎢 Gala-konsert β€” bayramning yorqin yakuni

πŸ“Ž Batafsil ma’lumot:
πŸ‘‰ Press-reliz
πŸ‘‰ Tadbir dasturi
πŸ‘‰ Qoβ€˜shimcha ma’lumot

πŸ—“ Sana: 7-may
πŸ“ Manzil: Universitet xiyoboni (Bulvar), Fizika fakulteti yonida
πŸ•™ Ochilish marosimi: 10:00
πŸŽ‰ Gala-konsert: 14:00
⏳ Festival davomiyligi: 17:00 gacha
🎟 Kirish: mutlaqo bepul!

πŸ“±Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |πŸ“·Instagram
❀1πŸ‘Ž1
πŸ“ŒSamarqand viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbari Baxtiyor Xaydarov Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab β€œSamarqand avtomobil zavodi” MChJ qoβ€˜shma korxonasi faoliyati oβ€˜rganildi. 25 yildan ortiq tarixga ega korxona 17,5 gektar maydonda joylashgan boβ€˜lib, uning 3,6 gektar qismi ishlab chiqarish hududidan iborat. Hozirgi kunda bu yerda 1 498 ta ish oβ€˜rni yaratilgan. 2025-yilda korxonada qiymati 2,5 trillion soβ€˜mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 4 turdagi avtobus, 3 turdagi pikap hamda 70 dan ortiq turdagi kuzovli yuk avtomobillari va maxsus transportlar ishlab chiqarilgan. Mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi kuzov turiga qarab 58 foizgacha yetadi.

Korxonada mahsulotlar mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish istiqbollari muhokama qilinib, R&D markazida oβ€˜zlashtirilayotgan yangi mahsulotlar bilan tanishildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, β€œSAXARI” MChJ maishiy texnika ishlab chiqarish zavodi faoliyati ham koβ€˜zdan kechirildi. Mazkur korxonada muzlatkichlar, sovutkichlar, mikrotoβ€˜lqinli va elektr pechlar, yarim avtomat kir yuvish mashinalari, metall eshiklar hamda chiqindi konteynerlarini oβ€˜z ichiga olgan 14 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2026-yilda korxona tomonidan 80 mlrd soβ€˜mlik ishlab chiqarish hajmiga erishish rejalashtirilgan.


Tashrif davomida sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yuqori qoβ€˜shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

βœ”οΈ Yakunda ishlab chiqarish hajmlarini koβ€˜paytirish, mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, qoβ€˜shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish hamda eksport salohiyatini kuchaytirish boβ€˜yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

@SamTvr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 06.05.2026

Ishlab chiqarishni rivojlantirish va tadbirkorlarni qoβ€˜llab-quvvatlash boβ€˜yicha ustuvor vazifalar belgilandi

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu24 | 06.05.2026

Korxonalarni qoβ€˜llab-quvvatlash va tadbirkorlik muhitini yaxshilash choralari

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Bugun,  7 - may kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☁️ +33°...+20°, Bulutli

Hozir: ☁️ +20Β°, ↖️ 2.5 m/s

Tong: β˜€οΈ +26Β°
Kun: ☁️ +32°
Oqshom: ☁️ +29°
Namlik: 21%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 3.1 m/s
Bosim: 759 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:26
Quyosh botishi: 19:31

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


Rasmiy sahifalar:

βœ…π•πžπ›-𝐬𝐚𝐲𝐭|πŸ”Ήπ…πšπœπžπ›π¨π¨π€|πŸ”Ήπ“πžπ₯𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
πŸ”Ήπˆπ§π¬π­πšπ π«πšπ¦|πŸ”ΉYou tube
❀1