Samarqand TVR | MTRK
4.62K subscribers
108K photos
54.9K videos
546 files
69K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Yengil atletika: O‘zbekiston chempionatidan munosib g‘alabalar

Toshkent shahrida U-20 yoshlar o‘rtasida engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Samarqand viloyati jamoasi ham musobaqada faol ishtirok etdi va yaxshi natijalarga erishdi. Jamoa a’zolari turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyat qozonib, individual hamda jamoaviy hisobda yuqori o‘rinlarni egalladi.

✔️Sportchilarimiz qo‘lga kiritgan natijalar quyidagicha:

🥇🥇🥇 Sofiya Lepyoshkina – 3 ta 1-o‘rin
🥇🥈Hasan Rustamjonov – 1 ta 1-o‘rin va 1 ta 2-o‘rin
🥇 Shukrona Qodirova  – 1-o‘rin
🥇Mahliyo Mamarajabova – 1-o‘rin
🥇Shirin Musaxonova – 1-o‘rin
🥈Muhammad Kodirov – 2-o‘rin
🥈Javlon Kodirov – 2-o‘rin
🥉Tiniqoy Ochilova – 3-o‘rin


💬 Umujamoa hisobida vakillarimiz 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu natijalar kelgusida sportchilarimiz uchun yanada yuqori marralarni zabt etishiga xizmat qiladi.

Samarkand.uz |Telegram|Facebook | Instagram| YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish hamda tadbirkorlarni oʻylantirayotgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам повышения устойчивости деятельности производственных предприятий и решению проблемных вопросов, волнующих предпринимателей.

#Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #tadbirkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ TEZKOR: PARAPLAN FESTIVALI QIZG‘IN PALLADA!

Hozirgina voqea joyidan muxbirlarimiz xabar berishdi: festival maydonida haqiqiy adrenalin bo‘roni ko‘tarilgan! 🌬️🪂

Osmon to‘la ranglar: Bir vaqtning o‘zida 20 dan ortiq paraplanlar bulutlar uzra raqsga tushmoqda.

Muxbirimizning qaydlari: "Havo harorati va shamol tezligi parvozlar uchun ideal. Ishtirokchilarning kayfiyati a’lo darajada!"

🎥 Muxbirlarimiz tayyorlayotgan navbatdagi videoreportajni o‘tkazib yubormang! Bizni kuzatishda davom eting.

#Tezkor #Paraplan #Festival #Live #OsmonJasurlari

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
👍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Eldor Erkinovich Adilov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Adilov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Указом Президента Республики Узбекистан Элдор Эркинович Адилов назначен на должность министра здравоохранения Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности заведующего сектором Департамента правовой экспертизы и комплексного анализа Администрации Президента Республики Узбекистан.

Ранее кандидатура Э.Адилова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Facebook|
Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:

Asilbek Anvarovich Xudayarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi.

Указом Президента Республики Узбекистан:

Худаяров Асилбек Анварович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности министра здравоохранения Республики Узбекистан.

Facebook|
Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:

Otabek Sunnatovich Imamov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Adxam Yusupovich Xudaykulov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Dilmuratovich Muxamedov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Ilxomjon O‘rinboy o‘g‘li Umrzaqov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari – Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimidan ozod etildi.

Постановлением Президента Республики Узбекистан:

Имамов Отабек Суннатович назначен на должность первого заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан;

Асамутдинов Жалолиддин Шарафутдинович назначен на должность заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан по комплаенсу и внутреннему антикоррупционному контролю;

Худайкулов Адхам Юсупович назначен на должность заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан;

Мухамедов Шерзод Дилмуратович назначен на должность заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан;

Умурзаков Илхомжон Уринбой угли назначен на должность заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности заместителя министра экономики и финансов Республики Узбекистан - директора Департамента развития государственно-частного партнерства.

Facebook|
Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:

Alisher Shukrullayevich Boboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;

Elmira Irkinovna Basitxanova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;

Farxodjon Muxammadjonovich Tashpulatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Постановлением Президента Республики Узбекистан:

Бобоев Алишер Шукруллаевич в связи с переходом на другую работу освобожден от должности первого заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан;

Баситханова Эльмира Иркиновна в связи с переходом на другую работу освобождена от должности заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан;

Ташпулатов Фарходжон Мухаммаджонович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан.

Facebook|
Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:

Abdulla Abdisalamovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Постановлением Президента Республики Узбекистан:

Азизов Абдулла Абдисаламович назначен на должность директора Агентства по развитию медицинской и фармацевтической отрасли при Министерстве здравоохранения Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности директора Агентства по развитию фармацевтической отрасли при Министерстве здравоохранения Республики Узбекистан.

Facebook|
Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI FAOLIYATIGA BAG’ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI

05.05.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | ISHTIXONDA DALA CHETLARIDAN UNUMLI FOYDALANISH BO’YICHA SEMINAR O’TKAZILDI

05.05.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Bugun,  6 - may kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☀️ +31°...+18°, Ochiq havo

Hozir: ☁️ +18°, ↖️ 2.9 m/s

Tong: ☁️ +24°
Kun: ☀️ +30°
Oqshom: ☀️ +27°
Namlik: 19%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 4.1 m/s
Bosim: 761 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:27
Quyosh botishi: 19:30

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Samarqand_Prezident_maktabida

⚡️ Samarqand shahridagi Prezident maktabida 2026-yil 23-may kuni soat 08:00 dan 14:00 gacha bo'lib o'tadigan Ochiq eshiklar kuniga barchani taklif etamiz.

📝 Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting
➡️ RO'YXATDAN O'TISH

📆 23-MAY
Soat 08:00 dan 14:00 gacha

📍 Manzil:
Samarqand shahar, Amir Temur ko'chasi 82-uy

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
👍1