Samarqand TVR | MTRK
4.56K subscribers
107K photos
54.3K videos
546 files
68.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Loyihalar nazoratda!

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Samarqand viloyati bo‘limi, "Yuksalish" harakati Samarqand viloyati bo‘limi, xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati, kengash deputatlari, “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Tayloq tumani filiali, O‘zbekiston mahallari uyushmasi Tayloq tumani bo‘limi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh a'zolari tomonidan Tayloq tumani “Chorboq tepa”, “Xujayuz”, “Taraqqiyot”, mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga 2025-yilda ajratilgan Davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasini amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan kerakli tushuntirishlar berildi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Samarqand shahrining “Nurli yo‘l” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 73-sonli qaroriga muvofiq rejalashtirilgan renovatsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan izchil amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, mahalla hududida joylashgan turar joy binolari va inshootlar bo‘yicha kompensatsiya masalalarini qonuniy tartibda hal etish, shuningdek, fuqarolarning roziligini inobatga olgan holda ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, davlat tashkilotlari rahbarlari hamda mutasaddi idoralar vakillari tomonidan aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
👍1
Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi Toyloqda keng nishonlandi

✔️Toyloq tumanida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy, intellektual va sport tadbirlari tashkil etilib, yosh avlodni vatanparvarlik, tarixiy xotiraga hurmat hamda sog‘lom turmush tarzi ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim tashabbuslar amalga oshirildi.

✔️Toyloq tumani hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirlar doirasida, avvalo, “Amir Temur tafakkuri” nomli shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Amir Temur oyligi doirasida tashkil etilgan mazkur musobaqa 6–8-aprel kunlari Toyloq tumanidagi 1-son texnikum binosida o‘tkazildi. Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan jami 70 nafar shaxmatchi 4 ta guruhda o‘zaro kuch sinashdi. Uch kun davom etgan murosasiz va qizg‘in bahslar yakunida 12 nafar ishtirokchi g‘olib hamda sovrindor sifatida e’tirof etildi. Mahalliy homiylar tomonidan ularga kompyuter jamlanmasi, planshet va smartfonlar topshirildi.

✔️Sana munosabati bilan tashkil etilgan yana bir muhim tadbirlardan biri “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘ldi. Mazkur bellashuvga tuman hokimi o‘rinbosari J. Rajabov start berib, yoshlarni bilim olishga, tariximizni chuqur o‘rganishga hamda intellektual salohiyatlarini yuksaltirishga da’vat etdi. Qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — 34-maktab o‘quvchilari jamoasi
🥈 2-o‘rin — 57-maktab o‘quvchilari jamoasi
🥉 3-o‘rin — 21-maktab o‘quvchilari jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

✔️Toyloq tumanida yoshlar o‘rtasida tarixiy merosga hurmatni oshirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rag‘batlantirish maqsadida “Amir Temur hayoti va faoliyati bilimdoni” nomli kitobxonlik ko‘rik-tanlovi ham yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Behzod Rahmatullayev, O‘zLiDeP Respublika Kengashi bo‘lim boshlig‘i, viloyat apparati rahbarlari, faollar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular o‘z nutqlarida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temurning boy tarixiy merosi beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.
Ko‘rik-tanlov yakunida faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi: 🥇 1-o‘rin — 29-maktab 10-“A” sinf o‘quvchisi Z. Esanboyeva
🥈 2-o‘rin — 34-maktab 10-sinf o‘quvchisi D. Zoyirova
🥉 3-o‘rin — 10-maktab 8-sinf o‘quvchisi M. Qobilova

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari sifatida kompyuter, planshet va smartfonlar topshirildi.

✔️Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash maqsadida sport maktabida maktab o‘quvchilari o‘rtasida maxsus musobaqa ham tashkil etildi. Unda ishtirokchilar turli shartlar asosida bellashib, epchillik, tezkorlik va matonatlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Ixtisoslashgan maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 40-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 5-maktab jamoasi

Shuningdek, tadbir davomida “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga ko‘krak nishonlari topshirildi.

✔️Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar qatorida yoshlar o‘rtasida milliy kurash musobaqasi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport bellashuvi yosh avlodni jismonan chiniqtirish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish hamda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga xizmat qildi.

✔️Musobaqada tuman hokimi o‘rinbosari J. Rajabov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov hamda tuman MMTB vakillari иштирок etib, yosh sportchilarga omad va zafarlar tilashdi. Ular o‘z chiqishlarida milliy sport turlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladilar.


✔️Umuman olganda, Toyloq tumanida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirlar yosh avlod qalbida tarixiy merosimizga hurmat, Vatanga sadoqat, intellektual salohiyatni rivojlantirish hamda jismoniy barkamollikka intilish kabi yuksak fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday tashabbuslar kelajak avlodni har tomonlama yetuk, bilimli va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
👏1