Samarqand TVR | MTRK
4.56K subscribers
107K photos
54.3K videos
546 files
68.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
🛡 “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 7-aprel kuni “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasida boshqarma boshlig‘i rahbarligida boshqarma hamda tuman bo‘limlari xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish Zoom platformasi orqali tashkil etilib, unda korrupsiya holatlarini aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
💬 Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida axloqiy meyorlarga rioya etish, amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
📌 Ta’kidlanganidek, mazkur yig‘ilish tizimda ochiqlik, shaffoflik va mas’uliyat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalar:

🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
❗️Rasman

Urgut tumani aholisi va Urgut tumaniga tashrif buyuruvchilar diqqatiga!

Aholining talab va takliflarida kelib chiqib, bugun, 9-aprel kunidan boshlab "Urgut — Samarqand — Urgut" yo‘nalishidagi yo'lovchi poyezdi qatnov vaqtlariga o‘zgarish kiritildi.

Endi mazkur yo'nalishdagi yo'lovchi poyezdlari quyidagi vaqtlarda harakatlanadi:

6202: Urgut vokzalidan jo'nash vaqti - 6.30, Samarqand temiryo'l vokzaliga yetib kelish vaqti - 7.34;

6201: Samarqand temiryo'l vokzalidan jo'nash vaqti - 8.50, Urgut vokzaliga yetib borishi - 9.54;

6204: Urgut vokzalidan jo'nash vaqti - 16.20, Samarqand temiryo'l vokzaliga yetib kelish vaqti - 17.24;

6203: Samarqand temiryo'l vokzalidan jo'nash vaqti - 18.20, Urgut vokzaliga yetib borishi - 19.24;


👉ONLINE CHIPTA OLISH👈🏻

Rasmiy sahifalar:

🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Sohibqiron merosi yoshlar qalbida abadiy — Amir Temur tavallud sanasi keng nishonlandi

Sohibqiron tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovati yangrab, buyuk ajdodimiz ruhi yodga olindi. Unda viloyat va shahar hokimligi vakillari, jamoatchilik, harbiylar, nuroniylar bilan bir qatorda tashabbuskor yoshlar ham faol qatnashdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, ulug‘ siymoga bo‘lgan hurmatlarini izhor etdilar. Shuningdek, Sohibqironning davlat boshqaruvidagi o‘rni, uning boy merosi hamda ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi.

Bayram sanasi munosabati bilan kun davomida yoshlar ishtirokida ta’lim maskanlarida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va turli anjumanlar davom etadi.

Rasmiy sahifalar:

🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Futbol bo'yicha O'zbekiston super ligasida navbatdagi tur o'yinlari o'tkazildi.

batafsil yuqorida👆👆👆


Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga tabrigi

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева Участникам международной научной конференции «Роль и значение Амира Темура и цивилизации Темуридов в мировой истории и культуре»

President Shavkat Mirziyoyev’s message to participants of the International Conference on “The Role and Significance of Amir Temur and the Timurid Civilization in World History and Culture”

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Samarqand va Bavariya o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Germaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Bavariyaning Yevropa va xalqaro ishlar bo‘yicha davlat vaziri Erik Baysvenger bilan uchrashuv o‘tkazdi.


***

Самарканд и Бавария расширяют горизонты партнерства

В рамках визита немецкой делегации в Узбекистан хоким Самаркандской области Адиз Бобоев провел официальную встречу с государственным министром Баварии по европейским и иностранным делам Эриком Байсвенгером.

Samarkand.uz |Telegram|Facebook | Instagram| YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сотрудничество Узбекистана и Индонезии: важный шаг к новому этапу развития

Samarkand.uz |Telegram|Facebook | Instagram| YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Самарқанд вилояти Кенгаши томонидан 7-апрель — Бутунжаҳон саломатлик куни муносабати билан ташкил этилган мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди.

Мазкур спорт тадбирини Самарқанд вилояти Кенгаши раиси Сухроб Рафиков тантанали равишда очиб бериб, ўз нутқида бугунги кунда юртимизда спортни ривожлантириш, айниқса хотин-қизларни соғлом турмуш тарзига кенг жалб этиш масаласига алоҳида эътибор қаратилаётганини таъкидлади. Шунингдек, у мусобақада иштирок этаётган барча хотин-қизларга омад, юксак натижалар ва зафарлар тилаб, бундай тадбирлар нафақат жисмоний соғломликни мустаҳкамлаши, балки ўзаро ҳамжиҳатлик ва дўстлик ришталарини янада мустаҳкамлашини алоҳида қайд этди.

Кеча муҳтарам Юртбошимиз томонидан спорт соҳасини ривожлантириш, аҳоли, хусусан ёшлар ва хотин-қизлар ўртасида соғлом турмуш тарзини кенг тарғиб этиш масалаларига бағишланган йиғилишда ҳам бу йўналишга устувор вазифа сифатида алоҳида эътибор қаратилгани таъкидланди.

Бундай спорт тадбири эса ана шу эътибор ва ғамхўрликнинг амалий ифодаси бўлиб, хотин-қизларнинг спортга бўлган қизиқишини янада ошириш, уларни фаол ҳаёт тарзига жалб этишда муҳим аҳамият касб этиши билдириб мусобақа иштирокчиларига омад тилади.


Шундан сўнг, мусобақа қизғин ва муросасиз курашларга бой тарзда давом этди. Унда жамоалар ўзларининг фаоллиги, жипслиги ҳамда спорт маҳоратини намоён этдилар.

Мусобақа якунига кўра:
🥇 1-ўринни Таълим ва фан касаба уюшмалари Пастдарғом туман бўлинмаси жамоаси қўлга киритди.
🥈 2-ўринни Таълим ва фан касаба уюшмалари Пайариқ туман бўлинмаси эгаллади.
🥉 3-ўринни эса Таълим ва фан касаба уюшмалари Самарқанд шаҳар бўлинмаси хотин-қизлари қўлга киритдилар.

Ушбу мусобақа соғлом турмуш тарзини тарғиб этиш, хотин-қизлар ўртасида спортга бўлган қизиқишни янада ошириш ҳамда жамоавийлик руҳини мустаҳкамлашга хизмат қилди.
Forwarded from YANGILIKLAR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOHIBQIRON MAQBARASIGA ZIYORAT

09.04.2026

Telegram
I Instagram