Samarqand TVR | MTRK
4.56K subscribers
107K photos
54.3K videos
546 files
68.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#dori_tezkor

Noqonuniy dori vositalari aylanmasiga qarshi kurash kuchaytirilmoqda

Yurtimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, sifati kafolatlanmagan va isteʼmolga yaroqsiz dori vositalari hamda tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan tibbiyot uskunalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish maqsadida bojxona organlari tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, navbatdagi qonunbuzilish holati “Samarqand xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. “Sian-Samarqand” aviareysi orqali mamlakatimizga kirib kelgan yoʻlovchiga tegishli bagaj va qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, fuqaro tomonidan bojxona nazoratiga taqdim etilmagan dori vositalari mavjudligi fosh etildi.

Tekshiruv jarayonida jami 184 konvalyutadagi dori vositalari noqonuniy ravishda olib kirilayotgani maʼlum boʻldi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu tibbiyot buyumlari va dori vositalarining taxminiy qiymati 184,4 million soʻmni tashkil etadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, eslatib oʻtish joizki, dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-son qarori bilan belgilab qoʻyilgan. Mazkur talablarga amal qilish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyat teleradiokanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilgan "OCHIQ MULOQOT" koʻrsatuvi

02.04.2026

Batafsil yuqorida👆


Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KUN XABARLARI | "FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH VA FUQARO MUHOFAZASI OYLIGI" O'TKAZILOQDA

07.04.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
🎬 Har bir ovoz muhim – VoiceUp jarayonda!

🔥 Inklyuziv yoshlar oromgohi davom etmoqda
🤝 Faollik, yangi g‘oyalar va imkoniyatlar maydoni
🎯 Treninglar, muloqotlar va jamoaviy faoliyatlar qizg‘in

🚀 Eng qiziqarlisi hali oldinda!

#VoiceUp2026 #Yoshlar #Inklyuziya

You tube | Instagram | Telegram | Facebook