Samarqand TVR | MTRK
4.55K subscribers
107K photos
54.2K videos
545 files
68.2K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Qo‘shrabot yo‘llarida 24/7 rekonstruksiya ishlari davom etmoqda 🚧

D-055 (4R43) Marjonbuloq–Zarmitan–Qo‘shrabot yo‘nalishida yo‘lni rekonstruksiya qilish ishlari tun-u kun, 24 soatlik rejimda olib borilmoqda. Eskirgan yo‘l qatlamlari yangilanib, poydevor mustahkamlanmoqda, tekislash ishlari bajarilib, zamonaviy asfalt qoplamasi yotqizishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shuningdek, yo‘l chetlari kengaytirilib, suv oqimini tartibga soluvchi drenaj tizimlari barpo etilmoqda.

Mazkur yo‘l hududlar o‘rtasidagi muhim transport yo‘nalishi bo‘lib, rekonstruksiya yakunlangach harakat xavfsizligi oshadi, transport qatnovi yengillashadi va aholiga yanada qulay sharoit yaratiladi. 🛣️

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Bugun,  6 - aprel kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

🌧 +21°...+13°, Yomg'ir

Hozir: ☁️ +13°, ↖️ 2.9 m/s

Tong: ☁️ +15°
Kun: ☁️ +20°
Oqshom: ☁️ +18°
Namlik: 54%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 5.9 m/s
Bosim: 756 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:08
Quyosh botishi: 18:59

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


Rasmiy sahifalar:

🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
🇺🇿 Javohir Sindarov: “Pozitsiya barqaror edi, lekin imkon topilgach bosimni oshirdim”

Nomzodlar turniri 6-turidan so‘ng Javohir Sindarov 🇨🇳 Vey Yi ustidan qozongan g‘alabasini batafsil sharhlab berdi.

Uning aytishicha, partiya murakkab va ikki tomon uchun ham xavfli bo‘lgan:

“Boshlanishida pozitsiya yomon emas edi, lekin bir payt biroz noqulay bo‘la boshladi. Keyin fil d4'ga kelgach, o‘yinim ochildi. Shu bilan birga vaqt ustunligi ham paydo bo‘ldi va asta-sekin bosim qilishni boshladim.”


Sindarov o‘yinning muhim jihatlaridan biri — vaqt omili ekanini yana bir bor ta’kidladi:

“Agar vaqt ko‘p bo‘lsa, o‘zingni ancha dadil his qilasan. Kichik taktik detallarni o‘tkazib yubormaslik juda muhim. Shuning uchun vaqt ustunligi bo‘lsa, tezroq o‘ynayman, lekin hammasini tekshirib boraman.”


U debyut bosqichi haqida ham qiziqarli fikr bildirdi:

“4-yurishdan keyin men deyarli tayyorgarlikdan chiqdim. Bu variantni aniq tayyorlamagandim.
a3 yurishi men uchun kutilmagan bo‘ldi,
lekin pozitsiya juda yomon emas - o'ynasa bo'ladigan edi.”


Dinamik pozitsiyalar uning uslubiga mos kelishini ham yashirmadi:

“Men dinamik o‘yinlarni yoqtiraman.
Ikkala tomon uchun ham g'alabaga imkoniyatlar bo‘lgan pozitsiyalarda o‘ynashdan zavq olaman
.”


Sindarov hatto durang natijani ham yomon deb hisoblamaganini aytdi:

“Agar raqib juda aniq himoyalansa, durang ham yomon natija bo‘lmasdi. Lekin seytnotda u kichik xatolarga yo‘l qo‘ydi va men ularni aniq ishlata oldim.”


Turnir davomida qanday yondashuvni tanlagani haqida esa u shunday dedi:

“Bu mening birinchi Nomzodlar turnirim, albatta juda muhim turnir. Lekin ortiqcha bosim bo'lsa, o‘ynash qiyinlashadi. Shuning uchun shunchaki oddiy shaxmat o‘ynashga harakat qilyapman.”


O‘ziga bo‘lgan ishonch haqida esa u juda muhim fikr bildirdi:

“Agar turnir oldidan yaxshi tayyorlansam, o‘zimga ishonaman. Qiyin pozitsiyalarda ham to‘g‘ri yurishlarni topa olishimga ishonch bo‘ladi.”


Yakunda u yana bir muhim jihatni ta’kidladi:

“Bu vaqt nazoratida o‘ynashni ham endi o‘rganayapman. Hali ko‘p narsani o‘rganishim kerak, lekin hozircha hammasi yaxshi ketmoqda.”


🔥 Endi ertaga 1-davraning oxirgi o'yini 🇳🇱Anish Giriga qarshi bo'lib o'tadi.

🔖
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga
164 kun
qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
🇺🇿🇺🇸Saida Mirziyoyeva AQShda Serjio Gor bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida uchrashuv o‘tkazdi.

“Samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muloqotni yuksak qadrlayman hamda yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid qilaman”, - deb yozdi Saida Mirziyoyeva.



Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
👍21👏19🔥111
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"MAXSUS REPORTAJ" KOʻRSATUVI

Islom Sivilzatsiyasi markazi - uchinchi renessansning mustahkam poydevori


Muallif: Durdona Yaxshiboyeva

#samarqandmtrk

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
2026-YIL APREL (апрель, april)
repertuar (репертуар, repertoire)

Samarqand viloyati musiqali drama teatrining spektakl-tomoshalariga marhamat!

Самарқанд вилояти мусиқали драма театрининг спектакль-томошаларига марҳамат!

Добро пожаловать на представления спектаклей Самаркандского областного театра музыкальной драмы!

Welcome to the performances of the Samarkand regional theater of musical drama!

🏛Manzil: Samarqand shahri, Koʻk-Saroy maydoni, 3-uy.
Mo‘ljal: Amir Temur haykalining roʻparasida.

📞 Murojaat uchun telefon: 
(+998) 93 353-67-06
(+998) 97 396-94-96
(+998) 90 602-88-34

Keling, ko‘ring, madaniy hordiq ila zavq oling! Sanʼatsevar barcha tomoshabinlarni teatrimizda kutib qolamiz!


@sammusdramateatri

Samarqand viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
📍 Samarqandda yana bir muhim infratuzilma obyekt: zamonaviy avtobekat ish boshladi

🚍 Hududlarda aholi uchun qulay transport infratuzilmasini yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Ana shunday loyihalardan biri sifatida “FAVORI MALL” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan yirik xizmat ko‘rsatish majmuasi tarkibidagi zamonaviy avtobekat bugun erta tongdan o‘z faoliyatini boshladi.

➡️ Mazkur avtobekat hudud aholisi va yo‘lovchilar uchun bir qator qulayliklarni taqdim etadi. Xususan, yo‘lovchilar uchun kutish hududlari, tartibli qatnov tizimi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining qulay tashkil etilgani transportdan foydalanish sifatini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

🕌 Tantanali ochilish munosabati bilan ezgu an’analarga muvofiq qurbonlik qilinib, Qur’on tilovat etildi. Bu esa loyiha xayrli niyatlar asosida yo‘lga qo‘yilganining yana bir ifodasidir.


🇺🇿 Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Negmatov, Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmonov, shuningdek tegishli tashkilotlar vakillari va nuroniylar ishtirok etdi.

Yangi avtobekatning ishga tushirilishi nafaqat transport xizmatlari sifatini oshiradi, balki hududda yo‘lovchi oqimini tartibga solish, qatnovlarni optimallashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini sezilarli yaxshilashga xizmat qiladi.

🌐 Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞