Samarqand TVR | MTRK
4.55K subscribers
107K photos
54.2K videos
545 files
68.2K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Sindarov to‘xtash nimaligini bilmayapti: Navbatdagi qurbon xitoylik Vey Yi!

Kiprdagi Nomzodlar turnirida Javohir Sindarov o‘zining haqiqiy gegemonligini namoyish etmoqda. 6-turda hamyurtimiz dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, xitoylik Vey Yi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

🇺🇿6 ta imkoniyatdan 5.5 ochko jamg‘argan Javohir turnir jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda.

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 165 kun qoldi


Rasmiy sahifalar:
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
1👍1
⚡️Qoyilmaqom!

Javohir bugun ham g’alaba qozondi. Xitoylik eng kuchli grosmeysterlardan biri We Yi taslim etildi.

G’alabalar bardavom bo’lsin. Rekordlarni yangilashda davom etmoqdamiz.

Rasmiy sahifalar:
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular:

- O‘zbekiston yetakchisi Milliy dendrologiya bogʻini barpo etishga start berdi;
- Prezidentimiz “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novays bilan uchrashdi;
- “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”


Ko‘rsatuvni bugun, 4-aprel kuni soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ertaga, 5-aprel kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Facebook|
Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | BMT BUTUNJAHON TURIZM TASHKILOTI BOSH KOTIBI SHAYXA NOSIR AL NOVAYS SAMARQANDGA TASHRIF BUYURDI

04.04.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 4.04.2026

Samarqand viloyati delegatsiyasining safari davom etmoqda

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Bugun,  5 - aprel kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

🌧 +24°...+13°, Yomg'ir

Hozir: ☁️ +13°, ↖️ 2.9 m/s

Tong: ☀️ +17°
Kun: ☀️ +23°
Oqshom: ☁️ +20°
Namlik: 30%
Shamol: G'arbiy-janubi-g'arbiy, 5.6 m/s
Bosim: 757 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:10
Quyosh botishi: 18:58

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 "Media haftalik" Qoraqalpog‘istonda yuqori saviyada o‘tkazildi

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan "Media haftalik" loyihasi 5 kun davomida mazmunli tarzda o‘tdi.

Mazkur tadbirda 700 nafardan ortiq ishtirokchilar — matbuot kotiblari, jurnalistlar, blogerlar, SMM mutaxassislar hamda mobilograflar ishtirok etdi.

Dastur doirasida:
— sun’iy intellekt va zamonaviy media vositalardan foydalanish;
— faktcheking va samarali SMM strategiyalarini ishlab chiqish;
— vizual storytelling va kontent yaratish;
— televideniye va jurnalistika amaliyoti;
— hujjatli filmlar tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, davlat organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida ochiq muloqot va samarali hamkorlik muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Loyihaning navbatdagi manzili — Xorazm viloyati (6–10-aprel).

Eslatib o‘tamiz, "Media haftalik" tadbiri Samarqand viloyatida 27-aprel — 1-may kunlari o‘tkaziladi.

Samarkand.uz |Telegram|Facebook | Instagram| YouTube
“Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining birinchi mavsumi yakunlandi

Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni jismonan va ma’nan chiniqtirishga qaratilgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining ilk mavsumi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi.

Mazkur o‘quv yig‘inida ishtirok etgan yoshlar harbiy-amaliy ko‘nikmalarni egallab, jamoaviylik, yetakchilik hamda mas’uliyat kabi muhim fazilatlarni o‘zida shakllantirdi. Darslar davomida ularga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali hayotiy tajriba ham berildi.

Yig‘in yakunida faol va tashabbuskor ishtirokchilar munosib taqdirlanib, ularning kelgusidagi yutuqlari uchun mustahkam zamin yaratildi.

“Jasorat maktabi” – bu shunchaki o‘quv yig‘ini emas, balki haqiqiy jasorat, matonat va fidoyilik maktabiga aylandi.

Rasmiy sahifalar:
🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞|