Samarqand TVR | MTRK
4.54K subscribers
107K photos
53.7K videos
545 files
67.6K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | "ILMLI QIZLARIMIZ - JAMIYAT BEZAGI" MAVZUSIDA MAʼRIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

12.03.2026-YIL

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
🏪✈️▶️📷

🔴 TIZIMDAGI SHAFFOFLIK – HAR BIR XODIMNING VAZIFASI!

📍 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida apparat xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda bosh boshqarmaning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassis Ma’ruf Begimov xodimlarga tizimda qonuniylik, mas’uliyat va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligini ta’kidladi.

🛡 Tadbir davomida Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijalari asosida tayyorlangan videomaterial namoyish etildi. Unda ayrim mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgani misol tariqasida ko‘rsatildi. Xodimlarga korrupsiya oqibatlari, xizmat vakolatidan g‘arazli maqsadlarda foydalanishning salbiy jihatlari va bunday holatlardan ogoh bo‘lish zarurligi borasida tushuntirishlar berildi.


📌 Yig‘ilishda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, vazifalarni halollik va vijdon bilan bajarish masalalari alohida ta’kidlandi. Tadbir tizimda shaffoflikni mustahkamlash va xodimlar mas’uliyatini oshirishga qaratildi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Samarqand viloyati musiqali drama teatri sahnasida yana bir unutilmas ijodiy lahza gavdalandi — “Behbudiy” spektakli tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Sahna chiroqlari yog‘dusida millat taqdiri, ma’rifat va uyg‘onish g‘oyalari yana bir bor jonlandi. Asar voqealari orqali jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi, fidoyi ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy siymosi teran badiiy talqin etildi. Uning xalq ravnaqi yo‘lida olib borgan mashaqqatli kurashi, ma’rifat sari chorlovchi da’vati sahnada jonli va ta’sirchan ifodasini topdi.

Ijodiy jamoaning mahorati, aktyorlarning ishonchli ijrosi va sahna yechimlarining puxtaligi tomoshabinlarni befarq qoldirmadi. Spektakl davomida zalda sukut hukm surdi — bu esa asarning qalblarga yetib borganidan darak edi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Pardayev Xurshid Urgut tumanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

🖥 Joriy yil 24-fevral kuni davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvida ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator yangi imkoniyatlar belgilab berildi. Xususan, har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralarda “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

🔹Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Pardayev Xurshid Urgut tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

▪️ Dastlab uchrashuv bank tizimida mehnat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar bilan tashkil etildi. Samimiy ruhda o‘tgan suhbat davomida yoshlarning kelgusi rejalari, taklif va tashabbuslari, ularni o‘ylantirayotgan masalalar muhokama qilindi. Yoshlar doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallab borishlari zarurligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filialida tahsil olayotgan talabalar bilan o‘tkazildi. Uchrashuvda talabalarining Startup loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, biznes g‘oyalarni tayyor loyiha ko‘rinishiga keltirish va qulay shartlarda moliyalashtirish bo‘yicha banklar tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔸Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Rasmiy sahifalar:


𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
👏1