Samarqand TVR | MTRK
4.54K subscribers
106K photos
53.7K videos
545 files
67.6K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏡 13–14 mart — Yurtimizda umumxalq hayriya hashari!

🧹 Mahallalar, ko‘chalar, ziyoratgohlar va tabiat maskanlarini obod qilish va poklash maqsadida butun O‘zbekiston bo‘ylab hasharlarga start beriladi.

🤝 Bu ezgu an’anaga siz ham qo‘shiling — birgalikda poklik, hamjihatlik va mehr-oqibatni ulug‘laymiz!

📍 Mahallangizdagi hasharga qo‘shiling, tabiatga va jamiyatga hissa qo‘shing!

#Hashar2026 #ObodYurt #BirlikdaPoklik #Samarqand

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Paxtachi yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqot

Ayni paytda Paxtachi tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilmoqda. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Husan Tuxtayev hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Azizova ishtirok etmoqda.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishida yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilinyapti.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qurilish tashkilotlari va fuqarolar diqqatiga!

Qurilish, qazish ishlarini olib borayotganda aloqa tarmoqlariga shikast yetkazmang! Bunda albatta tegishli aloqa tashkilotlarini xabardor qilishingiz zarur!

❗️Aks holda, qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishingiz mumkin.
👍1
#Yoshlar_kuni

📅 Prezidentimizning joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida tashkil etilishi belgilangan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Samarqand shahridagi Prezident maktabida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tgan muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda o‘quvchi yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalar:
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
👍3