Samarqand TVR | MTRK
4.54K subscribers
106K photos
53.7K videos
545 files
67.6K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
⚡️Inspeksiya xodimlari o‘rtasida shaxmat bahslari bo‘lib o‘tmoqda

Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati hamda hududiy inspeksiyalarning xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqalari tashkil etildi.

👮‍♀️ Shu yilning 10–14-mart kunlari davom etayotgan musobaqalar ikki bosqichda tashkil etilib, unda Inspeksiyaning markaziy apparati va barcha hududiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etmoqda.

Xususan, bugun Jizzax viloyatida bo’lib o‘tgan hududiy saralash bosqichida Samarqand, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlari hududiy inspeksiyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘zaro kuch sinashdilar.

📝 Yakunda Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi boshlig’ining o’rinbosari Chorshanboyev Akobir Sidiqovich 1-o’rinni qo’lga kiritib, bahslarning 14-mart kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, qizg‘in va murosasiz ruhda o’tayotgan bahslar xodimlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Rasmiy sahifalar:
🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ASSALOM, SAMARQAND!" DASTURI☀️

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING📢

Salom va tabriklar uchun👇👇👇

@SamarqandTV_chat

#samarqandmtrk

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Эрон атрофидаги инқироз ва Хитойнинг позицияси

АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий амалиёти Пекин ва Москва ўртасидаги алоқаларни янада яқинлаштиради, деб таъкидлаш мумкин.

——-

Eron atrofidagi inqiroz va Xitoyning pozitsiyasi

AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti Pekin va Moskva o‘rtasidagi aloqalarni yanada yaqinlashtiradi, deb ta’kidlash mumkin.

Rasmiy sahifalar:
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
1
🌤 Bugungi ob-havo: Samarqandda ochiq va salqin kun kutilmoqda!

📅 12-mart, payshanba
🌡 Harorat: tongda −3°C, kunduzi +7°C, kechqurun 0°C
💨 Shamol: 5.9 m/s (sharqiy yo‘nalishda)

💧 Namlik: 48%
🌞 Quyosh: chiqishi 06:50 | botishi 18:33

📆 Yaqin kunlarda yomg‘irli ob-havo kutilmoqda — rejalaringizni moslashtiring!

Rasmiy sahifalar:
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
🔥1
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi masʼullari tomonidan Oqdaryo tumanidagi Poʻlatdarxon mahallasida yashovchi “ogʻir” toifaga kiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar har bir yosh bilan alohida suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Shuningdek, yoshlarning mehnat bozorida munosib oʻrin egallashi uchun amaliy yordam koʻrsatish choralari belgilandi.

Xususan, ana shunday yoshlardan biri M.Oʻktamovning bandligini taʼminlash maqsadida u “Bexruz comfort mebel” oilaviy korxonasiga olib borildi. Natijada uning doimiy ish bilan taʼminlanishiga erishildi.

Shuningdek, D.Samatov bilan boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida u xorijga chiqish masalasida amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Uning murojaati tegishli tartibda oʻrganib chiqilib, masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy hayotda oʻz oʻrnini topishi, ularning bandligini taʼminlash hamda kelajakka ishonch bilan qadam qoʻyishiga xizmat qilmoqda.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏡 13–14 mart — Yurtimizda umumxalq hayriya hashari!

🧹 Mahallalar, ko‘chalar, ziyoratgohlar va tabiat maskanlarini obod qilish va poklash maqsadida butun O‘zbekiston bo‘ylab hasharlarga start beriladi.

🤝 Bu ezgu an’anaga siz ham qo‘shiling — birgalikda poklik, hamjihatlik va mehr-oqibatni ulug‘laymiz!

📍 Mahallangizdagi hasharga qo‘shiling, tabiatga va jamiyatga hissa qo‘shing!

#Hashar2026 #ObodYurt #BirlikdaPoklik #Samarqand

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Paxtachi yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqot

Ayni paytda Paxtachi tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilmoqda. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Husan Tuxtayev hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Azizova ishtirok etmoqda.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishida yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilinyapti.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞