Samarqand TVR | MTRK
4.54K subscribers
107K photos
53.7K videos
545 files
67.6K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
📱my.gov.uz’da bank kartalari va SIM-kartalarni nazorat qilish imkoniyati joriy etiladi

🪪 2026-yil dekabriga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va mobil raqamlarni to‘liq nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.

❗️Bu tashabbus Prezident farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturi doirasida amalga oshiriladi.

👉 Yangi imkoniyatlar:
fuqarolar o‘z nomiga nechta bank kartasi ochilganini ko‘ra oladi;
nechta SIM-karta rasmiylashtirilgani haqida ma’lumot oladi;
zarur holatlarda portal orqali karta yoki raqamni yopish uchun ariza yuborishi mumkin bo‘ladi.

📱 Shuningdek, banklar va mobil aloqa operatorlari axborot tizimlari bilan xavfsiz integratsiya yo‘lga qo‘yilib, ma’lumotlar real vaqt rejimida almashiladi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

Naqdsiz toʻlov – oshkoralik, himoya, adolat garovi!

Naqdsiz hisob-kitob esa adolatli jamiyat, halol biznes, qulay hayot uchun!


Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
📢Диққат эълон!

Олий Мажлис ҳузуридаги Фуқаролик жамияти институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди томонидан 2026 йилда ўтказиладиган давлат гранти танловлари йўналишларини шакллантириш мақсадида очиқ жамоатчилик муҳокамаси эълон қилинади.

👉Давлат гранти танловлари йўналишлари

❗️Муҳокамаларда фаол иштирок этиб, мавжуд муаммолар ечимига ҳисса қўшинг!

Таклифларни 2026 йилнинг 12 мартига қадар тақдим этиш мумкин.

🇺🇿
Oʻzbek (lotin)

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Boshqaruv sifatini oshirish yo‘lida: Davlat xizmatchilarini tayyorlashda Vengriyaning yetakchi universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo'yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi rahbari U.Xusainov Vengriyaning Ludovika davlat xizmati universiteti rektori Dr.Gergely Deli bilan uchrashdi.

Ma'lumot uchun, Ludovika davlat xizmati universiteti – Budapesht shahridagi oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Vengriyaning yetakchi universitetlaridan hisoblanadi. U 2011 yilda Milliy mudofaa universiteti, Politsiya akademiyasi va Korvin universitetining Davlat boshqaruvi fakulteti birlashishi natijasida tashkil etilgan.

Universitetda:

▫️Davlat boshqaruvi va xalqaro tadqiqotlar
▫️Harbiy bilimlar va harbiylar malakasini oshirish
▫️Huquqni muhofaza qilish
▫️Suvni tadqiq qilish fakultetlari
mavjud.

Universitet tomonidan davlat xizmatchilari uchun majburiy va ixtiyoriy ko‘rinishdagi o‘quv dasturlarining 90 % onlayn, 10 % an’anaviy tarzda tashkil etiladi.


Muloqot davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:

➡️
Ludovika universiteti bilan hamkorlikda rahbar kadrlarning strategik fikrlash va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi maxsus ta’lim dasturini tashkil etish;

➡️ Davlat organlari mutaxassislari uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

➡️Kelgusida O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish;

➡️Suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash,transchegaraviy suv resurslarini boshqarishga oid tadqiqotlar hamda suv diplomatiyasi sohasida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, hamkorlik doirasida Ludovika universiteti va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish;

➡️Istiqbolli yosh davlat xizmatchilari uchun qo‘shma “Future Public Leaders” dasturini tashkil etish;

Dastur doirasida har yili 25–30 nafar istiqbolli yosh davlat xizmatchilari birgalikda tanlab olinadi va ular uchun Ludovika universitetida 2-3 haftalik o‘quv modullari tashkil etiladi hamda eng yaxshi ishtirokchilar Vengriya davlat organlarida stajirovka (2-3 oylik) o‘taydi.

➡️Vengriya tajribasi asosida Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “Smart Village” konsepsiyasiga asoslangan pilot loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.


Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy va uzoq muddatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi..

Eslatib o'tamiz,
2025-yil dekabr oyida Ishchi guruhning Vengriyaga xizmat safari doirasida Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun Vengriyada stajirovka dasturlarini tashkil etish, vengriyalik ekspertlarni jalb qilish hamda Buxoro davlat universiteti bilan suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgandi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Inspeksiya xodimlari o‘rtasida shaxmat bahslari bo‘lib o‘tmoqda

Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati hamda hududiy inspeksiyalarning xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqalari tashkil etildi.

👮‍♀️ Shu yilning 10–14-mart kunlari davom etayotgan musobaqalar ikki bosqichda tashkil etilib, unda Inspeksiyaning markaziy apparati va barcha hududiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etmoqda.

Xususan, bugun Jizzax viloyatida bo’lib o‘tgan hududiy saralash bosqichida Samarqand, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlari hududiy inspeksiyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘zaro kuch sinashdilar.

📝 Yakunda Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi boshlig’ining o’rinbosari Chorshanboyev Akobir Sidiqovich 1-o’rinni qo’lga kiritib, bahslarning 14-mart kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, qizg‘in va murosasiz ruhda o’tayotgan bahslar xodimlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Rasmiy sahifalar:
🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
2