Samarqand TVR | MTRK
4.56K subscribers
107K photos
53.8K videos
545 files
67.7K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ASSALOM, SAMARQAND!" DASTURI☀️

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING📢

Salom va tabriklar uchun👇👇👇

@SamarqandTV_chat

#samarqandmtrk

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Ajoyib yangilik!

Viloyatimiz yoshlari yana bir katta yutuqqa erishdi. Iqtidorli yigitimiz Shohrux Qudratov dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Harvard University magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilindi.

Bu nafaqat Shohruxning shaxsiy muvaffaqiyati, balki barcha yoshlarimiz uchun ilhom va motivatsiya manbai. Katta orzular qilgan, tinimsiz mehnat qilgan va bilim sari intilgan yoshlar albatta o‘z maqsadiga yetadi.

Har bir muvaffaqiyat ortida sabr, izlanish va katta maqsadlar turadi. Shohrux Qudratovning bugungi yutug‘i ham shuning yorqin isboti.

Aziz yoshlar! Siz ham orzu qilishdan to‘xtamang. Mehnat qiling, o‘rganing va imkoniyatlardan foydalaning — dunyoning eng nufuzli universitetlari eshiklari siz uchun ham ochiq!

👏 Shohrux Qudratovni ushbu ulkan yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | Prezidentning eng katta niyati va Ko‘ksaroydagi eng yorqin lahzalardan eksklyuziv!

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘alla maydonlariga parvarish kerakmi?

Bu yil ob-havoning seryog‘in kelishi g‘alla maydonlariga qanday ta’sir qiladi? G‘allakorlar g‘alla maydonlarini kasalliklardan asrash uchun nima qilishi kerak?

Quyida ushbu savollarga Respublika Agroxizmatlar markazi hududiy Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumani bosh mutaxassisi Qobiljon Xamdamov javob berdi.

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
❗️Кислотали ёмғир ҳақидаги хабар — фейк!

Ижтимоий тармоқларда Эрон ҳудудида гўёки “кислотали булутлар” шаклланиб, улар ёғинлар билан Марказий Осиё давлатлари ҳудудига етиб келиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалмоқда. Мазкур маълумотлар илмий жиҳатдан асосланмаган.

Кислотали ёғинлар атмосферада олтингугурт оксидлари (SО₂) ва азот оксидлари (NО₂) узоқ вақт давомида тўпланиб, булутларда сув буғи билан кимёвий реакцияга киришиши натижасида ҳосил бўлади. Бундай жараёнлар асосан йирик саноат ҳудудлари ва тўғридан-тўғри чиқинди манбалари яқинида кузатилади.

Ҳаво массалари узоқ масофаларга кўчиши жараёнида ифлослантирувчи моддалар концентрацияси атмосферадаги турбулентлик, вертикал аралашиш, қуруқ ва нам чўкиш жараёнлари таъсирида кескин камаяди. Шу сабабли манбадан минглаб километр узоқликда хавфли даражадаги кислотали ёғинлар шаклланиши деярли мумкин эмас.

Бундан ташқари, ёғинларнинг ҳосил бўлиши маҳаллий булут ҳосил бўлиш жараёнлари билан боғлиқ бўлиб, ёғинлар асосан ҳудуд устидаги атмосферада мавжуд бўлган сув буғи ва аэрозоллар ҳисобига шаклланади.

Метеорологик кузатувлар ва атмосфера ҳавоси сифати мониторинги маълумотларига кўра, кислотали булутларнинг Ўзбекистон ва қўшни давлатлар ҳудудига кўчиб келиши хавфи кузатилмаяпти.

Samarkand.uz |Telegram|Facebook | Instagram| YouTube
#Ehtirom

Ishtixon qizi – Zulfiya mukofoti sohibasi xonadonida qutlandi

Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev hamda hokimning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Feruza Chinorova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, tumanimiz farzandi Tohirova Mohigul Umir qizi xonadoniga borishdi.

Unda yurtimiz ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Mohigul Tohirovaga samimiy tabriklar yo‘llanib, uning yutuqlari Ishtixon yoshlari uchun ibrat ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvda yosh olimaga kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, ota-onasiga ham shunday farzandni voyaga yetkazgani uchun minnatdorlik bildirildi.


Ishtixonimiz qizi – yurtimiz faxri!

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍚 "SHARQ TAOMLARI" FESTIVALIGA MARHAMAT!

🥇 SHARQONA TAOMLAR TAYYORLASH JARAYONINI O'Z KO'ZINGIZ BILAN KO'RING!

Sharqa taomlari qadimdan ajoyib mazasi bilan dong taratgan!

🎉 Endi bu qadriyat va ta'mni xalqaro miqyosda tanitish maqsadida yurtimizda ilk bora "Sharq taomlari" festivali o‘tkazilmoqda!

Festivalda sizni nimalar kutmoqda?


1 - KUN (Alisher Navoiy ko'chasi)
Xalqaro oshpazlar ishtirokida festival

2 - KUN (Alisher Navoiy ko'chasi)
Mahalliy oshpazlar ishtirokida "Taste of Samarkand" festivali
🔢 HAR KUNI
100 dam ortiq oshpazlar ishtirokida musobaqalar;
50+ turdagi noyob taomlar tayyorlash jarayonlari;
Oshpazlardan mahorat darslari;
Xorijiy mamlakatlarning taomlari tayyorlash jarayonlari;
Hunarmandchilik va sharq shirinliklari ko‘rgazmalari;
Madaniy ko'ngilochar kontsertlar

🏆 Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari uchun mukofotlar!
📅 Festival sanasi: 23-24-mart kunlari, 2026-yil
📍 Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri

Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
🔥1
Forwarded from Zarnews.uz
🇺🇿🇮🇱 Ўзбекистон U18 хоккей жамоаси Исроилни мағлуб этиб, Жаҳон чемпиони бўлди

Ўзбекистон U18 миллий хоккей жамоаси Гонконгда бўлиб ўтган III дивизион, А гуруҳида Жаҳон чемпионлигини қўлга киритди. Ҳал қилувчи ўйинда жамоа Исроилни 6:3 ҳисобида мағлуб этиб, олтин медални қўлга киритди. Ўзбекистонликлар турнирнинг барча бешта ўйинида ғалаба қозонишди ва Иккинчи дивизионнинг Б гуруҳига йўлланма олишди.

@Zarnews_uz
👍1