SamTVR | MTRK
4.2K subscribers
87.6K photos
40K videos
374 files
51.6K links
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi rasmiy kanali.
Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89
Download Telegram
#Yashil_makon_лойиҳаси_амалда

🌿“Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида Самарқанд вилояти божхона бошқармаси томонидан жойларда кўчат экиш ва божхона постларида ободонлаштириш тадбирлари давом этмоқда.

🌿Жумладан, вилоят божхона бошқармаси бошлиғининг биринчи ўринбосари Ж.Файзуллаев бошчилигида божхона ходимлари томонидан Жомбой туманида мевали ва манзарали дарахт кўчатлари экиб, атрофни яшил ҳудудга айлантиришда ўз ҳиссаларини қўшишмоқда.

🌿Шунингдек, “Жартепа” чегара божхона пости ва “Улуғбек” ТИФ божхона постларида ҳам тадбир доирасида кўкаламзорлаштириш ишлари амалга оширилмоқда. Ер майдонлари ағдарилиб, мевали дарахтлар ва гул кўчатлари экилди ҳамда дарахтларнинг пастки қисми оқланди.
#Yashil_makon

TABIAT VA INSON UYG'UNLIGI

🌳Xabaringiz bor Respublikamizning barcha hududlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

☘️ Bu boradagi tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

🍀 6-aprel kuni Hududiy boshqarma boshlig'i M.Xamrayev boshchiligida 500 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi

Hududiy boshqarma tomonidan shu kungacha 500 tupga yaqin ko‘chat o‘tqazildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 5-7 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

❗️Shu o‘rinda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raydi


https://t.me/SamTvr
Viloyat boʻyicha eksport qilingan tovarlar hajmi oshdi

📊 2024-yil yanvar-mart oyi davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 175,5 mln. AQSh dollari miqdorida tovarlarning eksport bojxona rejimiga rasmiylashtiruvi amalga oshirildi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan – 20,8 mln. AQSh dollarga yoki – 13,5 foizga ko‘paygan.

➡️ Eksport qilingan tovarlar asosan:

🍇🍒 Meva-sabzavot mahsulotlari – 42,9 mln. AQSh dollar yoki 24,4%;

⚙️🔩 Metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar – 38,6 mln. AQSh dollar yoki 22,0%;

👕👖 To‘qimachilik mahsulotlari – 24,5 mln. AQSh dollar yoki 14,0%;

🍶🎁 Oziq-ovqat mahsulotlari – 19,3 mln. AQSh dollar yoki 11,0%;

🚐🚙 Transport va uning ehtiyot qismlari – 12,8 mln. AQSh dollar yoki 7,3%;

🍾 🚬 Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari – 11,3 mln. AQSh dollar yoki 6,4%;

🏮 💈 Kalava ip – 8,1 mln. AQSh dollar yoki 4,6%;

🏺🧿 Keramik buyumlar – 3,5 mln. AQSh dollar yoki 2,0%;

👕 Boshqa mahsulotlar – 14,6 mln. AQSh dollar yoki 8,2%.

https://t.me/SamTvr