SamTVR | MTRK
4.3K subscribers
89.2K photos
41.1K videos
385 files
53.1K links
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi rasmiy kanali.
Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89
Download Telegram
#Gimnastrada

🫥 Ayni vaqtda "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida sportning gimnastrada turi boʻyicha viloyat bosqichi musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Samarqand shahridagi 2-son sport maktabida oʻtayotgan musobaqada 16-30 yoshgacha boʻlgan, har bir tumandan oʻn nafar qizlardan tarkib topgan gimnastrada jamoalari oʻz mahoratlarini namoyish etishmoqda.

Jamoalarning chiqishlarini baholashda artistizm, texnik ijro, originallik va uygʻunlik mezonlariga alohida eʼtibor qaratiladi.

https://t.me/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh panellarini oʻrnatish borasida qanday qulayliklar borligini bilasizmi?

https://t.me/SamTvr
#Yashil_makon

📌Yurtimiz bo‘ylab ''Yashil makon'' umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilot va korxonalar tomonidan ko‘chatlar ekilib, bog‘lar barpo qilinmoqda.

🌴Bugun erta tongdan Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi, yoshlar yetakchilari va Jinoiy sudi xodimlari tomonidan o‘z bog‘ini tashkil etish ishlariga kirishildi.

🌱Xususan, Jomboy tumani Jinoiy sudi sudyasi A.Abdurazzoqov va Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i E.Marufov ham tashabbus ko‘rsatib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini olib borishmoqda.

🌿Aziz tumandoshlar, Sizlarni ham "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etib, yurtimizni yashillikka burkashda befarq bo‘lmagan holda o‘z hissangizni qo‘shishga chorlab qolamiz.

https://t.me/SamTvr
#Inson_qadri_uchun

Газ қувурлари таъмирланди

Самарқанд тумани ҳудудидаги "Саховат" маҳалласи Дўстлик кўчасида 10 та хонадон истиқомат қилади.

Куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати бўйича тузилган ишчи гуруҳ аҳоли билан мулоқотда бўлиб, уларнинг муаммоларини тинглашди.

Маълум бўлишича, кўчадан ўтган узунли 200 метрни ташкил этган газ қувурлари яроқсиз ва хавфсизлик талабларига жавоб бермайдиган ҳолатда эканлиги аниқланди.

Натижада ишчи гуруҳ томонидан туман газ таъминоти ходимлари жалб этилиб, газ қувурлари таъмирлаб берилди ва хонадонларга табиий газ кириб борди.

Муҳими ишчи гуруҳ томонидан муаммолар жойида бартараф этилмоқда.

https://t.me/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Авиакомпания «Air Samarkand» получила первый самолёт
#4nov #uzbekiston24

https://t.me/SamTvr
Nurobod tumani Sport maktabi tashabbusi bilan kuzgi daraxt ekish mavsumida 600 tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekildi

Bugungi kunda Nurobod tumanidagi korxona va tashkilotlarning bo‘sh yer maydonlariga, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ko‘p qavatli uylar, “yashil maskan”lar uchun ajratilgan yer maydonlari va yo‘llarning yon atroflariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Tumandagi Sport maktabi tashabbusi bilan kuzgi daraxt ekish mavsumida 600 tupdan ortiq daraxt va manzarali buta ko‘chatlari ekildi.

Ushbu mavsum doirasida “yashil maskanlar”ni yanada ko‘paytirish rejalashtirilgan.

https://t.me/SamTvr