⚡️ QURBON HAYITI ARAFASIDA MASJIDLARDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI TA’MINLANMOQDA
Samarqand viloyatida Qurbon hayitini fayzli, osoyishta va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, hayit namozi ado etiladigan jome masjidlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi alohida nazoratga olingan.
Shu munosabat bilan viloyatdagi 286 ta jome masjidni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida texnik ko‘rik va profilaktik ishlar amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan ehtimoliy nosozliklarning oldini olish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori Eldor Mamasoliyev tomonidan hayit namozi o‘qiladigan masjidlardagi elektr ta’minoti holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida masjidlarning qo‘shimcha UPS qurilmalari va dizel generatorlari bilan ta’minlangani ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bayram kunlari aholi va barcha iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida har bir hududda mas’ul mutaxassislarning kecha-kunduz navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi. Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo’yicha nazorat va monitoring ishlari doimiy ravishda davom ettirilmoqda.
Mazkur sa’y-harakatlar yurtdoshlarimizning Qurbon hayiti ibodatlarini xotirjam, qulay va munosib sharoitda ado etishlariga xizmat qiladi.
✅ https://t.me/SamHETK

👍1
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda turli toʼlov ilovalarida elektr energiyasi uchun toʼlovlar joriy yil 1-iyundan amal qiladigan narxlarda (650 soʼm) hisob-kitob qilinayotgani toʼgʼrisida xabar tarqalmoqda.
Mazkur holat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" АJ quyidagilarni maʼlum qiladi.
Аyni paytda har bir kVt/soat soat uchun tegishli qonunchilikka koʼra 600 soʼmdan hisob-kitob qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan toʼlov ilovalari orqali yoʼl qoʼyilgan texnik xatolik ayni paytda bartaraf etilganini maʼlum qilamiz.
Yangi tariflar asosida joriy yilning 1-iyun sanasidan hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Samarqand viloyatida Qurbon hayitini fayzli, osoyishta va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Xususan, hayit namozi ado etiladigan jome masjidlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi alohida nazoratga olingan.
Shu munosabat bilan viloyatdagi 286 ta jome masjidni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida texnik ko‘rik va profilaktik ishlar amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan ehtimoliy nosozliklarning oldini olish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
✅ https://t.me/SamHETK
Xususan, hayit namozi ado etiladigan jome masjidlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi alohida nazoratga olingan.
Shu munosabat bilan viloyatdagi 286 ta jome masjidni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida texnik ko‘rik va profilaktik ishlar amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan ehtimoliy nosozliklarning oldini olish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
✅ https://t.me/SamHETK
❤1
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🙏1
#Tabrik
✅ https://t.me/SamHETK
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali direktori Eldor Mamasoliyevning yurtdoshlarimizga Qurbon hayiti tabrigi.
✅ https://t.me/SamHETK
👏4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Energiya tejamkorligi — barqaror kelajak garovi
Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Energiya tejamkorligi orqali nafaqat tabiiy boyliklar asrab qolinadi, balki iste’molchilar xarajatlari ham sezilarli darajada kamayadi.
Oddiy kundalik odatlar — energiya tejamkor qurilmalardan foydalanish, keraksiz jihozlarni o‘chirish — yuqori samaradorlikka erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bois, har bir fuqaro energiyadan samarali foydalanishga mas’uliyat bilan yondashishi zarur.
Zero, bugungi tejamkorlik ertangi barqaror hayot poydevoridir.

QUYOSH PANELLARI О‘RNATGAN ULGURJI ISTE’MOLCHILAR DIQQATIGA!
Qonunchilikka kо‘ra, agar siz quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa uzatayotgan bо‘lsangiz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filialining hududlardagi bо‘linmalariga ishlab chiqargan elektr energiyasini tarmoqqa uzatgandan sо‘ng keyingi oyning 10-sanasiga qadar о‘tgan davr (hisobot oyi) uchun hisob-faktura taqadim etishingiz shart.
Agar hisob-fakturalar о‘z vaqtida taqdim etilmasa, hisob-faktura taqdim etilmagan oy uchun tarmoqqa uzatilgan elektr energiyasi tо‘lovi amalga oshirilmaydi.
Tarmoqqa uzatgan elektr energiyasi uchun hisob fakturalarni о‘z vaqtida taqdim etib borishni unutmang.

❤2
#Sarhisob
⚡️ 2026-yil aprel oyida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6%ga ko‘p
📈👨👩👧👦Ishlab chiqarish: joriy yilning aprel oyida respublikamizda jami 7 mlrd 163,7 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 440,7 mln kVt⋅soat yoki 6,6 foizga ko‘pni tashkil etdi.
📈 ⚡️ Respublika iste’moli: mazkur muddat davomida 6 mlrd 634,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 458,4 mln kVt⋅soat yoki 7,4%ga ko‘pni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2%ga ko‘pni tashkil qilgan edi.

❗️ 1-iyundan gaz va svet narxi oshadi: oldindan to‘lov qilganlar qancha tejaydi?
📑 Joriy yilning 1-iyunidan boshlab O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshiriladi.
🔷 Amaldagi qoidalarga ko‘ra, oldindan to‘lov qilinganda aholi uchun 2 oy (1-avgustgacha), tadbirkorlar uchun esa 1 oy davomida eski tariflar amalda bo‘ladi.

⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
382-fiderning 6 kV kabel tarmog‘ida (308-, 173-, 224-, 513-transformator punktlari oralig‘ida) kuzatilgan nuqson sababli hozirda Samarqand shahridagi Nayman, Kamolot mahallalaridagi mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigandagi iste’molchilarda (132-, 136-, 138-, 84-ko‘p qavatli uylar, 13-maktab) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda shahar elektr ta’minotining avariyaga qarshi brigadasi tomonidan ushbu holatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Tez orada nuqson bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

#Energiya_tejamkorlik
Energiyani tejash – bu oddiy odat emas, bu kelajakka bo‘lgan munosabatdir
Har bir yoqilgan chiroq, har bir sarflangan kilovatt ortida minglab insonlarning mehnati, ulkan ishlab chiqarish jarayoni va tabiat resurslari turadi.
Elektr, issiqlik energiyasi va tabiiy gazni asrab-avaylash – bu kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir.
Tejamkorlikni bugun o‘zimizdan boshlasak, ertangi kunga katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
Keling, energiyani qadrlaylik! Kelajak uchun bugundan harakat qilaylik!

#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Ulug‘bek rasadxonasi hududida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur obyekt Samarqand shahridagi “Sharqiy” podstansiyasidan chiquvchi 58-sonli fider orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Bugun ushbu elektr uzatish tarmog‘ida texnik nosozlik aniqlangan bo‘lib, natijada ushbu obyekt hududida vaqtinchalik elektr ta’minoti uzilishlari yuzaga kelgan.
Hozirgi vaqtda maxsus avariya-tiklash brigadalari tomonidan aniqlangan nosozlikni bartaraf etish ishlari tezkorlik bilan olib borilmoqda. Mutaxassislar tomonidan zarur texnik choralar ko‘rilib, elektr ta’minotini qisqa muddatda tiklanishini ma'lum qilamiz.

#yashil_energiya
🤩O‘zbekistonda har sakkizinchi kilovatt elektr energiyasi energiya saqlash tizimlaridan olinmoqda
Yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya xavfsizligini mustahkamlash hamda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bilan bir qatorda, energiya saqlash tizimlarini (BESS) joriy etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish va elektr ta’minoti barqarorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👨👩👧👦🔌Bugungi kunda O‘zbekistonda umumiy quvvati 3930 MVt bo‘lgan 15 ta quyosh hamda 1652 MVt bo‘lgan 5 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilgan. Birgina joriy yil boshidan buyon ushbu stansiyalar tomonidan 4 milliard kVt·soatdan ortiq “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushining ortib borishi energiya saqlash tizimlarini rivojlantirishni ham taqozo etmoqda. Chunki quyosh elektr stansiyalari kunduzgi vaqtda, shamol elektr stansiyalari esa tabiiy sharoitga bog‘liq ravishda elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Energiya saqlash tizimlari esa ortiqcha energiyani jamg‘arib, iste’mol eng yuqori bo‘ladigan soatlarda tarmoqqa uzatish imkonini beradi.
2024-yilda mamlakatimizda ilk bor Farg‘ona va Andijon viloyatlarida har birining quvvati 150 MVtdan bo‘lgan 2 ta energiya saqlash tizimi ishga tushirilib, ularning umumiy quvvati 300 MVtni, energiya sig‘imi esa 600 MVt·soatni tashkil etdi.
2025-yilda esa yana 1245 MVt quvvat va 1600 MVt·soat energiya sig‘imiga ega yangi energiya saqlash tizimlari foydalanishga topshirildi.
Natijada bugungi kunga kelib respublika energetika tizimida umumiy quvvati 1545 MVt, energiya sig‘imi esa 2600 MVt·soat bo‘lgan energiya saqlash tizimlari faoliyat yuritmoqda.
Taqqoslash uchun, energiya saqlash tizimlarining o‘rnatilgan quvvati bugungi kunda mamlakat energetika tizimining kechki maksimal yuklamasining 13,5 foizidan ortig‘ini tashkil etmoqda. Boshqacha aytganda, kechki eng yuqori iste’mol soatlarida foydalaniladigan har sakkizinchi kilovatt elektr energiyasi avvaldan jamg‘arilgan energiya hisobidan qoplanishi mumkin.
Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonni energiya saqlash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dunyoning jadal rivojlanayotgan energetika tizimlari qatoriga olib chiqmoqda.
Yaratilgan energiya saqlash quvvatlari quyosh va shamol elektr stansiyalarini yagona energetika tizimiga yanada samarali integratsiya qilish, tabiiy gaz sarfini kamaytirish, issiqlik elektr stansiyalarining ishga tushirilish sonini qisqartirish hamda elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish imkonini bermoqda.
Yil yakuniga qadar mamlakatimizda energiya saqlash tizimlari quvvatini 2000 MVtga, energiya sig‘imini esa 3600 MVt·soatga yetkazish rejalashtirilgan.
📈🤩2030-yilga borib esa energiya saqlash tizimlarining umumiy quvvatini 4,5 GVtga yetkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonning “yashil” energetika sohasidagi maqsadlariga erishish va energetika xavfsizligini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

❤1👍1