⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.4K subscribers
29.9K photos
4.15K videos
46 files
18.7K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
⚡️“BOSHQARUV RAISI KUBOGI”: VOLEYBOL MUSOBAQASINING IKKINCHI KUNI MUROSASIZ BAHSLAR BILAN DAVOM ETMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun musobaqaning ikkinchi kuni doirasida voleybol maydonlarida qizg‘in va murosasiz bahslar davom etmoqda.

https://t.me/SamHETK
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yilda energiya samaradorligi yanada oshiriladi


Prezidentimizning 2026-yil 29-apreldagi “2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–70-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan bino va inshootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega bo‘lish talabi kiritiladi.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni iste’molchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Energiya samaradorligi milliy agentligiga Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali energiya servis kompaniyalari (ESKO) tomonidan davlat buyurtmalari asosida ko‘rsatiladigan energiya servis xizmatlari uchun kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirish huquqi beriladi.

2026-yildan har yili energiya sarfi belgilangan normativlardan keskin oshib ketgan davlat obyektlarida xalqaro standartlar va energiya servis mexanizmlari asosida energiya samaradorligini tubdan yaxshilash dasturlari amalga oshiriladi.

2026-yil 1-oktyabrga qadar obyektlar kesimida katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), biznes-tahlil (Business Intellegence) va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida energiya iste’molini va samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

—————
#новости_законодательства

В 2026 году меры по повышению энергоэффективности будут усилены


Принят Указ Президента от 29 апреля 2026 года № УП-70 «О дополнительных мерах по дальнейшему повышению энергоэффективности, экономии и рациональному использованию энергоресурсов в 2026 году».

Согласно указу, с 1 июля 2026 года министерства и ведомства, государственные организации и учреждения социальной сферы, а также предприятия с государственным участием должны обеспечивать категорию энергоэффективности «С» и выше для вновь строящихся, реконструируемых (модернизируемых) и капитально ремонтируемых зданий и сооружений.

Не допускается экономия электрической энергии и природного газа за счет отключения потребителей от сети или введения ограничений.

Национальному агентству по энергоэффективности предоставляется право осуществлять гарантированные платежи за энергосервисные услуги, оказываемые энергосервисными компаниями (ЭСКО), на основе государственного заказа через Фонд стимулирования и поддержки энергоэффективности.

С 2026 года на государственных объектах, где энергопотребление значительно превышает установленные нормативы, ежегодно будут реализовываться программы коренного повышения энергоэффективности на основе международных стандартов и механизмов энергосервиса.

До 1 октября 2026 года будет налажена практика анализа энергопотребления и показателей эффективности в разрезе объектов на основе технологий больших данных (Big Data), бизнес-аналитики (Business Intelligence) и искусственного интеллекта.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
⚡️Kattaqo‘rg‘on shahrida elektr ta’minoti tizimini yaxshilashga qaratilgan navbatdagi amaliy ishlar olib borildi.

Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Alisher Navoiy mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Jumrak” fideriga ulangan 604-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlari bajarildi.

Mazkur tadbirlar natijasida hududdagi iste’molchilarning elektr energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minoti yanada yaxshilanib, tizimning ishonchliligi oshirildi.


https://t.me/SamHETK
🕊1
⚡️ Samarqand shahrida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, shahar elektr ta’minoti korxonasining “Shimoliy” ustachilik bo‘limi mutaxassislari tomonidan Kamolot mahallasida joylashgan 971-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.

Ta’mirlash jarayonida transformator punktining texnik holati to‘liq tekshirilib, eskirgan qismlar yangisiga almashtiriladi, yuqori va past kuchlanishli tarmoqlari yangilandi.

Transformator punktining tashqi ko‘rinishi ham tartibga keltirilib, uning estetik holati yaxshilandi.

Amalga oshirilgan mazkur chora-tadbirlar natijasida hududdagi aholi xonadonlarining elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlanishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, texnologik yo‘qotishlar kamaytirilib, elektr energiyasidan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari yaxshilandi.

https://t.me/SamHETK
1👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ 2026-yilda energiya samaradorligi yanada oshiriladi


“2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–70-son, 29.04.2026-y.) qabul qilindi.

📝 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan bino va inshootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega bo‘lish talabi kiritiladi.

🚫 Elektr energiyasi va tabiiy gazni iste’molchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yo‘l qo‘yilmaydi.

❇️ Energiya samaradorligi milliy agentligiga Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali energiya servis kompaniyalari (ESKO) tomonidan davlat buyurtmalari asosida ko‘rsatiladigan energiya servis xizmatlari uchun kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirish huquqi beriladi.

📑 2026-yildan har yili energiya sarfi belgilangan normativlardan keskin oshib ketgan davlat obyektlarida xalqaro standartlar va energiya servis mexanizmlari asosida energiya samaradorligini tubdan yaxshilash dasturlari amalga oshiriladi.

✔️ 2026-yil 1-oktabrga qadar obyektlar kesimida katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), biznes-tahlil (Business Intellegence) va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida energiya iste’molini va samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!

Bugun soat 15:35 dan 18:00 oralig‘ida 299-fiderning havo elektr uzatish tarmoqlari atrofini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi Bunyodkor, Xo‘ja Ahror Vali, Safediy, Devoli ko‘ndalang, Namozgoh, Maroqand, Nurobod mahallalarida elektr ta’minoti uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK