⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.5K subscribers
30.2K photos
4.17K videos
47 files
18.8K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
#Yashil_energiya

📈2026-yil aprel oyida “yashil” energiya ishlab chiqarish 9,8%ga oshdi

👨‍👩‍👧‍👦Joriy yilning aprel oyida yurtimizdagi yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 1 mlrd 28,3 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 91,8 mln kVt⋅soat yoki 9,8 foizga ko‘p demakdir.

Xususan:
👨‍👩‍👧‍👦Quyosh FES tomonidan — 700,2 mln kVt⋅soat;
🔌Shamol ES tomonidan — 328,1 mln kVt⋅soat.

Buning natijasida:
⚡️244 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
🌳atmosferaga 591 mln tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

Ma’lumot uchun: 2025-yil aprel oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 936,5 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

👨‍👩‍👧‍👦Mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 5 mln xonadonning 1 oylik yoki 428 mingta xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.

📈yanvar—aprel oylarida “yashil” energiya

https://t.me/SamHETK
3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2👍1
"Hududiy elektr tarmoqlar"i AJ Samarqand hududiy filiali direktori Eldor Mamasoliyevning bayram tabrigi


https://t.me/SamHETK
4🙏1
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!

RP-22 va 704-transformator punkti hamda 782-, 782A-transformator punktlari oralig‘idagi 10 kV kabel tarmog‘ida kuzatilgan nuqson sababli hozirda Samarqand shahridagi Sa'diy Sheroziy, Xo‘jasoat, Yuqori Xo‘jasoat (Sartepa, Shota Rustaveli) mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda soha mutaxassislari tomonidan ushbu nuqsonni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Tez orada nuqson bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.

https://t.me/SamHETK
22👀2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎗Xotira va qadrlash — millat ma’naviyatining yuksak ifodasi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda batafsil Samarqand telekanalining “Samarqand yangiliklari” axborot dasturida efirga uzatilgan lavha orqali tanishishingiz mumkin.

https://t.me/SamHETK
👍32🔥1👀1
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!

231-fiderning elektr tarmog‘ida kuzatilgan nuqson sababli hozirda Samarqand shahridagi Mo‘liyon-1,2 va Samarqand tumanidagi Oqmachit, Dehnav, Shalg‘amon, Qumzor (qisman), Rustamqishloq mahallalarida (mazkur fider orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigandagi iste’molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda soha xodimlari tomonidan ushbu holatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Tez orada nuqson bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

https://t.me/SamHETK
7👀32👍1🆒1
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, yuzaga keladigan muammolarni esa zudlik bilan bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali hamda tuman va shahar elektr ta’minotlarida 24 soatlik navbatchilik asosida ish tashkil etilgan.

Ayni damda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Hududlar bo‘ylab elektr ta’minot korxonalarida tunu-kun faoliyat yurituvchi navbatchi dispetcherlik bo‘limlari, tezkor chiqish brigadalari to‘liq shay holatga keltirilgan.

Hurmatli iste’molchilar!
Agar elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzaga kelsa, quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali
✍️Telegram messenjer:
+998 95 375-75-00
Tezkor dispetcherlik xizmati.
☎️ (66) 237-76-88

⚡️Call-markaz:
☎️ 1154 (qisqa raqam), (55) 707-60-60 

⚡️Jomboy tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 475-29-00, (91) 708-29-00
ASKUE: (66) 475-29-08

⚡️ Oqdaryo tuman elektr ta’minoti.
☎️ (55) 707-42-31, (77) 401-47-20 

⚡️Ishtixon tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 629-14-85, (66) 629-21-56,

⚡️ Payariq tuman elektr ta’minoti.
☎️ (77) 401-47-22, (55) 707-40-24, Chelak bo‘limi. (77) 401-47-21, (55) 701-15-19

⚡️ Kattaqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 414-28-47, (77) 401-47-25

⚡️Urgut tuman elektr ta’minoti.
☎️ (77) 401-47-23, (55) 701-30-78
⚡️Dehqonobod elektr ta’minoti.
☎️ (66) 240-16-18, (77) 401-47-24

⚡️ Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti.
☎️ (55) 707-30-84, (55) 707-16-38, Go‘zalkent bo‘limi: (55) 701-10-87, (77) 401-47-28

⚡️ Toyloq tuman elektr ta’minoti.
☎️ (55) 707-01-17, (55) 706-01-17

⚡️ Samarqand tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 240-05-65, Do‘stlik bo‘limi: (66) 228-11-31, (77) 401-47-30

⚡️Kattaqo‘rg‘on shahar elektr ta’minoti.
☎️ (66) 455-23-18, (66) 455-23-15

⚡️ Qo‘shrabot tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 646-13-46, (66) 646-13-39

⚡️Bulung‘ur tuman elektr ta’minoti.
☎️ (77) 401-47-26, (55) 706-36-64, (55) 706-36-65

⚡️ Paxtachi tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 403-16-47, (66) 403-11-65

⚡️ Narpay tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 432-27-87, (66) 432-12-59

⚡️ Nurobod tuman elektr ta’minoti.
☎️ (77) 401-47-29, (66) 240-16-69

⚡️ Samarqand shahar elektr ta’minoti.
☎️ (66) 233-12-12, 233-12-15, 233-20-16, 233-41-79, 233-50-72.

https://t.me/SamHETK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir lahza tasavvur qilib ko‘ring…

Agar elektr energiyasi umuman bo‘lmaganida…

Kech kirishi bilan hayot to‘xtab qolgandek bo‘lardi. Ko‘chalar qorong‘i, uylar jim. Na chiroq bor, na telefonning yorug‘i… faqat shamning titragan olovi.

Kasalxonalarda esa eng og‘ir holat — elektr yo‘qligi uchun uskunalar ishlamay qolishi… bir soniya ham hayotga ta’sir qiladigan lahzalar.

Qishda sovuq uylar, yozda esa issiqdan nafasi qaytgan odamlar… ovqatni saqlash degan narsa yo‘q, muzlatkich yo‘q, hamma narsa tez buziladi.

Endi o‘ylab ko‘ring… biz hozir bularning ichida emasmiz. Bizda yorug‘lik bor. Issiqlik bor. Internet bor. Har soniyada ishlayotgan minglab imkoniyatlar bor.

Lekin biz ko‘pincha buni sezmaymiz.

Chiroqni yoqib qo‘yib ketamiz… keraksiz ishlayotgan jihozlar…

Aslida esa har bir “yoqilgan chiroq” ortida mehnat, yoqilg‘i, resurs va katta mashaqqat bor.

Elektrni tejash — bu faqat iqtisod emas.

Chunki yorug‘lik bor joyda hayot bor.
Uni asrash esa — bizning qo‘limizda.

https://t.me/SamHETK
2👀2🔥1🫡1
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!

Bugun soat 11:10 dan 18:00 oralig‘ida "Guldor" fiderining havo elektr uzatish tarmog‘idagi sel oqibatida shikast yetgan tayanch ustunlarida tiklash ishlari olib borilishi sababli Samarqand tumanidagi Yangi obod, Qorasuv-2, (dacha ops) mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.me/SamHETK
3🆒1
⚡️SAMARQANDDA “ENERGIYA TEJAMKORLIGI OYLIGI” DOIRASIDA KENG QAMROVLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Samarqand viloyatida e’lon qilingan “Energiya tejamkorligi oyligi” doirasida tizimli va manzilli tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonda, eng avvalo, aholi iste’moli chuqur tahlil qilinib, oylik elektr energiyasi sarfi 50 kVt/soatdan kam bo‘lgan abonentlarni qayta xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining 1047 nafat mas'ul xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar, tuman va shahar hokimliklari hamda mahalla vakillari bilan hamkorlikda keng qamrovli o‘rganishlar tashkil etilgan.

Ushbu tadbirlar davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlash hamda aholining energiya tejashga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

https://t.me/SamHETK
2
⚡️Narpay tumanida ham “Energiya tejamkorligi oyligi” doirasida elektr energiyasi iste’moli oyiga 50 kVt/soatdan kam bo‘lgan abonentlar to‘liq qayta xatlovdan o‘tkazilib, ularning hisoblagichlari ham texnik ko‘rikdan o‘tkazilyapti.

Mazkur jarayonlarga mas’ul xodimlar jalb etilgan bo‘lib, ishlar tegishli idoralar, mahalliy hokimliklar va fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

O‘rganishlar davomida har bir xonadon kesimida energiya iste’moli tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Shu bilan birga, noqonuniy ulanishlar va yashirin iste’mol holatlarini aniqlash hamda oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Amalga oshirilayotgan ushbu kompleks choralar nafaqat energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi, balki hududda barqaror elektr ta’minotini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

https://t.me/SamHETK
2👌2