⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.4K subscribers
30.1K photos
4.17K videos
47 files
18.8K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yigʻilishining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия 59-го ежегодного заседания Совета управляющих Азиатского банка развития, проходящего в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sammit #OTB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Президент Шавкат Мирзиёев выступил на заседании Совета управляющих Азиатского банка развития в Самарканде.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!

182-fiderning 10 kV kabel tarmog‘ida (907-, 908-transformator punktlari oralig‘idagi) kuzatilgan nuqson sababli hozirda Samarqand shahridagi Tojmahal va Bahor mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda soha mutaxassislari tomonidan ushbu nuqsonni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Tez orada nuqson bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.

https://t.me/SamHETK
⚡️QUYOSH PANELLARI О‘RNATGAN ULGURJI ISTE’MOLCHILAR DIQQATIGA!

Qonunchilikka kо‘ra, agar siz quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa uzatayotgan bо‘lsangiz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filialining hududlardagi bо‘linmalariga ishlab chiqargan elektr energiyasini tarmoqqa uzatgandan sо‘ng keyingi oyning 10-sanasiga qadar о‘tgan davr (hisobot oyi) uchun hisob-faktura taqadim etishingiz shart.

Agar hisob-fakturalar о‘z vaqtida taqdim etilmasa, hisob-faktura taqdim etilmagan oy uchun tarmoqqa uzatilgan elektr energiyasi tо‘lovi amalga oshirilmaydi.

Tarmoqqa uzatgan elektr energiyasi uchun hisob fakturalarni о‘z vaqtida taqdim etib borishni unutmang.

https://t.me/SamHETK
2
📌📌📌📌📌📌

SAMARQANDDA XALQARO ANJUMAN OLDIDAN ELEKTR TA’MINOTI MUSTAHKAMLANDI

Ayni kunlarda Samarqand viloyatida Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi bо‘lib о‘tmoqda.

Ushbu nufuzli xalqaro tadbirni yuqori saviyada о‘tkazish maqsadida elektr ta’minoti tizimini barqaror va ishonchli holatga keltirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning Samarqand hududiy filiali mutaxassislari tomonidan elektr uzatish tarmoqlari tо‘liq texnik kо‘rikdan о‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi hamda zarur nuqtalarda ta’mirlash ishlari bajarildi.

Shuningdek, elektr tarmoqlarida zamonaviy teplovizor nazorati orqali yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan nosozliklar oldindan aniqlanib, ular bartaraf etildi. Bu esa tizimning ishonchliligi va uzluksiz ishlashini ta’minlashga xizmat qildi.

Xorijiy mehmonlar tashrif buyuradigan konferensiya majmualari, tarixiy obidalar va mehmonxonalarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qо‘shimcha ravishda 20 ta uzluksiz quvvat manbai (UPS) hamda 6 ta dizel generator qurilmalari о‘rnatildi.

Amalga oshirilgan mazkur chora-tadbirlar xalqaro anjumanni yuqori darajada tashkil etish va mehmonlarga qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
“Aksa Elektrik” kompaniyasi vakillari bilan Samarqand hududiy filialining kelgusida faoliyati muhokama qilindi

Avval xabar qilinganidek, Turkiyaning “Aksa Elektrik” kompaniyasi xalqaro tender gʻolibi sifatida Samarqand viloyati elektr energiyasi taqsimlash tarmoqlarini 30-yil muddatga boshqarish huquqini qoʻlga kiritgan edi.

Ayni paytda filialni xalqaro tender g‘olibi boshqaruviga rasman topshirish jarayonlari olib borilmoqda.

Bugun, Samarqandda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Asrorjon Askarovning kompaniya vakillari bilan kelgusidagi rejalar hamda viloyat elektr ta’minotini yanada yaxshilashga qaratilgan ishchi uchrashuvi bо‘lib о‘tdi.

Uchrashuv avvalida kompaniya vakillari Samarqand hududiy filialida kelgusida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan strategik rejalar xususidagi taqdimoti bilan tanishtirishdi hamda о‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

О‘z navbatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati va mutasaddilari kompaniya vakillariga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilashda kelgusida e’tibor qaratish kerak bо‘lgan jihatlar haqida tavsiyalar berib о‘tishdi.

Ochiq va konstruktiv tarzda о‘tgan uchrashuvda hamkorlar ikki tomonlama manfaatli masalalarni muhokama qilib olishdi.

Eslatib о‘tamiz: О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2024-2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Samarqand viloyatida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va xususiy operatorga berish boʻyicha tender oʻtkazilib, unda Turkiyaning “Aksa Elektrik” kompaniyasi gʻolib deb topilgan edi.


📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
⚡️1-maydan boshlab mamlakatda zaryadlashni subsidiyalash tizimi ishga tushdi.

Endi stansiyada qanday narx belgilangan bo‘lishidan qat’i nazar, elektromobil egasi cho‘ntagidan faqat 300 so‘m to‘laydi — qolgan qismini davlat byudjeti qoplab beradi.

Elektrotaksi uchun mart oyidan boshlab davlat avtoturargohlarida, vokzal va aeroportlarda 30 daqiqalik bepul to‘xtash imkoniyati, shuningdek ijtimoiy soliq bo‘yicha 10 foiz chegirma ham joriy etilgan.

https://t.me/SamHETK
1👍1
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!

Bugun soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Xo‘jakarzon” podstansiyasining elektr tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Narpay tumanidagi Birlik, Beklar, Xo‘jakarzon, Sohibkor, Charxin, Haqiqat, Ravot Olchin mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
2
#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar, Sharq tongi mahallasi, Oybek ko‘chasi, 4-yo‘lak oxiridagi chorrahada joylashgan elektr uzatish tarmog‘i ustuni (simyog‘och) yo‘lning o‘rtasida qolib ketgani hamda ko‘cha kengaytirilishiga to‘sqinlik qilayotgani yuzasidan murojaat tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ushbu manzilda elektr uzatish tarmoqlari amaldagi loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilgan bo‘lib, ular uchun belgilangan muhofaza hududi mavjud. Keyinchalik mazkur hududda ayrim fuqarolar tomonidan qo‘shimcha uy-joy qurilishi ishlari olib borilishi natijasida elektr tarmog‘i obyektlarining muhofaza maydonlari qisman egallab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari”ga muvofiq, barcha elektr tarmog‘i obyektlari uchun muhofaza maydonlari belgilangan. Yuqoridagi manzilda ham havo elektr uzatish tarmog‘i uchun ajratilgan muhofaza hududi mazkur talablar buzilgan holda egallab olingani aniqlangan.
Shu munosabat bilan, mazkur simyog‘ochni ko‘chirish ishlari amaldagi tartib va me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shuningdek, mavjud yog‘och ustunlarni zamonaviy beton tayanchlarga almashtirish ishlari tasdiqlangan dasturlar doirasida olib boriladi.
Fuqarolardan elektr tarmog‘i obyektlarining muhofaza maydonlariga rioya etish, noqonuniy qurilishlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda xavfsizlik qoidalariga amal qilish so‘raladi.

https://t.me/SamHETK
2
#Infografika
#Energiya_tejamkorligi_oyligi

2026-yil uchun elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari


https://t.me/SamHETK
ENERGIYA — BU FAQAT QULAYLIK EMAS. BU OMONAT.

Elektr energiyasidan foydalanish shunchaki kundalik ehtiyojni qondirish emas. Bu — kelajakni qanday qurayotganimizga bevosita ta’sir qiluvchi omildir. Har bir yoqilgan chiroq yoki ishlatilgan qurilma ortida ulkan tizim, tabiiy resurslar, inson mehnati va muayyan yo‘qotishlar mujassam.

Bugungi sharoitda elektr energiyasini tejash masalasi faqat iqtisodiy zarurat bilan cheklanmaydi. U jamiyat madaniyati, intizomi va har bir insonning shaxsiy mas’uliyatini ifodalaydi.

Ko‘pincha tejash yirik loyihalar yoki texnologik yechimlardan boshlanadi degan qarash mavjud. Amalda esa eng samarali natija kundalik hayotdagi oddiy, ammo izchil odatlardan kelib chiqadi.

🔌 KO‘RINMAS YO‘QOTISHLAR — ENG KATTA MUAMMO

Elektr energiyasining sezilarli qismi foydalanuvchi bevosita sezmaydigan jarayonlarda yo‘qotiladi. “Standby” rejimida qolgan maishiy texnika vositalari — televizorlar, kompyuterlar, zaryadlovchi qurilmalar — doimiy ravishda energiya iste’mol qilishda davom etadi.

Tavsiyalar:

Ishlatilmayotgan qurilmalarni to‘liq o‘chirish va elektr tarmog‘idan uzish
Zaryadlovchi moslamalarni keraksiz holda ulangan holatda qoldirmaslik
Bir nechta qurilma uchun umumiy o‘chirish imkonini beruvchi uzatma vositalaridan foydalanish

Mazkur oddiy choralar yil yakunida sezilarli darajada energiya tejalishini ta’minlaydi.

💡 YORITISH TIZIMLARIDA SAMARADORLIK

Uy xo‘jaliklarida elektr energiyasining katta qismi yoritish tizimlariga to‘g‘ri keladi. Shu bois ushbu yo‘nalishda oqilona yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.

Tavsiyalar:

Yuqori samaradorlikka ega LED lampalardan foydalanish
Kunduzgi vaqtda tabiiy yorug‘likdan maksimal darajada foydalanish
Faqat zarur bo‘lgan joylarda va vaqtda yoritish tizimlarini yoqish

Ortiqcha ishlatilayotgan har bir yorug‘lik manbai — tizimli yo‘qotish demakdir.

❄️ ISITISH VA SOVUTISH TIZIMLARINI BOSHQARISH

Konditsioner va isitish moslamalari energiya iste’molining eng katta ulushini tashkil etadi. Ularni noto‘g‘ri sozlash yoki nazoratsiz ishlatish ortiqcha sarf-xarajat va resurslar yo‘qotilishiga olib keladi.

Tavsiyalar:

Harorat rejimini me’yoriy darajada belgilash
Xonalar issiqlik izolyatsiyasini (eshik va derazalar zichligini) ta’minlash
foydalanilmayotgan xonalarda qurilmalarni o‘chirish

Qulaylikni ta’minlash jarayonida resurslardan oqilona foydalanish muhimdir.

⚙️ MAISHIY TEXNIKA VA ENERGIYA SAMARADORLIGI

Maishiy texnika vositalari uzoq muddatli energiya iste’moli manbai hisoblanadi. Shu sababli ularni tanlash va ishlatishda samaradorlik mezonlari ustuvor bo‘lishi lozim.

Tavsiyalar:

Energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan (zamonaviy) qurilmalarni tanlash
Texnika vositalaridan to‘liq yuk bilan foydalanish
Eskirgan va samarasiz qurilmalarni bosqichma-bosqich yangilash

Energiya tejash — bu qisqa muddatli emas, balki strategik yondashuvni talab qiladigan jarayondir.

🌍 ENERGIYANI TEJASH — IJTIMOIY MAS’ULIYAT

Kichik harakat va odatlar global o‘zgarishlarga darhol olib kelmasligi mumkin. Biroq ushbu odatlarning ommalashuvi jamiyat miqyosida sezilarli natijalarni yuzaga keltiradi.

Energiya — bu faqat ishlab chiqariladigan resurs emas. U — boshqariladigan va rivojlantiriladigan ijtimoiy madaniyatdir.

Aslida tejash murakkab jarayon emas. Asosiy muammo — mavjud odatlarni o‘zgartirish va ongli iste’mol madaniyatini shakllantirishdir.

Kundalik hayotdagi oddiy qarorlar:

ortiqcha yoritishni o‘chirish
foydalanilmayotgan qurilmalarni uzish
energiyadan oqilona foydalanish
uzoq muddatda katta ijobiy natijalarga olib keladi.

Energiya tejash — bu texnologik yechim emas, balki ongli hayot tarzi.