O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan.
– dedi davlatimiz rahbari.
Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqishga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflamoqda.
Toshkent shahrida 2 ta xizmatni bir bosqichda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yilgani uchun hujjatlarni kelishish vaqti 3-4 karra kamaydi. Ushbu tajribani 1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha hududlarida joriy qilish topshirildi.
Hozirda elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanish bo‘yicha texnik shart olish uchun ham har bir kommunal idoraga alohida murojaat qilish kerak. 1-iyuldan bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish imkonini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X
– Mas’ullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin ichiga kirib tahlil qilsa, masala ko‘p. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qo‘yishning birdan bir yo‘li – raqamlashtirish va sun’iy intellekt!
– dedi davlatimiz rahbari.
Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqishga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflamoqda.
Toshkent shahrida 2 ta xizmatni bir bosqichda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yilgani uchun hujjatlarni kelishish vaqti 3-4 karra kamaydi. Ushbu tajribani 1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha hududlarida joriy qilish topshirildi.
Hozirda elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanish bo‘yicha texnik shart olish uchun ham har bir kommunal idoraga alohida murojaat qilish kerak. 1-iyuldan bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish imkonini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X
Sansalorlikning yana bir sababi – joylarda shaharsozlik kengashishga a’zo 26 ta idora o‘rtasida muloqot va hamkorlik yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, shaharsozlik kengashiga Toshkent shahri va viloyat hokimlarining o‘zi boshchilik qilib, tadbirkorning masalasiga yakuniy yechim berishi belgilandi.
“Shaffof qurilish” reytingida quruvchilarga lizingga olingan texnikasi uchun ball berilmayotgani noto‘g‘ri ekani qayd etildi. Bunday texnikalar hisobga olinsa, kamida 500 ta korxonaning reytingi 1-2 pog‘ona ko‘tarilib, 17 trillion so‘mlik bozorga kirish imkoni paydo bo‘ladi.
Qurilish vazirligiga lizingga olingan texnikalar elektron bazasini ishga tushirib, “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilish va ball berishni boshlash topshirildi.
Bundan tashqari, pudrat korxonalariga chet eldan yiliga bitta maxsus texnika olib kelish bo‘yicha cheklovni bekor qilish zarurligi qayd etildi.
Umuman, mutasaddilarga uch oyda qurilishga ruxsat olishdan boshlab, foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tahlil qilib, talablar, muddatlar va to‘lovlarni 2 barobargacha qisqartirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

O‘tgan yili qurilish obyektida loyihachi va buyurtmachilarning nazoratchilari 42 mingta kamchilik qayd etgan, Qurilish inspeksiyasi esa yana 250 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqlagan. Sabab – loyihachi hamda buyurtmachilarda mualliflik va texnik nazorat bo‘yicha manfaatdorlik yo‘q.
Shu bois, joriy yil 1-iyundan boshlab davlat buyurtmachilari faoliyati to‘liq KPIga bog‘lanishi, xodimlarning oyligi 3 karra oshirilishi belgilandi. Loyiha hujjatini ishlab chiqish uchun obyekt qiymatining 5 foizigacha mablag‘ beriladi, mualliflik nazorati uchun esa alohida shartnoma asosida to‘lov qilinadi.
Shu bilan birga, endi texnik nazorat yoki mualliflik nazoratchisi mas’ul bo‘lgan obyektda qo‘pol qoidabuzarlik aniqlansa, pudrat korxonasi bilan birga nazoratchilarga ham qat’iy chora ko‘rish zarurligi qayd etildi. Loyihachining “Shaffof qurilish”dagi reytingi ham pasaytiriladi.
O‘tgan yili 400 nafar qurilish nazoratchisi yonkamera bilan ta’minlandi, 1 ming 221 ta ijtimoiy va infratuzilma obyektiga videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Endilikda budjetdan quriladigan qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli uy, yirik savdo va sanoat korxonasi, mehmonxona, turizm obyektlari qurilishi ham onlayn nazorat kameralari bilan qamrab olinadi.
Urbanizatsiya qo‘mitasiga shaharsozlik qoidalarini qo‘pol buzganlik bo‘yicha moliyaviy sanksiya joriy qilish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

❤1
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan 20 milliard dollardan ortiq infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.
Lekin kichik va o‘rta quruvchilar uyoqda tursin, hatto yuqori reyting, yetarli mablag‘ va texnikaga ega bo‘lgan mahalliy korxonalarimiz ham ushbu bozorga to‘liq kira olmayotgani, kirgani ham subpudratchi bo‘lib ishlayotgani qayd etildi.
Mutasaddilar, buyurtmachi vazirlik va idoralar xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralarda quruvchilarimiz imkoniyatlarini ko‘rsatib bera olmayotgani, shartnoma shartlarini belgilashda mahalliy pudratchilar manfaatlarini himoya qilmayotgani, xalqaro tenderlar shartlarini o‘rgatmagani uchun eng arzon narx bergan korxonalarimiz ham tenderda raqobat qila olmayotgani tanqid qilindi.
Shu bois, mahalliy loyihachi, quruvchi va konsultantlarni xalqaro tenderlarda ishtirok etishga o‘qitish bo‘yicha tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.
Qolaversa, quruvchilarimiz qo‘shni davlatlardagi xalqaro loyihalarda bosh pudratchi bo‘lib qatnasha boshlagani yuqori baholandi.

Aholini uy-joyga bo‘lgan talabini ta’minlash doimiy diqqat markazida bo‘lishi shartligi ta’kidlandi.
So‘nggi yillarda 56 ta “Yangi O‘zbekiston” massivining infratuzilmasi uchun 4 trillion 100 milliard so‘m mablag‘ berildi. Joriy yil ushbu maqsadlarga yana 1 trillion 400 milliard so‘m ajratilmoqda.
Lekin 2025-yilda Toshkent viloyatida 2,1 mingta, Samarqandda 1,5 mingta, Farg‘onada 1,3 mingta, Toshkent shahrida 1 mingta, Jizzaxda 380 ta xonadon foydalanishga topshirilmagan.
Soha mutasaddilari va hokimlar bu yil “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 34 ming xonadonni qurib bitkazishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Qurilishi davom etayotgan massivni kengaytirishga o‘sha hududdagi 85 foiz kvartirani egasiga topshirganidan keyingina ruxsat berilishi belgilandi.
Poytaxt va Samarqand tajribalari asosida investitsiya kompaniyalari tashkil qilindi. Bu kompaniyalar 1-oktabrdan boshlab, ko‘p qavatli uylar qurish uchun yerlarni qurilishga ruxsati, arxitektura rejalashtirish topshirig‘i va dastlabki loyihasi bilan birga tayyor holda auksionga chiqaradi.

Fevral oyida Prezidentimiz kreativ iqtisodiyot uchun soliq va boshqa bir qator imtiyozlarni nazarda tutuvchi alohida qarorni imzoladi.
Mutasaddilarga mazkur yo‘nalishda arxitektor, loyihachi va urbanistika sohasi uchun birinchi kreativ parkni Toshkent shahrida tashkil qilish topshirildi. Bunday kreativ parklarni hududlarda ham barpo etish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, Toshkentda yangi o‘quv yilidan urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohasida kadrlar tayyorlaydigan, o‘zini o‘zi moliyalashtiruvchi oliygoh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda o‘rta bo‘g‘in kadrlari uchun texnikum ham bo‘ladi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz soha va hududlar rahbarlarining hisobotlarini tingladi. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari eshitildi.

Forwarded from "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ (uzbekistonmet.uz Axborot xizmati)
Бугун соат 18:41 да Самарқанд вилоятида жойлашган 220 кВ кучланишли "Каттақўрғон" подстанциясидаги трансформаторда носозлик содир бўлди ва энергетика объектидан чиқувчи линиялар фавқулодда ўчди.
Натижада Каттақўрғон ва Нарпай туманларининг айрим ҳудудлари истеъмолчилари, шунингдек "Навоий Уран" корхонаси электр таъминотида узилишлар кузатилмоқда. Ҳозирда истеъмолчиларга бошқа линиялар орқали кучланиш бериш чоралари кўрилмоқда.
Айни пайтда махсус бригада томонидан содир бўлган носозликни бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда.
Келтирилган ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўраймиз.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Joriy yilning 16-aprel kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli "L-Yangikent" 35 kV havo elektr uzatish tarmog‘ida rekonstruksiya (yangi sim tortish) ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqtda Ishtixon tumanidagi Xalqobod, Humo, Beshariq, Murodobod, Safaxo‘ja, Ko‘ktepa, Yo‘g‘ontepa, Sheyxlar, Mirzaqul, Zartepa, Yangi Ravot, Hazorbobo, Mohpar, Bog‘bon, Zarbuloq, Bo‘ronxo‘ja, Katta Qang‘li, Beshkapa, Ko‘tarma, Qoraqishloq, Xonaqa, Qo‘chqor Qarshiyev, Do‘stlik mahallalarida va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida elektir ta'minotida uzilishlar bo‘ladi.
✅ https://t.me/SamHETK

#Tavsiya
Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtlarida ehtiyot choralariga qat’iy amal qiling
Noqulay ob-havo sharoitlari — kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilayotgan vaqtlarda, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlarini so‘raymiz:
➖Yerga uzilib tushgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang va ularga tegmang;
➖Elektr tayanchlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari ostida turmang;
➖Avtomobillarni elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang;
➖Bolalarni elektr inshootlari va ochiq elektr jihozlari yaqinida yolg‘iz qoldirmang.
Agar elektr tarmoqlarida uzilishlar, simlarning uzilishi yoki boshqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga yoki dispetcherlik xizmatlariga xabar berishingizni so‘raymiz.
⚡️ Eslatma: O‘z vaqtida berilgan murojaat nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

🙏1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Bugun soat 10:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Ferma” podstansiyasining elektr tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Melixo‘ja, Alijon, Baland Chordara, Navbahor, Kattako‘rpa mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Bugun soat 10:00 dan 13:00 ga qadar "Oqsoy" fiderining havo elektr uzatish tarmog‘ida tayanch ustunlari o‘rnatish (392-qaror asosida) ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Nurobod tumanidagi Mehnatkash, Oqsoy, Chortut mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari
#Bu_qiziq
👨👩👧👦Xitoyda quyosh botgach ham 6 soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiya qurilmoqda
Loyihaning o‘ziga xosligi shundaki, oftob nurini bevosita elektr energiyasiga aylantiradigan an’anaviy panellar o‘rniga maxsus moy bilan to‘ldirilgan yoysimon ko‘zgular o‘rnatiladi.
“Samarador quyosh energiyasi” texnologiyasi deb atalayotgan bu yondashuvda, ko‘zgular quyosh nurini yig‘ib, tizimdagi moyni qizdiradi. Qizigan moy esa, o‘z navbatida, qum bilan to‘ldirilgan ulkan rezervuarni isitishga xizmat qiladi. Odatda an’anaviy quyosh panellari quyosh botganda yoki bulutli havoda energiya ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Yangi stansiya esa oftob issiqligini zaxiralab, kech tushgach ham 6 soatgacha elektr energiyasi hosil qila oladi.
2027-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur loyiha yiliga 719 mln kVt·soat toza energiya ishlab chiqarib, atmosferaga 652 ming tonnadan ziyod zararli moddalar chiqarilishining oldini oladi.

⚡️ Tizim muammolari muhokama markazida
Bulung‘ur tuman hokimi Samandar Astonov elektr ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xizmat sifatini oshirish bo'yicha tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida sohadagi dolzarb muammolar atroflicha tahlil qilinib, elektr ta'minoti tizimida ham "yong‘inni o‘chirish emas, yong‘ingacha bo‘lgan holatni bartaraf etish" ya'ni tizim muammolarini oldindan tahlil qilish, shuningdek, sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishni joriy qilish ta'kidlandi.

⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Bugun soat 11:00 dan 18:00 oralig‘ida 1249-transformator punktining elektr tarmog‘ida aniqlangan nuqsonni bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi Yangiqo‘rg‘on va Yuqori Xo‘jasoat mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Bugun soat 11:40 dan 18:00 oralig‘ida 453-transformator punktida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi Sadriddin Ayniy, Xalifa Ibrohim, Xo‘ja Abdu Darun, Mo‘liyon, G‘ofur G‘ulom mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
✅ https://t.me/SamHETK
Bugun soat 11:40 dan 18:00 oralig‘ida 453-transformator punktida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi Sadriddin Ayniy, Xalifa Ibrohim, Xo‘ja Abdu Darun, Mo‘liyon, G‘ofur G‘ulom mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
✅ https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Ertaga, 16-aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 oralig‘ida "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli "Nurbuloq" podstansiyasining elektr tarmog‘ida (T-1, SSH-10-1) joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Nurobod tumanidagi Nurbuloq, Nurdum, Po‘latchi, Yuksalish, Mash'al mahallalarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Bugun soat 12:20 dan 18:00 oralig‘ida 67-fiderning elektr tarmog‘ida (TP poydevorini ko‘tarish) ish olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Ahmad Yassaviy va Madadkor mahallalarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

⚡️Munosabat o‘rnida
So‘nggi vaqtlarda elektr ta’minoti tizimida yuz bergan baxtsiz hodisalar jamoatchilikda haqli savollarni yuzaga keltirmoqda.
Xususan, 2026-yil 31-mart kuni Ishtixon tumanida elektromontyor N.Akramov bilan sodir bo‘lgan jarohatlanish holati hamda 2025-yil 30-dekabr kuni Qo‘shrabot tumanida elektromontyor S.Do‘smurodovning vafoti bilan yakunlangan hodisa tizimda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi darajasi jiddiy ko‘rib chiqilishini talab etadi.
Mazkur holatlar yuzasidan o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, har ikkala baxtsiz hodisaning asosiy sabablari sifatida belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq amal qilinmagani va xodimlarning o‘zboshimchalik bilan harakat qilgani aniqlangan.
Shu bilan birga, shuncha olib borilayotgan tushuntirish ishlari va hududlarda texnika xavfsizligiga oid tashkil etilayotgan tadbirlar, o‘quv mashg‘ulotlari hamda nazorat tadbirlariga qaramay, ayrim xodimlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan harakat qilish, belgilangan tartiblarni mensimaslik va xavfsizlik qoidalarini buzish holatlari hanuz uchrab turgani afsus bilan qayd etiladi.
Shuningdek, ayrim mas’ul shaxslar tomonidan ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, nazorat qilish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya ettirish borasida yetarli darajada choralar ko‘rilmagani qayd etildi.
Mazkur hodisalar yuzasidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, aybdor shaxslarning javobgarligi masalasi ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, bunday ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida barcha xodimlar uchun doimiy texnika xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv-seminarlar tashkil etish, har bir ishni faqat rasmiylashtirilgan naryad-ijozat asosida bajarishni qat’iy nazoratga olish, elektr qurilmalarida ishlashdan oldin kuchlanish yo‘qligini tekshirish tartibini kuchaytirish, mas’ul rahbar va ustalarning shaxsiy javobgarligini oshirish, joylarda doimiy nazorat va monitoring tizimini joriy etish choralar belgilandi.
Elektr energetikasi tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodimning hayoti va salomatligi ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, xavfsizlik talablariga rioya etish muqarrar shart hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishda barcha zarur choralar ko‘riladi va bu boradagi ishlar qat’iy nazorat ostiga olinadi.
Kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tizimli islohotlar izchil davom ettiriladi.
Alisher Mutalibov,
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Samarqand hududiy filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli dehqon va fermer xo‘jaliklari! Mavsumiy agrotadbirlarni amalga oshirishda elektr tarmoqlarining muhofaza zonalariga oid talab va qoidalarga qat’iy rioya eting!
Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlariga yaqin hududlarda joylashgan ekin maydonlarida mavsumiy agrotadbirlarni olib borishda alohida e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz: Elektr uzatish tarmoqlari va porstansiyalarning muhofaza zonalarida chiqindilarni to‘plash, olov yoqish qat’iyan taqiqlanadi.
Mazkur talablar Vazirlar Mahkamasining 1050-son qarori — “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjatga muvofiq belgilangan.
Qarorga ko‘ra, elektr tarmoqlari obyektlarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida muhofaza zonalarida ekologik zarar yoki yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi har qanday harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.