⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.3K subscribers
29.7K photos
4.14K videos
46 files
18.5K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 13-aprel kuni 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 35 kV “L-Qo‘rli” havo elektr uzatish tarmog‘ining 228-, 237-, 250-, 254-tayanchlarida izolyatori almashtirish ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqtda Payariq tumanidagi Do‘stlik, Ishtixon tumanidagi To‘por, Namuna, Do‘stlik, Chag‘atoy, Qiyot, Mirishkor, Odil, Gulobod, Barlos, Sohibkor, Orlot, O‘zbekqo‘rg‘on, Boqon, Qayirma, Chaqar, Yangikent, Chimqo‘rg‘on mahallalarida va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
1👀1
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 09:30 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Oqoltin” podstansiyasining elektr tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Narpay tumanidagi Chaykal, Totkent, Oq oltin, Obi hayot, Tepaqo‘rg‘on, Ravot Olchin, Chorbog‘ mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 14-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 110 kV “L-Sug‘orish” elektr uzatish tarmog‘ida shikastlangan izolyatorlarni almashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Yakkabog‘, Yangiravot, Yonboshsoy, Qoqsoy, Burgansoy, Jizmonsoy, Andoqsoy, Baland Chordara, Oyjon, Mullatog‘ay, Mullako‘rpa, Jumaboy, Moybuloq, Qoradaryo, Qo‘shqo‘ton, Nisbat hamda Payshanba shaharchasidagi “Kollej” fideri orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan mahallalarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
1
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 10:30 dan 18:00 oralig‘ida 464-fiderning elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi Devoli ko‘ndalang, Masjidi qo‘ng‘iroqdor, Tadbirkorlar, Madadkor, Mirzo Ulug‘bek, Lolazor, Navbahor, (SamDAQI), Ahmad Yassaviy mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 10:30 dan 18:00 oralig‘ida 163-, 197-transformator punktlarining elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi Terakzor, Rahmatobod mahallalarida (mazkur transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan iste'molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:30 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlarifilialiga qarashli “Bog‘izag‘on” podstansiyasining T-2 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Toyloq tumanining O‘rta qishloq, Tepa qishloq, Fayzobod, Talliota, G‘o‘lba, O‘ray Elipok, Zarafshon (qisman), Sariosiyo mahallalarida hamda mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan boshqa iste’molchilar (harbiy qism, tadbirkorlik subyektlarida) elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.me/SamHETK
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bulung‘urda aholi murojaatlariga amaliy yechimlar berilmoqda

Bulung‘ur tumanidagi Beshkuvi hamda Sayiltepa mahallalarida yashovchi fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi transformator punktlari o‘rnatilib, mavjud infratuzilma yanada mustahkamlandi.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan har bir murojaat joyiga chiqib, holat atroflicha tahlil qilinmoqda. O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash, energiya ta’minoti barqarorligini oshirish hamda fuqarolarning ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

https://t.me/SamHETK
👍21
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 12:30 dan 18:00 gacha Pastdarg‘om tumanidagi Qatorterak, Temurxo‘ja, Bobur, Mehnat mahallalarida va "Pastdarg‘om buyum savdo" MCHJda elektr ta'minotida uzilishlar bo‘ladi.

Sababi, 10 kV "Temur" fiderining elektr uzatish tarmog‘ida "Drayver loyihasi" asosida rekonstruksiya ishlari olib boriladi.

Ushbu noqulaylik uchun tuman elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

https://t.me/SamHETK
🔥1
⚡️MAHALLALARDA ELEKTR UZATISH TARMOQLAR YANGILANMAQDA

Ayni kunlarda Narpay tumanida ham elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, 809-transformator punkti tubdan ta’mirlanib, uning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Mazkur jarayon doirasida mahallalarda hududidagi transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanib, eskirgan qurilmalar o‘rniga zamonaviy, energiya tejamkor uskunalar o‘rnatilmoqda. Bu esa nafaqat elektr energiyasidagi uzilishlarning oldini olish, balki iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish darajasini oshirmoqda.

Olib borilayotgan ushbu keng qamrovli ishlar aholining kundalik hayotida qulaylik yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


https://t.me/SamHETK
1
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 14-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida 463-, 246-transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Mustaqillik, Afrosiyob mahallalarida (mazkur transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 14-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Cho‘ponota” podstansiyasining elektr tarmog‘ida (113-, 58-fiderlarining rele himoyasini tekshirish) joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Bog‘ibaland, Yuksalish, (Anjirzor), Zarafshon mahallalarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
👏1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 14-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Ohalik” podstansiyasining elektr tarmog‘ida (SSH-10-2, T-2) joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand tumanidagi "Karakul", "Firma", "Mironqul", "Girdob", "Sifat-2" fiderlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan Ohalik (yuqori va pastki), Yangi joy, Oqbuyro, Mironqul, Obod turmush (kottejlar), Parrandachilik, Yangi bog‘ mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ELEKTR UZATISH TARMOQLARIDA
TA’MIRLASH ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Urgut tumanida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan “G‘ayrat” fideriga ulangan 5889-sonli transformator punktida navbatdagi texnik ko‘rik o‘tkazilib, zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Jarayon davomida transformator uskunalarida montaj ishlari bajarilib, moy sathi belgilangan me’yorlarga keltirildi.

Shuningdek, qurilmaning tashqi holatini yaxshilash maqsadida bo‘yoqlash ishlari ham olib borildi.

Bunday profilaktik tadbirlar elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, mavjud infratuzilmaning ishonchliligini oshirish hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

https://t.me/SamHETK
💙💙💙

Бугун соат 06:06 да Самарқанд вилоятида 110 кВ кучланишли "Жума" подстанциясидаги 10 кВ ёпиқ тақсимлаш қурилмасида шикастланиш содир бўлди.

Натижада Пастдарғом туманининг айрим ҳудудлари истеъмолчилари электр таъминотида узилишлар кузатилмоқда.

Айни пайтда махсус бригада томонидан содир бўлган носозликни бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда.

Келтирилган ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўраймиз.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1