⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.2K subscribers
29.6K photos
4.13K videos
46 files
18.5K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
⚡️Elektr ta’minotida barqarorlik — ustuvor vazifa

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini mukammal hamda joriy ta’mirdan chiqarish ishlari izchil davom etmoqda.

Ta’mirlash jarayonida transformator punktlarida bo‘yoqlash va montaj ishlari bajarilib, nosoz elektr jihozlari yangisiga almashtirilyapti.

Mazkur yangilanishlar tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash, avariyaviy uzilishlarning oldini olish va hududlarda elektr ta’minotining yanada barqaror bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

https://t.me/SamHETK
👍21🙏1
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 9-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida 331-, 265-transformator punktlarida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Mustaqillik, Farog‘at mahallalarida (mazkur transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda, SamDU fakulteti, malaka oshirish instituti) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
#9_aprel

⚡️Buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi

https://t.me/SamHETK
7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur
#690_yilligi

Bugun - yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi, sohibqiron Temur bobomiz tavallud topgan kun

https://t.me/SamHETK
👍2
⚡️MAHALLALARDA ELEKTR UZATISH TARMOQLAR YANGILANMAQDA

Ayni kunlarda Narpay tumanida ham elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, 809-transformator punkti tubdan ta’mirlanib, uning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Mazkur jarayon doirasida mahallalarda hududidagi transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanib, eskirgan qurilmalar o‘rniga zamonaviy, energiya tejamkor uskunalar o‘rnatilmoqda. Bu esa nafaqat elektr energiyasidagi uzilishlarning oldini olish, balki iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish darajasini oshirmoqda.

Olib borilayotgan ushbu keng qamrovli ishlar aholining kundalik hayotida qulaylik yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


https://t.me/SamHETK
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyuradi va Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев по случаю 690-летия со дня рождения Сахибкирана Амира Темура посетит сквер Амира Темура и ознакомится с ходом реконструкции Государственного музея истории Темуридов.

Facebook|
Instagram|X
1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 10-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Ohalik” podstansiyasining elektr tarmog‘ida (T-1 transformatorida) joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand tumanidagi "Onalik", "Farobiy", "Sifat-1", "Yodgor" fiderlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan Parrandachilik, Yuqori va quyi Ohalik (Ohaligi bolo, poyon) mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:10 dan 18:00 oralig‘ida 140-fiderning elektr uzatish tarmog‘ida kabel tortish ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand tumani, O‘zbekkenti mahallasi, Zarafshon massividagi namunali uylarda (1274-, 1274A-transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan iste'molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
#Yashil_energiya

📈2026-yil yanvar—mart oylarida “yashil” energiya ishlab chiqarish 40%ga oshdi

👨‍👩‍👧‍👦Joriy yilning yanvar—mart oylarida yurtimizdagi yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 2 mlrd 368,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 678,1 mln kVt⋅soat yoki 40 foizga ko‘p demakdir.

Xususan:
👨‍👩‍👧‍👦Quyosh FES tomonidan — 1 mlrd 159,6 mln kVt⋅soat;
🔌Shamol ES tomonidan — 1 mlrd 208,6 mln kVt⋅soat.

Buning natijasida:
⚡️631 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
🌳atmosferaga 1,3 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

2025-yil yanvar—mart oylarida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 1 mlrd 690,1 mln kVt⋅soat (quyosh — 971,8 mln, shamol — 718,4 mln kVt⋅soat) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

👨‍👩‍👧‍👦Mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 3,9 mln xonadonning 3 oylik yoki 986 ming xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.

https://t.me/SamHETK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur
#690_yilligi

Bugun — yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi, sohibqiron Temur bobomiz tavallud topgan kun.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 10-aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Zarmitan” podstansiyasining T-2 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Qo‘shrabot tumanidagi Zarkent, Zarmitan, Boyto‘p, Solpi mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.


https://t.me/SamHETK
2
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 10-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli "Mikrorayon" podstansiyasining elektr tarmog‘ida (T-1 transformatorida yog‘ oqishini bartaraf etish) joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Shodlik, Tojmahal, Qadriyat, Beshchinor, Semurg‘, Ilhom, Ilg‘or mahallalarida va mazkur tarmoqlar orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 10-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida 335-, 169-transformator punktlarida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Eski Qalandarxona, So‘zangaron mahallalarida (mazkur transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda, SamDU talabalar turar joyi) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 09:00 dan 14:00 ga qadar "Oqsoy" fiderining havo elektr uzatish tarmog‘ida tayanch ustunlari o‘rnatish (392-qaror asosida) ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Nurobod tumanidagi Mehnatkash, Oqsoy, Chortut mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK