⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.3K subscribers
29.7K photos
4.14K videos
46 files
18.6K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 14:00 dan 18:00 oralig‘ida 61-fiderning elektr uzatish tarmog‘iga yangi transformator punkti o‘rnatish ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand tumanidagi Xishrav, Yangiariq, Shodiobod (Chilquduq) mahallarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Iste'molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ta'minotini yanada yaxshilash maqsadida ertaga, 2-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali xodimlari tomonidan "Markaziy" podstansiyasidagi 6300 kVA kuch transformator (T-1) o‘rniga 10000 kVA kuch transformator o‘rnatish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Kamoliddin Behzod, (Amir Temur ko‘chasi), Said, Mir Said Baraka, Mingtut mahallalarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 2-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida 310-, 314-, 118-transformator punktlarida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Sayqal, Mustaqillik va Kimyogar mahallalarida (mazkur transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 2-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida 280-fiderning 10 kV havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Xo‘jasoat va Chilquduq mahallalarida (mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
1
⚡️HUDUDLARDA TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA

Urgut tumanida ham iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash ishlari muntazam olib borilmoqda.

Xususan, joriy yil uchun belgilangan rejaga asosan elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilyapti.

Ta’mirlash ishlari davomida transformator punktlarining estetik holatini yaxshilash, elektr uskunalarini yangilash, qayta montaj qilish, fazalararo yuklamani teng taqsimlash, moy sathini me'yor darajaga yetkazish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlashga hamda elektr energiyasining tarmoqlarda yo‘qolishining oldini olishga qaratilgan.

Ayni kunlarda boshqa hududlarda ham amaliy ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

68-fiderning elektr tarmog‘idagi tayanch ustuniga mashina tomonidan shikast yetkazilganligi sababli hozirda Samarqand shahridagi Darg‘om, Kamolot, Eski Anhor mahallalarida (mazkur fider orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigandagi iste’molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda soha xodimlari tomonidan ushbu holatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Tez orada holat bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

https://t.me/SamHETK
#Unutmang

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bor


1️⃣Qonunchilikka ko‘ra, isteʼmolchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

Tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘rilik yoki energiya resurslarini talon-taroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.


❗️ Hurmatli iste‘molchilar!

Elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

https://t.me/SamHETK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Elektr jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish muhimligini, aks holda yong‘in, elektr tokidan zararlanish va boshqa shu kabi noxush holatlar kelib chiqish xavfi mavjudligini eslatib o‘tmoqchimiz.

https://t.me/SamHETK
⚡️AHOLINI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA

Aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Oqdaryo tuman elektr ta'minoti tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud quvvatlarni barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha yuklamalarning oldini olish, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifatini yanada oshirish maqsadida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari ham izchil davom ettirilmoqda.

Soha xodimlari o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarib, aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz ta’minlash yo‘lida faoliyat olib bormoqda.

https://t.me/SamHETK
2
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 2-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Hamdam” fiderining 6 kV havo elektr uzatish tarmog‘ida travers o‘rnatish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand tumanidagi Motrid (aylana yo‘l atrofi), Zarafshon (namunali uylar) mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
2