⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.3K subscribers
29.7K photos
4.14K videos
46 files
18.6K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
Bularning barchasi tumanlarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, pirovardida viloyat iqtisodiyotini o‘stirishga xizmat qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan yili sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollar, ushbu sohadagi startap loyihalari uchun yana 100 million dollar berildi. Bu katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali hududlarni rivojlantirish bo‘yicha eng to‘g‘ri yechimlarni topish uchun yangi imkoniyat ekani ta’kidlandi.

Shularni hisobga olib, tumanlarning sanoat, servis, qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari, yer osti va yer usti zaxiralari, mehnat resursi, aholining biznes va kasbiy ko‘nikmasini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, mahallalarning imkoniyatlari asosida tumanni rivojlantirishning ichki modelini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Ushbu tahlillar asosida tuman hokimi, “mahalla yettiligi”, mahalla bankirlari resurslarni eng ko‘p ish o‘rni yaratadigan va budjetga tushumni ko‘paytiradigan loyihalarga yo‘naltiradi.

Bu tizim 1-mayga qadar Narpay va Termiz tumanlarida boshlanib, butun respublika uchun namuna qilinadi.

Facebook
|Instagram|X
Samarqand viloyati rahbariyati oldida kamida 9 foizli iqtisodiy o‘sish qilib, yalpi hududiy mahsulotni 144 trillion so‘mdan oshirish, 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etib, eksportni 1,2 milliard dollarga olib chiqish vazifasi turgani qayd etildi.

100 ming aholini doimiy ishli qilish, 31 ming oilani kambag‘allikdan chiqarib, viloyatni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Narpay tumanida 240 mingdan ziyod aholi yashaydi. Ishsizlik 4,9 foizni, kambag‘allik darajasi esa 5 foizni tashkil qilmoqda. Narpay sanoat bo‘yicha viloyatda 9-o‘rinda, qishloq xo‘jaligi va servis sohasida 11-o‘rinda turadi.

Bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun Narpayga reja qilingan 150 milliard so‘mga qo‘shimcha yana 100 milliard so‘m beriladi. Kichik va o‘rta biznes uchun 360 milliard so‘m resurs ajratiladi.

Facebook
|Instagram|X
Viloyatdagi magistral yo‘llarning 34 kilometri Narpaydan o‘tgani savdo va servisni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat ekani ta’kidlandi. Lekin yo‘l bo‘ylarida 10-15 ta kichik servis shoxobchasidan boshqa odamlarni jalb qiladigan birorta joy yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Mirbozor chorrahasidan kuniga 60 ming transport o‘tadi. Lekin bu yerdagi yo‘l tor bo‘lgani uchun 2 kilometrgacha tirbandlik yuzaga kelmoqda.

Qurilish uchun xomashyo zaxiralarining to‘rtdan biri Narpayda joylashgan bo‘lsa-da, qurilish materiali bo‘yicha birorta yirik korxona yo‘qligi qayd etildi.

Tuman sanoatining viloyatdagi ulushi 2 foiz. Hududidan 36 kilometr temir yo‘l o‘tgan, 21 gektarli kichik sanoat zonalari bo‘lgan tumanga bu ko‘rsatkichlar yarashmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Samarqanddagi suvli yerlarning qariyb 10 foizi ushbu tumanga to‘g‘ri keladi. Biroq Narpay viloyatdagi qishloq xo‘jaligining 5 foizini ham bermaydi.

Tuman mutasaddilariga shu va boshqa muammoli masalalarni hal qilish yo‘llari ko‘rsatib berildi.

Facebook
|Instagram|X
1
Narpay tumanida 100 gektarda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat zonasi tashkil qilinishi e’lon qilindi. U yerda joriy yilning o‘zida 300 million dollarlik loyihalar boshlanadi.

Mutasaddilarga sun’iy intellekt yordamida har bir mahalla imkoniyatini “diagnostika” qilish, “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, tumanni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, daromadni ko‘paytirish bo‘yicha Narpay tajribasini yaratish topshirildi.

Shuningdek, Narpay qulupnaychilik maktabi tashkil etilib, tumandagi 25 ta mahalla qulupnaychilikka ixtisoslashtiriladi.

Facebook
|Instagram|X
Prezidentimiz Qo‘shrabot tumaniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tumanning tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash uchun 60 milliard so‘m ajratilmoqda.

“Oqtepa” hududidagi 5 ta mahallada 3 ming xonadon uzum yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, “Oqchopsoy” hududida o‘rmon fondidagi 700 gektar yer bo‘sh turibdi.

Tuman rahbarlariga ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, joriy yilda 300 gektarda “in-vitro” uzumzor, 800 gektarda intensiv tokzor tashkil etish, 3,5 ming gektar uzumzorni shpalerga o‘tkazish, 18 ta mahalla aholisini uzumchilikka o‘rgatish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi imkoniyatlar ko‘rib chiqilar ekan, tumanning infratuzilma bor joylaridagi 12 ta traktor parkini 8 gektar yeri bo‘sh turgani, “Bo‘ston-1” nasos stansiyasi ta’mirlansa, 1 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanishi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, hokimlik zaxirasidagi 830 gektar paxta va g‘alla yeri 3-4 oydan beri auksionda turgani, bu yerlarni odamlarga qulay shartlarda taklif qilish mumkinligi qayd etildi.

Facebook
|Instagram|X
Umuman, Narpay, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi tumanlari, Kattaqo‘rg‘on shahrining viloyat sanoatidagi jami ulushi bor-yo‘g‘i 10 foizni tashkil qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Ularda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha dastur qilinib, 1 trillion 200 milliard so‘m ajratiladi. Bu mablag‘larning 800 milliard so‘mi sanoat loyihalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlashga, qolgan 400 milliard so‘mi yo‘l, suv, elektr ta’minotini yaxshilash, servis va renovatsiya loyihalariga yo‘naltiriladi.

Ushbu mablag‘ doirasida Kattaqo‘rg‘on shahridan 40 kilometr masofadagi Ingichka shaharchasiga sanoat va “Yangi O‘zbekiston” qiyofasi kiradi. Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on shahri markazidagi Narpay kanalidan o‘tgan, 60 yil oldin qurilgan ko‘prik ham rekonstruksiya qilinadi.

Joriy yil Samarqand viloyatiga 500 ta elektrobus olib kelish choralarini ko‘rish topshirildi.

Umuman, Narpay, Paxtachi, Payariq, Qo‘shrabot, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrida sanoat va servisni rivojlantirish, yangicha qiyofa olib kirish vazifasi qo‘yildi.

Facebook
|Instagram|X
“Ko‘rib turibsizlar, dunyodagi notinchliklar tufayli logistika zanjirlarining uzilishi, neft narxi va transport xarajatining oshishi oziq-ovqat narxlariga ta’sir qilishi tabiiy.

Shu bilan birga, 100 millionga yaqin turist sayohat uchun tinch va xavfsiz mamlakatlarni qidirmoqda.

Bu sharoitda oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, turizm va servisdagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish hokimlarning asosiy vazifasi bo‘lishi kerak”
,

– dedi Prezidentimiz.

Bu boradagi vazifalar belgilab berildi.

Viloyatdagi 250 ming gektar yaylov uzoq yillar foydalanib kelgan chorvadorlarni o‘ziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berildi. Viloyatda yana 52 ming gektar yerdan foydalanayotgan 150 nafar chorvador, 1 ming boshdan naslli qo‘y-echki boqish istagini bildirgan yuzlab tadbirkorlar bor.

Shu bois, yaylov yerlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish muddati yana bir yilga uzaytirilishi belgilandi. Endilikda yaylov ijarasidan tushgan mablag‘ to‘lig‘icha yaylov xo‘jaliklarining o‘zida qoladi.

Facebook
|Instagram|X
1
Aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga o‘rgangan. Lekin chorvani o‘tlatadigan joy kamayib ketayotgani qayd etildi.

Shu bois, viloyatning 4 ta tumanida jami 43 ming gektarda jamoat yaylovlari tashkil etiladi va mahallalarga 30 yilga bepul ijaraga beriladi.

Yaylovlarda quduq qazib, suv chiqarish, urug‘ ekish va degradatsiyadan chiqarish xarajatlariga 50 milliard so‘m ajratish topshirildi.

Chorva naslchiligi uchun laboratoriya uskunasi va naslli qoramol sotib olishga 10 yilga 12 foizli kredit beriladi.

Samarqand azal-azaldan parrandachilik bo‘yicha yetakchi hududlardan hisoblanadi. Endi parranda genetikasi maktabini yaratish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish kerakligi ta’kidlandi.

Bu borada Bulung‘ur tumanida 50 million dollarlik go‘sht yo‘nalishidagi naslchilik korxonasi ishga tushiriladi. Qo‘shrabotda 20 million dollarlik tuxum yo‘nalishidagi naslchilik korxonasining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Facebook
|Instagram|X
1👍1
Samarqandlik tadbirkorlar intensiv baliq yetishtirib, hosildorlikni 4-5 karra oshirish uchun panel o‘rnatish xarajatini qisman qoplash va kafolatli suv bilan ta’minlashni so‘ragan.

Bu taklif qo‘llab-quvvatlanib, joriy yil 1-maydan boshlab quyosh panellari uchun 16 foizli kredit ajratilishi belgilandi. Panelni o‘z mablag‘idan o‘rnatganlarga 25 foiz xarajati qoplab beriladi.

O‘tgan yili respublikada 88 ming gektarda kartoshka yetishtirishga 400 milliard so‘m berilgan. Lekin joylarda ish to‘g‘ri tashkil qilinmagani uchun 48 ming gektarda kartoshka ekilmasdan qolgan. Berilgan mablag‘ning 25 foizi ishlatildi, xolos.

Joriy yilda 135 ming gektar, xususan, Samarqandda 22 ming gektarda kartoshka ekish reja qilingan. Mutasaddilar bu yil rejadagi har bir qarich yerga kartoshka o‘z vaqtida ekilishi shartligi haqida ogohlantirildi.

Jumladan, Misrdan 250 ming dona kartoshka mini tuganagi olib kelinib, Bulung‘ur tumanida ko‘paytirish boshlanadi. Gollandiyadan 6 ming tonna urug‘lik kartoshka olib kelinib, fermerlarga ustamasiz yetkazib beriladi.

Shu o‘rinda Oqdaryo tumanida 10 million dona kartoshka mini tuganaklari chiqarish quvvatiga ega in-vitro laboratoriyasi ishga tushgani ta’kidlandi. U yerda tayyorlangan 40 ming tonna super elita urug‘ini dehqonlarga bepul tarqatish topshirildi.

Facebook
|Instagram|X
1
Prezidentimiz turizm sohasidagi vazifalarni belgilab berdi.

Xalqaro turizm bozoridagi noaniqlik holatida O‘zbekistonni xavfsiz turistik yo‘nalish sifatida targ‘ib qilish bo‘yicha katta kampaniya boshlanishi ta’kidlandi.

Bu jarayonda turizm uchun eng qulay davr bo‘lgan aprel-iyun oylari bo‘yicha alohida dastur tayyorlanib, “O‘zbekistonda ochiq turizm mavsumi” e’lon qilinadi.

Ushbu muddat davomida aviakompaniyalarga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yib, olib kelingan har bir xorijiy sayyoh uchun 100 dollardan subsidiya beriladi.

Bunday aviakompaniyalarga aeroport xizmatlari uchun 20 foiz chegirma taqdim qilinadi.

Facebook
|Instagram|X
Yig‘ilishda mahalliy turoperatorlar uchun ham yangiliklar e’lon qilindi.

Xususan, 1-apreldan boshlab turoperatorlarga uch oy davomida jalb qilingan 1 ming xorijiy turist uchun budjetdan 5 ming dollargacha subsidiya beriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi “keshbek” sifatida qaytariladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvchisi bo‘lgan 50 ta xorijiy blogerga O‘zbekistonga kelishi uchun yetti kunlik bepul turpaket taqdim etiladi.

Dunyodagi eng yirik onlayn sayyohlik platformalarida O‘zbekistonga sayohat targ‘iboti bilan bog‘liq xarajatlar ham qoplab beriladi.

Facebook
|Instagram|X
1
Joriy yilning o‘zida dunyoga mashhur bo‘lgan kamida 5 ta san’atkorning gastrolini, shuningdek, 10 ta biznes forumi va moda festivalini Samarqandda o‘tkazish muhim ekani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Samarqandni aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha olimpiada, forum va ilmiy konferensiyalar o‘tkazadigan xabga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, 2028-yilda Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressida hozirning o‘zida yuzdan ortiq davlatdan 10 mingga yaqin odam ishtirok etish istagini bildirgan.

Mutasaddilarga mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tashkilotlar bilan ishlab, maxsus dastur ishlab chiqish topshirildi.

Bu imkoniyatlar hisobiga Samarqandga yil yakunigacha 6 million turist olib kelish maqsadi belgilab olindi.

Facebook
|Instagram|X
1
Prezidentimiz so‘zining yakunida yana bir muhim masalaga to‘xtaldi.

Shu haftada muborak Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami keng nishonlanadi.

Viloyat rahbariyatiga har bir mahalla, ko‘cha va jamoat joylarida obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalar, nuroniylar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bozorlar va yirik savdo markazlarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkasini tashkil qilish, umuman, odamlar bayramni ko‘tarinki kayfiyatda, tinch va osoyishta muhitda qarshi olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish topshirildi.

Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun Samarqand ahlini muborak ayyomlar bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, kelgusi ishlarida kuch-quvvat tiladi.

Yig‘ilishda viloyat va tuman hokimlari, boshqa mutasaddilarning hisobotlari tinglandi, Samarqand ahli bilan muloqot qilindi.

Facebook
|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Определены приоритетные задачи по социально-экономическому развитию Самаркандской области.

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#11_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda.

Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.

https://t.me/SamHETK
⚡️BIR LAHZA BEPARVOLIKNING BAHOSI

Hayot — insonga berilgan eng ulug‘ ne’mat. Ammo ba’zan uning qadrini anglash uchun birgina xatolik kifoya qiladi. Ayniqsa, yuqori xavfli ish joylarida mehnat qilayotganlar uchun har bir daqiqa, har bir harakat muhim.

Xususan, elektr uzatish tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan elektromontyorlar kundalik ravishda katta xavf-xatar bilan yuzma-yuz keladilar. Ularning ish joyi — baland ustunlar, kuchlanishli simlar va ko‘zga ko‘rinmas, ammo o‘ta xatarli elektr tokidir. Shu boisdan ham texnika xavfsizligi qoidalari bu sohada shunchaki talab emas, balki hayot-mamot masalasidir.

Ta’kidlash lozimki, baxtsiz hodisalarning aksariyati aynan inson omili — ya’ni, shoshqaloqlik, e’tiborsizlik yoki belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘ladi. Himoya vositalaridan foydalanmaslik, ishni tekshiruvsiz boshlash yoki xavfsizlik yo‘riqnomalarini e’tiborsiz qoldirish — bularning barchasi qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shu sababli “Seni uyda o‘z oilang va farzandlaring kutyapti” degan ogohlantiruvchi fikr har bir xodimning qalbida doimo yangrab turishi lozim. Zero, har bir ehtiyot chorasi — bu o‘z hayotingni, oilangni va kelajagingni asrash demakdir.

Shu munosabat bilan barcha elektr tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarga ishni boshlashdan oldin barcha xavfsizlik choralarini tekshirishini, maxsus himoya vositalaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni, yo‘riqnomalar va belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish va hech qachon “menga hech narsa bo‘lmaydi” degan xato fikrga berilmasligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Hayot bir marta beriladi. Uni ehtiyot qilish esa har kimning o‘z qo‘lida. Texnika xavfsizligi — bu qoidalar to‘plami emas, balki hayotni saqlab qoluvchi qalqondir.


https://t.me/SamHETK
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh

Комментарий к Указу Президента Республики Узбекистан «О помиловании группы лиц, отбывающих срок наказания, чистосердечно раскаявшихся в содеянном и твердо вставших на путь исправления»

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
#Yoshlar_uchrashuv

Ayni daqiqalarda Energetika vazirining Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan soha yoshlari bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.


https://t.me/SamHETK
2