⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.3K subscribers
29.7K photos
4.14K videos
46 files
18.6K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Narpay tumanida joylashgan “Maroqand sifat” klasteri tizimida chiqindisiz texnologiya asosida ish olib borayotgan korxona faoliyati bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью расположенного в Нарпайском районе предприятия в составе кластера «Мароканд сифат», которое работает по безотходному принципу.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Narpay tumanida tikuv korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Президент нашей страны ознакомился с деятельностью швейного цеха в Нарпайском районе.

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
4
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida hududda yirik loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlashga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.

В рамках поездки в Самаркандскую область Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии, посвященной запуску в регионе крупных проектов и началу строительства новых.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.

So‘zining avvalida davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni kirib kelayotgan muborak Ramazon hayiti hamda qutlug‘ ayyom – Navro‘zi olam bilan chin yurakdan tabrikladi

Samarqandga oxirgi tashrifdan so‘ng o‘tgan to‘rt oy ichida mamlakatimiz hayotida katta o‘zgarishlar ro‘y bergani ta’kidlandi.

Shu haftaning o‘zida Olmaliq shahrida 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi, poytaxtimizda nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning ma’naviy xazinasi bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markazi ochildi.

Ertaga Payariq tumanida buyuk hadisshunos ajdodimiz Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilish marosimi o‘tkaziladi.

“Aminmanki, bu muazzam ziyoratgoh xalqimiz bilan bir qatorda millionlab xorijiy turistlar tashrif buyuradigan tabarruk maskanga aylanadi”,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook
|Instagram|X
2
“Biz Vatanimiz kuch-qudratini oshirish, har bir oila va har bir insonning hayotini yaxshilash bo‘yicha yanada katta marralarni olganmiz. Bugun hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim.

Ayni paytda shuni yaxshi anglashimiz kerak, endi kechagi harakat bugunga, bugungisi esa ertangi kun talabiga kamlik qiladi. Shu bois, belgilab olgan marralarga erishish uchun yanada samarali harakat qilishimiz zarur”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

Samarqand ishsizlik, kambag‘allik, investitsiya, eksport masalalari, umuman, barcha sohada namunaviy viloyat bo‘lishi shartligi qayd etildi.

Viloyatda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 100 million dollar, Urgut tumanining o‘ziga yana 50 million dollar ajratildi. Umuman, viloyatga barcha manbalar hisobidan 11 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda. Tadbirkorlarga kredit uchun yana 18 trillion so‘m resurs berilmoqda.

Hajmi jihatidan bu miqdordagi mablag‘ har qachongidan ko’ra ko’proq ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook
|Instagram|X
1
Bularning barchasi tumanlarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, pirovardida viloyat iqtisodiyotini o‘stirishga xizmat qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan yili sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollar, ushbu sohadagi startap loyihalari uchun yana 100 million dollar berildi. Bu katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali hududlarni rivojlantirish bo‘yicha eng to‘g‘ri yechimlarni topish uchun yangi imkoniyat ekani ta’kidlandi.

Shularni hisobga olib, tumanlarning sanoat, servis, qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari, yer osti va yer usti zaxiralari, mehnat resursi, aholining biznes va kasbiy ko‘nikmasini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, mahallalarning imkoniyatlari asosida tumanni rivojlantirishning ichki modelini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Ushbu tahlillar asosida tuman hokimi, “mahalla yettiligi”, mahalla bankirlari resurslarni eng ko‘p ish o‘rni yaratadigan va budjetga tushumni ko‘paytiradigan loyihalarga yo‘naltiradi.

Bu tizim 1-mayga qadar Narpay va Termiz tumanlarida boshlanib, butun respublika uchun namuna qilinadi.

Facebook
|Instagram|X
Samarqand viloyati rahbariyati oldida kamida 9 foizli iqtisodiy o‘sish qilib, yalpi hududiy mahsulotni 144 trillion so‘mdan oshirish, 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etib, eksportni 1,2 milliard dollarga olib chiqish vazifasi turgani qayd etildi.

100 ming aholini doimiy ishli qilish, 31 ming oilani kambag‘allikdan chiqarib, viloyatni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Narpay tumanida 240 mingdan ziyod aholi yashaydi. Ishsizlik 4,9 foizni, kambag‘allik darajasi esa 5 foizni tashkil qilmoqda. Narpay sanoat bo‘yicha viloyatda 9-o‘rinda, qishloq xo‘jaligi va servis sohasida 11-o‘rinda turadi.

Bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun Narpayga reja qilingan 150 milliard so‘mga qo‘shimcha yana 100 milliard so‘m beriladi. Kichik va o‘rta biznes uchun 360 milliard so‘m resurs ajratiladi.

Facebook
|Instagram|X
Viloyatdagi magistral yo‘llarning 34 kilometri Narpaydan o‘tgani savdo va servisni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat ekani ta’kidlandi. Lekin yo‘l bo‘ylarida 10-15 ta kichik servis shoxobchasidan boshqa odamlarni jalb qiladigan birorta joy yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Mirbozor chorrahasidan kuniga 60 ming transport o‘tadi. Lekin bu yerdagi yo‘l tor bo‘lgani uchun 2 kilometrgacha tirbandlik yuzaga kelmoqda.

Qurilish uchun xomashyo zaxiralarining to‘rtdan biri Narpayda joylashgan bo‘lsa-da, qurilish materiali bo‘yicha birorta yirik korxona yo‘qligi qayd etildi.

Tuman sanoatining viloyatdagi ulushi 2 foiz. Hududidan 36 kilometr temir yo‘l o‘tgan, 21 gektarli kichik sanoat zonalari bo‘lgan tumanga bu ko‘rsatkichlar yarashmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Samarqanddagi suvli yerlarning qariyb 10 foizi ushbu tumanga to‘g‘ri keladi. Biroq Narpay viloyatdagi qishloq xo‘jaligining 5 foizini ham bermaydi.

Tuman mutasaddilariga shu va boshqa muammoli masalalarni hal qilish yo‘llari ko‘rsatib berildi.

Facebook
|Instagram|X
1