⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.3K subscribers
29.2K photos
4.07K videos
46 files
18.1K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Download Telegram
#Umumxalq_hashari

⚡️ Oqdaryo tuman elektr ta’minotida ham obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.


Xususan, ishchi-xodimlar tomonidan bino atroflari supurib-sidirildi, chang g‘uborlardan tozalandi, hududdagi daraxtlar oqlandi.

Shuningdek, joylarda yashil makonlar tashkil etish maqsadida olib borilayotgan ezgu ishlarda ham soha xodimlari faol ishtirok etmoqda.

https://t.me/SamHETK
1👍1
#Yashil_energiya

O‘zbekiston energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi bo‘yicha navbatdagi rekord darajadagi samaradorlik kuzatildi.

Xususan, bugun, soat 11:00 holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami elektr energiyasi iste’moli 9 900 MVtni tashkil etdi. Ushbu iste’molning 4 300 MVti yoki 43 foizi aynan “yashil” energiya manbalari hisobidan ta’minlandi.

Iste’mol tarkibidagi “yashil” quvvatlar:
👨‍👩‍👧‍👦Quyosh fotoelektr stansiyalari 3 100 MVt;
🔌 Shamol elektr stansiyalari — 660 MVt;
👨‍👩‍👧‍👦 Gidroelektr stansiyalar — 540 MVt.

Ta’kidlash joizki, yurtimizda ishga tushirilgan yirik quyosh fotoelektr stansiyalarining (15 ta) umumiy quvvati 3 930 MVtni tashkil etadi. Yomg‘ir va qordan keyingi salqin ob-havo quyosh panellarining samaradorligini maksimal darajaga (qariyb 79 foizga) oshirmoqda.

Bu ko‘rsatkichlar sohadagi islohotlar nafaqat ekologik tozalikni ta’minlayotganini, balki tizim barqarorligining asosiy omiliga aylanayotganini ko‘rsatyapti.

https://t.me/SamHETK
#Xayriya_hashari

🌱Bugun, butun mamlakatimizdagi bo‘lgani kabi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali ishchi-xodimlari ham erta tongdan o‘z tashabbuslari bilan umumxalq hashariga chiqdilar.

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur umumxalq hasharida xodimlar korxona ichki hududi va uning atrofidagi maydonlarni, bog‘lar, yo‘laklarni tartibga keltirishmoqda.

Shuningdek, hududni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni parvarishlash kabi ishlarini bajarmoqdalar.

Hasharchilar tomonidan tevarak-atrofni tozalash va estetik ko‘rinishga keltirish, daraxtlarni oqlash kabi ishlar ham qilinmoqda.
Umumxalq hashari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

https://t.me/SamHETK
#Hashar_2026

⚡️Hashar – hududlarni yanada obod bo‘lishida alohida ahamiyat kasb etishi bilan birga, odamlarda hamjihatlik, ahillik kabi fazilatlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

“Ro‘za hayiti” hamda Navro‘z umumxalq bayrami oldidan bugun hududlarda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

Nurobod tuman elektr ta’minoti xodimlari ham ushbu umumxalq hasharida faollik ko‘rsatishib, obodonlashtirish ishlarini davom ettirishmoqda.

Mazkur jarayonda chor atrofni obodonlashtirish, daraxtlarga shakl berish va oqlash ishlari olib borilmoqda. Manzarali hamda mevali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

https://t.me/SamHETK
#Xayriya_hashari

🌱 “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialida uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Hashar jarayonida ishchi-xodimlar tomonidan korxona hududlari obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

https://t.me/SamHETK