⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.3K subscribers
29.8K photos
4.15K videos
46 files
18.6K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
O‘tgan yili Xalq qabulxonalariga hokimlarning o‘zi rahbar qilib tayinlangandi.

Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryoda rahbarlarning o‘zi shug‘ullangani uchun hududidagi murojaatlar 25-30 foizga kamaygani, aholi ko‘targan masalalarning 60-70 foizi ijobiy hal bo‘layotgani ta’kidlandi. Lekin qolgan hokimlar va ayrim vazirlar hali bu borada keskin o‘zgarish qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Toshkent shahrida 170 ming va Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.

Misol uchun, fuqaro yanvar oyida maktab o‘quvchisi Sergelidan oqib o‘tadigan “Junariq” kanaliga tushib ketganini aytib, buzilgan ko‘prikni qayta tiklashni so‘ragan. Bu masalaga ikki oy davomida birorta mas’ul e’tibor qaratmagan, murojaatga yuzaki javob berilgan.

Holat ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina mablag‘ ham topilgan, ko‘prik ham qurilgan. Murojaatlar bilan ishlashdagi bunday kamchiliklar odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlarning katta qismi Ichki ishlar (148 ming), Majburiy ijro byurosi (134 ming), Energetika (88 ming), Bandlik (60 ming) va Sog‘liqni saqlash vazirligiga (56 ming) tegishli ekani qayd etildi.

Facebook
|Instagram|X
2
O‘tgan yili aliment bilan bog‘liq 70 ming murojaat kelib tushgan.

Majburiy ijro byurosi aliment bo‘yicha ariza tushsa, undirib berayotgani, lekin aliment to‘lovchining rasmiy daromadi bo‘lmagani uchun murojaatlarning 30 foizi hal qilinmasdan qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bu borada hokimlar aliment to‘lovchilarning qanchasining kasbi bor, lekin ishsiz, qanchasini o‘qitish kerakligini tahlil qilmayotgani, shundan kelib chiqib, bandlik bo‘limi va “mahalla yettiligi” oldiga aniq masala qo‘ymayotgani tanqid qilindi.

Hududlarda ishlarni shu tartibda tashkil qilsa, aliment bo‘yicha murojaatlar 2 karra kamayishi mumkinligi qayd etildi.

Tashkiliy migratsiya asosida odamlarni o‘qitib, chet eldagi yuqori daromadli ishlarga yuborish bo‘yicha tizim yaratildi. Lekin aliment majburiyati bo‘lgan odamlar bu imkoniyatdan foydalana olmayapti, chunki fuqaro chetga chiqishi uchun 5 yillik aliment pulini oldindan to‘lashi yoki aliment oluvchidan yozma rozilik olishi kerak.

Mutasaddilarga bu masalani chuqur o‘rganib, tegishli taklif kiritish topshirildi.

Facebook
|Instagram|X
Yig‘ilishda qayd etilganidek, turli sabablar bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olmagan bolalarga bunday hujjatni rasmiylashtirishdagi byurokratiya haqida 448 nafar odam murojaat qilgan.

"Bu bolasini bog‘cha va maktabga joylashtirishda guvohnoma so‘ralgani uchun majbur bo‘lib murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qancha?”

– deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.

Adliya vazirligiga ushbu masalaga sodda yechim ishlab chiqish topshirildi.

O‘tgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘pligi qayd etildi.

Tizim mas’ullari har 1 ming kishiga nisbatan eng ko‘p ariza tushayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Chirchiq shaharlariga borib, aholining muammolarini eshitishi, profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook
|Instagram|X
Energetika, yo‘l, suv infratuzilmasi bo‘yicha 2025-yilda yo‘llangan murojaatlar 109 mingdan oshgan.

Ayniqsa, Asaka, Shahrixon, Izboskan, Pastdarg‘om, Sho‘rchi, Denov, G‘uzor, Qamashi, Dehqonobod, Sharof Rashidov tumanlari, Samarqand, Namangan, Termiz, Qarshi va Andijon shaharlarida infratuzilma bo‘yicha murojaatlar ko‘paygan.

Joriy yil ushbu masalalarni hal qilish bo‘yicha 20 trillion so‘m berilgan. Hokimlar mazkur mablag‘larni, birinchi navbatda, eng ko‘p shikoyat tushayotgan mahallalarga yo‘naltirsa, odamlar ham rozi bo‘lishi, murojaat ham qisqarishi qayd etildi.

Mahalla aholisining og‘irini yengil qilishda “Tashabbusli budjet” dasturi katta samara berayotgani ta’kidlandi.

Lekin infratuzilma masalasida 25 mingta ariza kelib tushgan 2 mingta mahalla biror marta “Tashabbusli budjet”da loyiha joylashtirmagan.

Mutasaddilarga Xalq qabulxonasiga kelgan murojaatlarni tahlil qilib, mazkur mahallalarga loyiha qilishga ko‘maklashganida edi, bu orqali ko‘plab masalalar joyida hal qilish mumkin bo‘lgani ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook
|Instagram|X
1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi murojaatlarning 64 foiziga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 61 foiziga, Transport vazirligi 58 foiziga yechim berish o‘rniga yuzaki javob berish bilan cheklangani, umuman, bunday misollar barcha vazirliklarda borligi qayd etildi.

Xalq qabulxonalari yangi ochilganida murojaatlarning 90-95 foizi shikoyat shaklida bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib, 60-65 foizga tushdi.

“Bugun odamlarning dunyoqarashi o‘zgarib, shaxsiy masalada emas, mahallasidagi sharoitni yaxshilash yuzasidan taklif berishni afzal ko‘ryapti. Lekin muammosi hal bo‘lmagan odamlar rahbarlar qabulini tashkil qilib berishni Prezidentdan so‘rayapti.

Endi bu tizim o‘zgaradi. Hokimlar arizada ko‘tarilgan masalani hal qilishning o‘zi bilan cheklanmaydi. Aksincha, muammoning kelib chiqish sababi bilan ishlashi kerak
,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, sohada yangi tizim joriy qilinib, Xalq qabulxonalari faqatgina ariza qabul qiluvchi organ emas, balki hududdagi muammolarni diagnostika qiladigan markaz bo‘lishi belgilandi.

Facebook
|Instagram|X
#Umumxalq_xayriya_hashari

🌱 “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Urgut tuman elektr ta’minoti korxonasida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Hashar jarayonida korxona ishchi-xodimlari faol ishtirok etib, tashkilot hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tartibga keltirishga alohida e’tibor qaratdilar. Hududdagi daraxtlar oqlanib, ularga shakl berildi.

https://t.me/SamHETK
Prezidentimiz Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilab berdi.

Prezident Administratsiyasiga hokimlar bilan birgalikda Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tushunadigan zamonaviy kadrlarni jamlash, murojaatlarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha alohida nazorat guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti har oyda Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilib, umumlashtiradi, vazirlar va hokimlarga yetkazib, ijrosini nazorat qiladi. Odamlar kayfiyatiga ta’sir qilayotgan masalalar bo‘yicha rahbarlar hisobotini eshitib boradi, eng muammoli masalalar bo‘yicha takliflarni Hukumatga kiritadi.

Hukumatda vazirlik va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat Tezkor shtab tuziladi. Ko‘tarilgan masalalar hudud va tarmoqlar kesimida joyiga chiqqan holda hal qilinadi.

Xalq qabulxonalariga murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini buzgan idoralarga majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish vakolati beriladi.

Kommunikatsiyalar departamentiga murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha davlat idoralari reytingini yo‘lga qo‘yish va har olti oyda e’lon qilib borish topshirildi.

Bosh prokurorning komplayens bo‘yicha o‘rinbosari oldiga bu boradagi barcha topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish vazifasi qo‘yildi.

Facebook
|Instagram|X
Prezidentimiz bugun ijtimoiy-sotsiologik tadqiqot natijalari davlat siyosati va islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishi kerakligini ta’kidladi. Shu bois, sotsiologiya fan sifatida qayta tiklandi, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar ko‘lami va sifati oshiriladi.

Endilikda bir martalik so‘rovlar emas, balki qayerda ishonch ortayotgani, qayerda zaiflashgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani bo‘yicha doimiy ravishda monitoring va tahlillar o‘tkaziladi.

Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini ishlab chiqib, tahlillar asosida reytingni shakllantirish va muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish topshirildi.

Ijro intizomi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Berilgan har bir topshiriqning real ijro holati bo‘yicha kundalik nazorat o‘rnatish, mas’uliyatni his qilmagan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar bo‘yicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Facebook
|Instagram|X
🌿 “Umumxalq xayriya hasharida Qo‘shrabot tuman elektr ta'minoti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar jarayonida tashkilot hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunday ezgu tadbirlar hududlar obodligi, toza va ozoda muhitni ta’minlash bilan birga, jamoada hamjihatlik va birdamlikni yanada mustahkamlaydi.

https://t.me/SamHETK
1
#Umumxalq_hashari

⚡️ Oqdaryo tuman elektr ta’minotida ham obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.


Xususan, ishchi-xodimlar tomonidan bino atroflari supurib-sidirildi, chang g‘uborlardan tozalandi, hududdagi daraxtlar oqlandi.

Shuningdek, joylarda yashil makonlar tashkil etish maqsadida olib borilayotgan ezgu ishlarda ham soha xodimlari faol ishtirok etmoqda.

https://t.me/SamHETK
1👍1
#Yashil_energiya

O‘zbekiston energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi bo‘yicha navbatdagi rekord darajadagi samaradorlik kuzatildi.

Xususan, bugun, soat 11:00 holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami elektr energiyasi iste’moli 9 900 MVtni tashkil etdi. Ushbu iste’molning 4 300 MVti yoki 43 foizi aynan “yashil” energiya manbalari hisobidan ta’minlandi.

Iste’mol tarkibidagi “yashil” quvvatlar:
👨‍👩‍👧‍👦Quyosh fotoelektr stansiyalari 3 100 MVt;
🔌 Shamol elektr stansiyalari — 660 MVt;
👨‍👩‍👧‍👦 Gidroelektr stansiyalar — 540 MVt.

Ta’kidlash joizki, yurtimizda ishga tushirilgan yirik quyosh fotoelektr stansiyalarining (15 ta) umumiy quvvati 3 930 MVtni tashkil etadi. Yomg‘ir va qordan keyingi salqin ob-havo quyosh panellarining samaradorligini maksimal darajaga (qariyb 79 foizga) oshirmoqda.

Bu ko‘rsatkichlar sohadagi islohotlar nafaqat ekologik tozalikni ta’minlayotganini, balki tizim barqarorligining asosiy omiliga aylanayotganini ko‘rsatyapti.

https://t.me/SamHETK
#Xayriya_hashari

🌱Bugun, butun mamlakatimizdagi bo‘lgani kabi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali ishchi-xodimlari ham erta tongdan o‘z tashabbuslari bilan umumxalq hashariga chiqdilar.

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur umumxalq hasharida xodimlar korxona ichki hududi va uning atrofidagi maydonlarni, bog‘lar, yo‘laklarni tartibga keltirishmoqda.

Shuningdek, hududni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni parvarishlash kabi ishlarini bajarmoqdalar.

Hasharchilar tomonidan tevarak-atrofni tozalash va estetik ko‘rinishga keltirish, daraxtlarni oqlash kabi ishlar ham qilinmoqda.
Umumxalq hashari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

https://t.me/SamHETK
1