⚡️HASHAR – OBODLIK VA HAMJIHATLIK TIMSOLI
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Filial xodimlari korxona hududi va unga tutash maydonlarda obodonlashtirish, tozalash hamda yashil hududlarni parvarishlash ishlarini amalga oshirib, yurtimiz obodligi yo‘lida munosib hissa qo‘shmoqda.
Hashar esa xalqimizning qadimiy qadriyatlaridan biri sifatida hamjihatlik va birdamlikni yanada mustahkamlamoqda.
✅ https://t.me/SamHETK

👍4👀1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Bugun soat 12:30 dan 14:00 oralig‘ida elektr tarmog‘ida aniqlangan nuqsonni bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli (374-fider) Samarqand shahridagi Movarounnahr, Do‘stlik, Pastdarg‘om tumanidagi Chortut mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Bugun soat 13:00 dan 17:00 ga qadar “Ravonak” fiderining 1-4-tayanchlari oralig‘idagi simlarni almashtirish ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand tumanidagi Ravonak, Navobod, Qo‘shmachit, Ko‘lba, Diyor, Sho‘rboyi, Sho‘rboyicha mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

❤1👍1
#Energiya_tejamkorlik
⚡️Energiya resurslaridan oqilona foydalanish — bu faqat soha vazifasi emas, balki barchamizning masʼuliyatimiz. Shu maqsadda energiyadan oqilona foydalanish, samaradorlikni oshirish va tejamkorlik madaniyatini aholi hamda korxonalar hayotiga keng joriy etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
2025-yilda energiya tejamkorlik va samaradorlik choralari natijasida:
– 2,7 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi,
– 2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaldi.
Shu bilan birga, 2026-yilda soha va tarmoqlarda energiya resurslaridan samarali foydalanishni yana-da kengaytirish maqsadida:
– 4,3 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi,
– 2,8 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash rejalashtirilgan.
Bu chora-tadbirlar energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligini oshirish hamda mamlakatimiz energetika tizimining barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

❤2
#Umumxalq_xayriya_hashari
🌱Urgut tumanidagi Dehqonobod elektr ta’minotida ham “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Hashar jarayonida ishchi-xodimlar tomonidan korxona hududi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar hududlarni yanada go‘zal, yurtimizni esa obod va fayzli qilishga xizmat qiladi.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам вывода системы работы с обращениями населения на новый уровень и углубленного анализа общественного мнения.
Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yurtimiz nufusi 38 milliondan, mehnatga layoqatli aholi 20 milliondan oshdi, so‘nggi to‘qqiz yilda aholi daromadi 2 karra ko‘paydi.
Xalqimiz og‘irini yengil qilish, ko‘targan masalalariga yechim topish bo‘yicha vazir va hokimlar mahallaga tushib ishlaydigan tizim yaratildi. Bu yil ham mahallalarda aholi turmushini yaxshilashga 56 trillion so‘m ajratilmoqda.
– dedi Prezidentimiz.
Bundan keyin “Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida ko‘mak berishim kerak” degan shior har bir tuman, shahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy tashkilot rahbarlarining bosh qoidasi bo‘lishi zarurligi qayd etildi.

“Endi vazirlar, hokimlar o‘ziga savol bersin: shuncha imkoniyat bo‘la turib, aholi ko‘targan masalalarga vaqtida yechim topib beryaptimi? Bundan to‘qqiz yil oldin Xalq qabulxonalari tashkil qilinganda bitta maqsad qo‘yilgan edi: davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish.
To‘g‘ri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali ishladi. Lekin bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda o‘zgartiradigan vaqt keldi”,
– dedi Prezidentimiz.
Bundan keyin “Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida ko‘mak berishim kerak” degan shior har bir tuman, shahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy tashkilot rahbarlarining bosh qoidasi bo‘lishi zarurligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
❤4
Mamlakatimizda har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza va shikoyat to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi.
Lekin bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 535 ta, Navoiy viloyatida 462 ta, Sirdaryo va Surxondaryoda 452 tadan, Jizzaxda 430 ta, Qashqadaryoda 368 ta, Toshkent viloyatida 350 tani tashkil qilmoqda.
Dehqonobod, Mirobod tumanlari, Navoiy, Ohangaron va Yangiyer shaharlarida har o‘n ming aholiga to‘g‘ri keladigan arizalar soni boshqa tumanlardan 2 barobar yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoki murojaatlar soni respublikada 16 foizga kamaygani bilan Qorovulbozor, Nurota, Konimex, Tuproqqal’a tumanlari, Namangan shahrida oldingi yildan 50 foizgacha oshgan.
Buxoro, Karmana, Uchquduq, Sardoba, Xovos, Bo‘stonliq tumanlari, Angren, G‘ozg‘on shahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul o‘tkazdim deb yurgani tanqid qilindi.

O‘tgan yili Xalq qabulxonalariga hokimlarning o‘zi rahbar qilib tayinlangandi.
Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryoda rahbarlarning o‘zi shug‘ullangani uchun hududidagi murojaatlar 25-30 foizga kamaygani, aholi ko‘targan masalalarning 60-70 foizi ijobiy hal bo‘layotgani ta’kidlandi. Lekin qolgan hokimlar va ayrim vazirlar hali bu borada keskin o‘zgarish qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, Toshkent shahrida 170 ming va Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.
Misol uchun, fuqaro yanvar oyida maktab o‘quvchisi Sergelidan oqib o‘tadigan “Junariq” kanaliga tushib ketganini aytib, buzilgan ko‘prikni qayta tiklashni so‘ragan. Bu masalaga ikki oy davomida birorta mas’ul e’tibor qaratmagan, murojaatga yuzaki javob berilgan.
Holat ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina mablag‘ ham topilgan, ko‘prik ham qurilgan. Murojaatlar bilan ishlashdagi bunday kamchiliklar odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlarning katta qismi Ichki ishlar (148 ming), Majburiy ijro byurosi (134 ming), Energetika (88 ming), Bandlik (60 ming) va Sog‘liqni saqlash vazirligiga (56 ming) tegishli ekani qayd etildi.

O‘tgan yili aliment bilan bog‘liq 70 ming murojaat kelib tushgan.
Majburiy ijro byurosi aliment bo‘yicha ariza tushsa, undirib berayotgani, lekin aliment to‘lovchining rasmiy daromadi bo‘lmagani uchun murojaatlarning 30 foizi hal qilinmasdan qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Bu borada hokimlar aliment to‘lovchilarning qanchasining kasbi bor, lekin ishsiz, qanchasini o‘qitish kerakligini tahlil qilmayotgani, shundan kelib chiqib, bandlik bo‘limi va “mahalla yettiligi” oldiga aniq masala qo‘ymayotgani tanqid qilindi.
Hududlarda ishlarni shu tartibda tashkil qilsa, aliment bo‘yicha murojaatlar 2 karra kamayishi mumkinligi qayd etildi.
Tashkiliy migratsiya asosida odamlarni o‘qitib, chet eldagi yuqori daromadli ishlarga yuborish bo‘yicha tizim yaratildi. Lekin aliment majburiyati bo‘lgan odamlar bu imkoniyatdan foydalana olmayapti, chunki fuqaro chetga chiqishi uchun 5 yillik aliment pulini oldindan to‘lashi yoki aliment oluvchidan yozma rozilik olishi kerak.
Mutasaddilarga bu masalani chuqur o‘rganib, tegishli taklif kiritish topshirildi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, turli sabablar bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olmagan bolalarga bunday hujjatni rasmiylashtirishdagi byurokratiya haqida 448 nafar odam murojaat qilgan.
– deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.
Adliya vazirligiga ushbu masalaga sodda yechim ishlab chiqish topshirildi.
O‘tgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘pligi qayd etildi.
Tizim mas’ullari har 1 ming kishiga nisbatan eng ko‘p ariza tushayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Chirchiq shaharlariga borib, aholining muammolarini eshitishi, profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
"Bu bolasini bog‘cha va maktabga joylashtirishda guvohnoma so‘ralgani uchun majbur bo‘lib murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qancha?”
– deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.
Adliya vazirligiga ushbu masalaga sodda yechim ishlab chiqish topshirildi.
O‘tgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘pligi qayd etildi.
Tizim mas’ullari har 1 ming kishiga nisbatan eng ko‘p ariza tushayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Chirchiq shaharlariga borib, aholining muammolarini eshitishi, profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
Energetika, yo‘l, suv infratuzilmasi bo‘yicha 2025-yilda yo‘llangan murojaatlar 109 mingdan oshgan.
Ayniqsa, Asaka, Shahrixon, Izboskan, Pastdarg‘om, Sho‘rchi, Denov, G‘uzor, Qamashi, Dehqonobod, Sharof Rashidov tumanlari, Samarqand, Namangan, Termiz, Qarshi va Andijon shaharlarida infratuzilma bo‘yicha murojaatlar ko‘paygan.
Joriy yil ushbu masalalarni hal qilish bo‘yicha 20 trillion so‘m berilgan. Hokimlar mazkur mablag‘larni, birinchi navbatda, eng ko‘p shikoyat tushayotgan mahallalarga yo‘naltirsa, odamlar ham rozi bo‘lishi, murojaat ham qisqarishi qayd etildi.
Mahalla aholisining og‘irini yengil qilishda “Tashabbusli budjet” dasturi katta samara berayotgani ta’kidlandi.
Lekin infratuzilma masalasida 25 mingta ariza kelib tushgan 2 mingta mahalla biror marta “Tashabbusli budjet”da loyiha joylashtirmagan.
Mutasaddilarga Xalq qabulxonasiga kelgan murojaatlarni tahlil qilib, mazkur mahallalarga loyiha qilishga ko‘maklashganida edi, bu orqali ko‘plab masalalar joyida hal qilish mumkin bo‘lgani ko‘rsatib o‘tildi.

❤1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi murojaatlarning 64 foiziga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 61 foiziga, Transport vazirligi 58 foiziga yechim berish o‘rniga yuzaki javob berish bilan cheklangani, umuman, bunday misollar barcha vazirliklarda borligi qayd etildi.
Xalq qabulxonalari yangi ochilganida murojaatlarning 90-95 foizi shikoyat shaklida bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib, 60-65 foizga tushdi.
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, sohada yangi tizim joriy qilinib, Xalq qabulxonalari faqatgina ariza qabul qiluvchi organ emas, balki hududdagi muammolarni diagnostika qiladigan markaz bo‘lishi belgilandi.
Facebook|Instagram|X
Xalq qabulxonalari yangi ochilganida murojaatlarning 90-95 foizi shikoyat shaklida bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib, 60-65 foizga tushdi.
“Bugun odamlarning dunyoqarashi o‘zgarib, shaxsiy masalada emas, mahallasidagi sharoitni yaxshilash yuzasidan taklif berishni afzal ko‘ryapti. Lekin muammosi hal bo‘lmagan odamlar rahbarlar qabulini tashkil qilib berishni Prezidentdan so‘rayapti.
Endi bu tizim o‘zgaradi. Hokimlar arizada ko‘tarilgan masalani hal qilishning o‘zi bilan cheklanmaydi. Aksincha, muammoning kelib chiqish sababi bilan ishlashi kerak”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, sohada yangi tizim joriy qilinib, Xalq qabulxonalari faqatgina ariza qabul qiluvchi organ emas, balki hududdagi muammolarni diagnostika qiladigan markaz bo‘lishi belgilandi.
Facebook|Instagram|X
#Umumxalq_xayriya_hashari
🌱 “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Urgut tuman elektr ta’minoti korxonasida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Hashar jarayonida korxona ishchi-xodimlari faol ishtirok etib, tashkilot hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tartibga keltirishga alohida e’tibor qaratdilar. Hududdagi daraxtlar oqlanib, ularga shakl berildi.

Prezidentimiz Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilab berdi.
Prezident Administratsiyasiga hokimlar bilan birgalikda Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tushunadigan zamonaviy kadrlarni jamlash, murojaatlarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha alohida nazorat guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti har oyda Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilib, umumlashtiradi, vazirlar va hokimlarga yetkazib, ijrosini nazorat qiladi. Odamlar kayfiyatiga ta’sir qilayotgan masalalar bo‘yicha rahbarlar hisobotini eshitib boradi, eng muammoli masalalar bo‘yicha takliflarni Hukumatga kiritadi.
Hukumatda vazirlik va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat Tezkor shtab tuziladi. Ko‘tarilgan masalalar hudud va tarmoqlar kesimida joyiga chiqqan holda hal qilinadi.
Xalq qabulxonalariga murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini buzgan idoralarga majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish vakolati beriladi.
Kommunikatsiyalar departamentiga murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha davlat idoralari reytingini yo‘lga qo‘yish va har olti oyda e’lon qilib borish topshirildi.
Bosh prokurorning komplayens bo‘yicha o‘rinbosari oldiga bu boradagi barcha topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish vazifasi qo‘yildi.