⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.3K subscribers
29.8K photos
4.15K videos
46 files
18.6K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
#Yashil_energiya

📈2026-yil fevral oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlab chiqargan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 203 foizga ko‘p

👨‍👩‍👧‍👦🔌 Xususan, joriy yilning fevral oyida yurtimizdagi yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 371 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 444 mln kVt⋅soat, jami 815 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 413 mln kVt⋅soat yoki 203 foizga ko‘pni tashkil etdi.

Ma'lumot uchun: 2025-yil fevral oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 401 mln kVtsoat (quyosh — 265 mln kVt⋅soat, shamol — 136 mln kVt⋅soat) elektr energoyasi ishlab chiqarilgan.

https://t.me/SamHETK
2
Forwarded from Tojiyev
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 12-mart kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Ferma” 35 kV havo elektr uzatish tarmog‘ining 25-, 26-, 27-, 30-tayanchlarida izolyator almashtirish va tarmoq atrofini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Ishtixon tumanidagi Sheyxlar, Minglar, Bo‘ronxo‘ja, Katta Qang‘li, Beshkapa, Yo‘g‘ontepa, Zarbuloq, Bog‘bon, Mohpar, Yangiravot, Hazarbobo, Zartepa, Mirzaqul, Humo, Beshariq, Xalqobod mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, yuzaga keladigan muammolarni esa zudlik bilan bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali hamda tuman va shahar elektr ta’minotlarida 24 soatlik navbatchilik asosida ish tashkil etilgan.

Ayni damda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Hududlar bo‘ylab elektr ta’minot korxonalarida tunu-kun faoliyat yurituvchi navbatchi dispetcherlik bo‘limlari, tezkor chiqish brigadalari to‘liq shay holatga keltirilgan.

Hurmatli iste’molchilar!
Agar elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzaga kelsa, quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali
✍️Telegram messenjer:
+998 95 375-75-00
Tezkor dispetcherlik xizmati.
☎️ (66) 237-76-88

⚡️Call-markaz:
☎️ 1154 (qisqa raqam), (55) 707-60-60 

⚡️Jomboy tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 475-29-00, (91) 708-29-00
ASKUE: (66) 475-29-08

⚡️ Oqdaryo tuman elektr ta’minoti.
☎️ (55) 707-42-31, (77) 401-47-20 

⚡️Ishtixon tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 629-14-85, (66) 629-21-56,

⚡️ Payariq tuman elektr ta’minoti.
☎️ (77) 401-47-22, (55) 707-40-24, Chelak bo‘limi. (77) 401-47-21, (55) 701-15-19

⚡️ Kattaqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 414-28-47, (77) 401-47-25

⚡️Urgut tuman elektr ta’minoti.
☎️ (77) 401-47-23, (55) 701-30-78
⚡️Dehqonobod elektr ta’minoti.
☎️ (66) 240-16-18, (77) 401-47-24

⚡️ Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti.
☎️ (55) 707-30-84, (55) 707-16-38, Go‘zalkent bo‘limi: (55) 701-10-87, (77) 401-47-28

⚡️ Toyloq tuman elektr ta’minoti.
☎️ (55) 707-01-17, (55) 706-01-17

⚡️ Samarqand tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 240-05-65, Do‘stlik bo‘limi: (66) 228-11-31, (77) 401-47-30

⚡️Kattaqo‘rg‘on shahar elektr ta’minoti.
☎️ (66) 455-23-18, (66) 455-23-15

⚡️ Qo‘shrabot tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 646-13-46, (66) 646-13-39

⚡️Bulung‘ur tuman elektr ta’minoti.
☎️ (77) 401-47-26, (55) 706-36-64, (55) 706-36-65

⚡️ Paxtachi tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 403-16-47, (66) 403-11-65

⚡️ Narpay tuman elektr ta’minoti.
☎️ (66) 432-27-87, (66) 432-12-59

⚡️ Nurobod tuman elektr ta’minoti.
☎️ (77) 401-47-29, (66) 240-16-69

⚡️ Samarqand shahar elektr ta’minoti.
☎️ (66) 233-12-12, 233-12-15, 233-20-16, 233-41-79, 233-50-72.

https://t.me/SamHETK
3👍1👀1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Mirbozor” podstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli bugun soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida Narpay tumanidagi Mang‘it, Mushkent, Turon, Iymon, Mustaqillik, Navro‘z, Istiqlol, O‘zbekiston, No‘g‘ay va Dedan mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida 187-transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahar, G‘iyosiddin Jamshid mahallasidagi mazkur transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
2👍1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:00 dan 13:00 ga qadar “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Nayzatepa” podstansiyasining elektr tarmog‘ida (SSH-10-1, MV-Ukrach) joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida “Ravonak-1”, “Ravonak-2”, “Musin”, “Ukrach”, “Talibarzu” fiderlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan Samarqand tumanidagi Ravonak, Sho‘rboyi, Sho‘rboyicha, Obod, Nayzatepa, Qo‘shmachit, Angarolmos, Toyloq tumanidagi Sochak, Istiqlol mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
1
Электрчилар - келажак миллионерлари бўлиши мумкин

———

Elektrchilar - kelajak millionerlari bo‘lishi mumkin

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/qzv6

https://t.me/SamHETK
2
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 10:25 dan 16:00 ga qadar “Yodgor” fiderining havo elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta’mirlash (tarmoq atrofini daraxt shoxlaridan tozalash va salqi simlarni qayta tortish) ishlari olib borilishi sababli Samarqand tumanidagi Parrandachilik mahallasida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 10:40 dan 16:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan “Shimoliy” podstansiyasining elektr tarmog‘ida (V-31, V-40) aniqlangan nuqsonni bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Bog‘dod, Beruniy, Ali Qushchi, Ro‘dakiy, O‘rikzor, Tokzor, Mevazor mahallalarida va o‘sha hududlardagi boshqa iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.me/SamHETK
2
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:50 dan 17:00 oralig‘ida 58-fiderga ulangan 20-25-tayanchlarni demontaj qilish ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Bog‘imaydon, Galaosiyo, Rasadxona (qisman) mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:05 dan 17:00 oralig‘ida 537-, 912-, 503-, 884-, 661-transformator punktlarining 0,4 kV elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi Bog‘bonlar, Uvaysiy, Vatanparvar, Go‘ri Amir, Mirzo Ulug‘bek mahallalarida (mazkur transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda) elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:10 dan 17:00 oralig‘ida “Nodira” fiderining havo elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta’mirlash (tarmoq atrofini daraxt shoxlaridan tozalash va salqi simlarni qayta tortish) ishlari olib borilishi sababli Samarqand tumanidagi Ipakchi mahallasida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 13:00 dan 16:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Bog‘izag‘on” podstansiyasining elektr tarmog‘ida (SSH-10-1) joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Toyloq tumanidagi Yangihayot, O‘zbekiston, Do‘stlik, Zarafshon, Xo‘jayuz, Yastepa, Navzandak, G‘o‘lba, O‘ray Elipok, Galabotir, Eski Juma, Charog‘bon, Uzunqishloq mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAZO CHORALARI KUCHAYTIRILADI


Qonun (O'RQ–1121-son, 11.03.2026-y.) bilan Jinoyat kodeksi hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

– Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish,

– fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.

– Amaldagi tahrirda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

– Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o'zboshimchalik bilan ulanish,

– BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'lishi belgilandi.

– Amaldagi tahrirda jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda belgilangan.

– Jinoyat kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etganlik, –

– BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi.

– Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

https://t.me/SamHETK
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Elektr_energiyasidan_oqilona_foydalanaylik

⚡️Elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish elektr uzatish tarmoqlarida yuklamalarni kamaytirish, shuningdek, elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan, fuqarolardan zarurat bo‘lmagan hollarda elektr qurilmalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, shuningdek, yonib turgan chiroqlarni o‘z vaqtida o‘chirish orqali elektr energiyasidan oqilona foydalanish so‘raladi.

Elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 13-mart kuni soat 08:00 dan 17:00 oralig‘ida 1389-transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahar, Kaftarxona mahallasidagi mazkur transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
#Elektr_energiyasi

2026-yil 11-mart kuni yurtimiz energetika tizimida mart oyi uchun elektr energiyasi iste’moli va yuklama bo‘yicha yangi rekord qayd etildi.

Xususan, 11-mart kuni Respublika bo‘yicha sutkalik elektr iste’moli 267 mln kVt·soatni tashkil etib, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 14 mln kVt·soatga ko‘pni tashkil qildi.

Kechki yuqori iste’mol soatlarida energetika tizimidagi eng katta yuklama soat 18:12 da 12 680 MVtga yetdi, bu esa avvalgi mart oyi ko‘rsatkichidan 480 MVtga yuqori bo‘ldi.

Bu kunda elektr stansiyalarda jami 272 mln kVt·soat elektr ishlab chiqarildi, ya’ni o‘tgan yil mart oyidagi ishlab chiqarishga nisbatan 12 mln kVt·soatga ko‘p.

Kun davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 20,9 % qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
(quyosh va shamol stansiyalari ulushi 14,3 % tashkil qildi.)

Ayniqsa, kunduzgi soatlarda elektr energiyasi balansini ta’minlashda quyosh va shamol stansiyalarining hissasi 35 % gacha yetdi.

https://t.me/SamHETK
⚡️Pastdarg‘om tumanida elektr ta’minoti infratuzilmasi modernizatsiya qilinmoqda

Aholi va iste’molchilarni barqaror hamda uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlarda elektr tarmoqlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan hududdagi eskirgan elektr uzatish ustunlarini yangi temir-beton tayanchlariga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, texnik yo‘qotishlarni kamaytirish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.


https://t.me/SamHETK