⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.4K subscribers
29.9K photos
4.15K videos
46 files
18.7K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
⚡️ Samarqand shahrida elektr ta’minoti tizimida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar ishtirokida xizmat intizomi va shaffoflikka bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi tomonidan soha xodimlari bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida davlat rahbarining Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida joriy etilayotgan yangi yondashuvlar mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi salbiy holat bo‘lib, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish lozimligi eslatib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

https://t.me/SamHETK
1👏1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:00 dan 18:00 oralig‘ida Pastdarg‘om tumanidagi Yangiobod, Furqat, Turon, Boltali, Baxshiboyi, Quyi Darg‘om, To‘qboy, Istiqbol, Olmazor va Alisher Navoiy mahallalarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
Sababi, ushbu mahallalarni elektr energiyasi bilan taʼminlovchi “Havas”, “Mingtut”, “Arabxona” elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Ushbu noqulaylik uchun tuman elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

https://t.me/SamHETK
1👍1
⚡️ESKI JUMA MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

Pastdarg‘om tumanida aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, xizmat sifati va ishonchliligini oshirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tumanning Eski Juma mahallasida elektr ta’minoti tizimini tubdan yaxshilashga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar doirasida mahalla aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud tarmoqlarni yangilash va texnik holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni paytga qadar mahalla hududida 50 dona temir-beton ustunlari o‘rnatildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda 1,7 kilometr SIP-2 hamda 1 kilometr SIP-4 turdagi elektr kabellarini tortish ishlari davom ettirilmoqda.

Ushbu yangilanishlar natijasida Eski Juma mahallasi aholisi uchun elektr energiyasi ta’minoti yanada barqarorlashib, xizmat sifati yanada yaxshilanadi.

https://t.me/SamHETK
👍21👏1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 5-fevral kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan “Xlopkamash” podstansiyasining SSH-10-2, TN-10-2 tarmog‘ida joriy ta’mirlash va rele himoyasini tekshirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi So‘g‘diyona, Buxoriy (Nodirabegim ko‘chasi) mahallalarida va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida (424-, 422-, 433-, 421-, 467-, 375-, “Family-2”, “Tatneft-2”, “Abidiy-2”, “FreshOil”, “Davron” fiderlari) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 5-fevral kuni soat 10:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan “Adas” podstansiyasining T-2 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Toyloq tumanidagi Shopo‘lat, Xo‘ja qishloq, Saribozor, Jalolobod, Nuroniy, Jumabozor mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
👍1
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 5-fevral kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida 5-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Mustaqillik, Birlik, Xo‘ja Yusuf, Anhor mahallalarida (mazkur transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
1👍1
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 10:00 dan 17:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Sug‘orish” podstansiyasining elektr tarmog‘ida joriy ta’mirlash (T-1, T-2) ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Moybuloq, Yonboshsoy, Qoqsoy, Burgansoy, Jizmonsoy, Andoqsoy, Qo‘shhovuz, Sebiston, Qo‘shqo‘ton, Nisbot, Jumaboy mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

🟣 “Tashabbusli budjet” — 2026-yilgi yangiliklar

“Тashabbusli budjet” — bu fuqarolar o‘z hududi uchun loyiha taklif qiladigan, davlat esa ushbu loyihalarni budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradigan tizimdir.

📆 1-fevraldan yangi mavsum boshlandi va u bir qator muhim yangiliklar bilan start oldi.

Loyihalar qiymati oshirildi:
🏙 Qurilish va ta’mirlash loyihalari — 1 mlrd 648 mln so‘mgacha;
🛠 Jihozlash loyihalari — 824 mln so‘mgacha.

Bu esa loyihalarni yanada yirik va kompleks tarzda amalga oshirish imkonini beradi.

#tashabbusli_budjet #open_budget
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

12-transformator punktidan chiquvchi 0,4 kV kabel tarmog‘ida kuzatilgan nuqson sababli hozirda Samarqand shahar, Siyobcha mahallasidagi mazkur transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni damda soha xodimlari tomonidan ushbu holatni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada holat bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.

https://t.me/SamHETK
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Urgut tumanidagi Mingtepa mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda.

https://t.me/SamHETK
👍1