⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.4K subscribers
29.9K photos
4.15K videos
46 files
18.7K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:00 dan 17:00 oralig‘ida “Shimoliy” podstansiyasining SSH-6-1, TN-6-1 tarmog‘ida joriy ta’mirlash va rele himoyasini tekshirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Turon, Bog‘iston, Hayotobod, Tinchlik, Sadaf, Ma'rifat, Bog‘ishamol, Nafosat, Qarshi yo‘li, Terakzor, Oltin asr, Nurli yo‘l, Maysazor, Ro‘dakiy, Ali Qushchi, Orzu, Gullar bog‘i, Bog‘dod mahallalarida va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan boshqa iste’molchilarda (markaz gaz, kardiologiya markazi qisqa muddatli) tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yozuvlar nimalarni anglatadi?

Hisoblagichdagi har bir yozuv bejiz emas. Bilib qo'ygan yaxshi!

https://t.me/SamHETK
⚡️ Samarqand shahrida elektr ta’minoti tizimida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar ishtirokida xizmat intizomi va shaffoflikka bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi tomonidan soha xodimlari bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida davlat rahbarining Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida joriy etilayotgan yangi yondashuvlar mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi salbiy holat bo‘lib, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish lozimligi eslatib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

https://t.me/SamHETK
1👏1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:00 dan 18:00 oralig‘ida Pastdarg‘om tumanidagi Yangiobod, Furqat, Turon, Boltali, Baxshiboyi, Quyi Darg‘om, To‘qboy, Istiqbol, Olmazor va Alisher Navoiy mahallalarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
Sababi, ushbu mahallalarni elektr energiyasi bilan taʼminlovchi “Havas”, “Mingtut”, “Arabxona” elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Ushbu noqulaylik uchun tuman elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

https://t.me/SamHETK
1👍1
⚡️ESKI JUMA MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

Pastdarg‘om tumanida aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, xizmat sifati va ishonchliligini oshirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tumanning Eski Juma mahallasida elektr ta’minoti tizimini tubdan yaxshilashga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar doirasida mahalla aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud tarmoqlarni yangilash va texnik holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni paytga qadar mahalla hududida 50 dona temir-beton ustunlari o‘rnatildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda 1,7 kilometr SIP-2 hamda 1 kilometr SIP-4 turdagi elektr kabellarini tortish ishlari davom ettirilmoqda.

Ushbu yangilanishlar natijasida Eski Juma mahallasi aholisi uchun elektr energiyasi ta’minoti yanada barqarorlashib, xizmat sifati yanada yaxshilanadi.

https://t.me/SamHETK
👍21👏1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 5-fevral kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan “Xlopkamash” podstansiyasining SSH-10-2, TN-10-2 tarmog‘ida joriy ta’mirlash va rele himoyasini tekshirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi So‘g‘diyona, Buxoriy (Nodirabegim ko‘chasi) mahallalarida va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida (424-, 422-, 433-, 421-, 467-, 375-, “Family-2”, “Tatneft-2”, “Abidiy-2”, “FreshOil”, “Davron” fiderlari) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 5-fevral kuni soat 10:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan “Adas” podstansiyasining T-2 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Toyloq tumanidagi Shopo‘lat, Xo‘ja qishloq, Saribozor, Jalolobod, Nuroniy, Jumabozor mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
👍1
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 5-fevral kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida 5-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Mustaqillik, Birlik, Xo‘ja Yusuf, Anhor mahallalarida (mazkur transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
1👍1
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 10:00 dan 17:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Sug‘orish” podstansiyasining elektr tarmog‘ida joriy ta’mirlash (T-1, T-2) ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Moybuloq, Yonboshsoy, Qoqsoy, Burgansoy, Jizmonsoy, Andoqsoy, Qo‘shhovuz, Sebiston, Qo‘shqo‘ton, Nisbot, Jumaboy mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
1👌1