SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.11K subscribers
6.31K photos
659 videos
138 files
1.45K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Rashidov_Husniddin
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
Forwarded from Deleted Account
#tabrik
#yoshlar_kuni
30- iyun Yoshlar kuni munosabati bilan barcha yoshlarni muborakbot etaman!
Yoshlik – bu ajoyib. Butun dunyo ko’z oldingizda bo’ladigan, dunyoni yanada yaxshi tomonga o’zgartirishga intilish tuyg’usi bor davrdir. Jamiyatimizni olg‘a qadam tashlashda o’z kuchini ayamaydigan barchani Yoshlar kuni bilan tabriklayman. Sizga kelgusi ishlariga omad, sihat-salomatlik, kuch-g’ayrat va yurtimiz ravnaqi yo’lida samarali mehnat olib borishlarida hamda o‘qishingizga ulkan zafarlar tilayman. Doim maqsadingiz sari olg‘a intiling, zero, sizni buyuk kelajak kutmoqda. Yana bir bor barcha yoshlarga bayram muborak bo‘lsin!

SamDUKF Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekan o‘rinbosari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDUKF BT yetakchisi

Jasur Abduraxmonov Bekpo‘latovich
#Yoshlar_kuni

“Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani soʻrayman: tinimsiz oʻqib, zamonaviy bilimlarni egallashdan, koʻnglingizdagi ezgu maqsadlar sari harakat qilishdan, hech qachon toʻxtamang!

Qoraqalpogʻistondan Andijongacha, Surxondaryodan Toshkentgacha – barcha hududlardagi yoshlarimiz Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek buyuk maqsadimiz yoʻlida bir tanu bir jon boʻlib, dadil olgʻa intilishlari kerak.

Men sizlarning bu yoʻlda marrani baland olib, yagona kuch boʻlib, harakat qilishingizga ishonaman!

Sizlar bunga albatta qodirsiz!

Men sizlarga ishonaman va sizlar bilan faxrlanaman, aziz bolalarim!

Fursatdan foydalanib, barchangizni bugungi unutilmas bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman.

Sizlarga mustahkam sogʻliq, tuganmas kuch-gʻayrat, ulkan yutuq va zafarlar tilayman”, – dedi Prezident soʻzi yakunida.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#YOSHLAR_KUNI
#TABRIK


30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan muhtaram Prezidentimizning shaxsan ózlari Yangi Ózbekiston yoshlariga tabrik yólladilar.🇺🇿❤️
Bu tilaklar, qutlovlar ichida kóplab imkoniyatlar, ulkan rejalar mujassam.🇺🇿❤️
Kechagi bayramda shaxsan ishtirok etib Prezidentimizning nigohida biz yoshlarga bildirayotgan ishonchni koʻrib yana bir bor jannatmakon Ózbekiston, shunday "Ota"ming farzandi ekanligimdan faxrlandim.🇺🇿❤️
Azizlarim, biz yoshlar uchun shunday imkoniyatlar berilayotgan ekan, ulardan qoʻlimizdan kelgancha foydalanib, Yangi Ózbekistonimizga, Yurtboshimizga munosib farzand boʻlaylik. Shu Vatan uchun yonib yashaylik🇺🇿❤️



Umida Mustafaqulova
Forwarded from Edu.uz
#Yoshlar_kuni

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning yoshlarga tabrigi.

—————-

Поздравление министра высшего образования, науки и инноваций, академика Иброхима Абдурахмонова.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT

NAVQIRON, BILIMLI VA SOG‘LOM AVLOD YURT TAYANCHIDIR

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida tadbirlar, tanlov va musobaqalarga start berildi.

Filial faollar zalida tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng, filial direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev so‘zga chiqib, yurtimiz yoshlari, filialimiz talabalarini tabrikladi. Ona Vatanimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini alohida e'tirof etdi.

Yoshlar kuni munosabati bilan filialda sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar boshlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Yoshlar_kuni
#SamDUKF_YI_BT
#Yoshlar_ittifoqi_BT

Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida oʻtkazilayotgan tadbir va musobaqalar davom etmoqda. Ushbu tadbir doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali talaba yigitlari oʻrtasida "Mini Futbol" sport musobaqasi boʻlib oʻtdi, unda filialning talaba yigitlari faol ishtirok etishdi va musobaqa yakunida gʻolib jamoalar aniqlandi.



🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#davom_etamiz
#Yoshlar_kuni
#SamDUKF_YI_BT


Ayni damda SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida oʻtkazilayotgan "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi tadbirlar davomida talaba qizlar oʻrtasida ham "Mini Futbol" sport oʻyini boʻlib oʻtmoqda. Oʻyin qizgʻin bahslarga boy tarzda koʻtarinki ruhda davom etmoqda...


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT
"ZAKOVAT"da qizg‘in bahs!

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Talabalarning keng dunyoqarashi va aqlan yetukligini namoyon qiluvchi "Zakovat" o‘yini filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, tyutorlar tomonidan olib borildi.

"Zakovat"da qatnashgan jamoalar orasidan g‘oliblar aniqlanib, taqdirlanadigan bo‘ldi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT
YOSHLAR SHAXMATDA MAHORATINI KO‘RSATISHDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.

Yoshlarning iqtidori, sergaklik va aqlan yetukligiga xizmat qiluvchi shaxmat o‘yini filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, tyutorlar tomonidan nazorat qilib borildi.

Musobaqa bo‘yicha g‘olib o‘g‘il-qiz talabalar aniqlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF

DIPLOM KERAKMI, KERAK EMASMI?

Avval xabar berganimizdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Munozara intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Unda Yoshlari ttifoqi filial BT koordinatorlari, tyutorlardan iborat hakamlar hay'ati a'zolari nazorati ostida "Inkor" va "Tasdiq" jamoalari o‘rtasida "Inson risoladagidek, yaxshi yashashi uchun diplomga, ya'ni o‘rta va oliy ma'lumotga rasman ega bo‘lishi zarurmi yoki diplomsiz ham yaxshi turmush kechirishi mumkinmi?" mavzusida bahs olib borishdi.

Yoshlar o‘zlarining fikrlari, qarashlarini bildirib, qizg‘in muloqot jarayonlariga guvoh bo‘lishdi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Yoshlar_kuni
#Tabriknoma

QADRLI YOSHLAR, AZIZ TALABALAR!

Sizlarni bugungi qutlug‘ sana — Yoshlar kuni bilan muborakbod etamiz!

Bugun mamlakatimiz taraqqiyot yo'lida qanday buyuk maqsadlar qo'yilgan bo'lsa, bu eng avvalo, sizning beqiyos bilimingiz, g'ayrat va shijoatingizga umid bildirilgan holda belgilanmoqda! Albatta, bugun sizning aka-opalaringiz, ustozlaringiz ilm-ma'rifati, fidoyi xalqimizning donishmandligi bilan ona Vatanimiz turli sohalarda ravnaq topib bormoqda. Lekin, Yurtboshimiz bong urib aytganidek, O'zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini aynan siz kabi ajdodlarga munosib avlodlar barpo etajak! Buning uchun Siz, ko'zi yonib turgan farzandlarimiz uchun barcha sohada keng imkoniyatlar eshigi ochilganligi barchangizga ayon!

Siz aziz yoshlarni yana bir bor bayram bilan tabriklaymiz! Yangi O'zbekistonimiz ravnaqi uchun ilg'or tashabbuslarni amalga oshirish, yuksak arinalarni zabt etish, biz ustozlar, hurmatli ota-onalaringizning iftixori bo'lishlaringizda muvaffaqiyat tilaymiz!
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF

TALABALAR "QO‘RQMA"NI TOMOSHA QILISHDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida filial faollar zalida ijodkor Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" asari asosida suratga olingan film namoyish qilindi.

Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni targʻib qilish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Kino kechasi" uyushtirildi. Unda Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, taniqli yozuvchi Javlon Jovliyevning "Qoʻrqma" romani asosida suratga olingan "Qoʻrqma" hujjatli filmi namoyish etildi. Ushbu filmda "Muqimiy" drama teatrining taniqli aktyorlari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan rollari asosida Sobiq sovet davrida Germaniyaning Berlin shahriga tahsil olish maqsadida borgan 70 nafar oʻzbekistonlik talaba-yoshlarning ogʻir tarzda  kechgan hayoti oq-qora manzaralarda tasvirlab beriladi.