SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.11K subscribers
6.3K photos
657 videos
138 files
1.45K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Rashidov_Husniddin
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
Forwarded from SamDUKF Zakovat sayyorasi (Husniddin Rashidov)
#zakovat_musobaqasi
🔊DIQQAT 🔊

Siz intellektual salohiyatga egamisiz?
Unda bilimingizni sinashning fursati keldi.

Zakovat intellektual o'yinining SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali
#Raqamli_texnologiyalar_va_iqtisodiyot kafedrasi bosqichi 08.04.2024 kuni bo'lib o'tadi. O'zingizning guruhingiz bo'yicha bir jamoa shakllantiring va jamoa ro'yxatini filial Zakovat klubi koordinatori @Bakhtiyarov_Sanjarbek ga taqdim qiling.
📝Ro'yxatga olish 08.04.2024 kuni soat 10:00 ga qadar davom etadi. Jamoa nomi, sardori, 6 nafar asosiy +2 nafar zaxira oʻyinchi.
Faol bo'ling
va diplom hamda esdalik sovg'alariga ega bo'ling.
📌Eng asosiysi gʻolib jamoalar (1-2-3-oʻrin olgan jamoalar) filial bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi.
Filial bosqichi gʻoliblari diplom
va qimmatbaho esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Filial bosqichi musobaqasida ishtirok etgan jamoa aʼzolari orasidan
#filial_zakovat_terma_jamoasi_shakllantiriladi.

Kanalga obuna bo'ling! 👈
#Talabalik_bahori #Intellektual_haftalik
#koordinatorlar_faoliyati

Bugun, 8-aprel kuni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo'rg'on filiali Boshlangʻich tashkiloti tomonidan Zakovat intellektual musobaqasining #Raqamli_texnologiyalar_va_iqtisodiyot kafedrasi bosqichi o'tkazildi. Musobaqada har bir bosqichdan tuzilgan talabalar oʻz jamoalarini tuzgan holda ishtirok etishdi. Musobaqani M.Abbasova va N.Ibragimovalar jamoalarga omad tilagan holda ochib berishdi hamda filial koordinatorlari musobaqaga hakamlik qilib, uning adolatli va shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlashdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rin "Ijtimoiy ish" jamoasiga;
2-o'rin "Adolat +" jamoasiga;
3-o'rin "Yuksalish" jamoasiga nasib etdi.

Siz ham o'z intellektingizni rivojlantirmoqchi bo'lsangiz, bizning safimizga qo'shiling.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook