SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.17K subscribers
6.49K photos
690 videos
138 files
1.5K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Rashidov_Husniddin
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#Sifat_samaradorlik

OCHIQ DARS - MAHORAT VA TAJRIBA ALMASHISH DARSI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida davom etayotgan "Ta'lim sifati va samaradorligi oyligi"da o‘quv va ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy yo‘nalishdagi ishlardagi muhim vazifalar belgilanib, bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinmoqda.

Ayni paytda ochiq darslar, seminar-treninglar orqali namunali mashg‘ulotlar, professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuviga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Zarina Murtazoyevaning 1-kurs xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabalari bilan tashkil qilgan ochiq darsi shular jumlasidandir.

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Ayni_paytda
#SamDU_KF
#Sifat_samaradorlik

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN NAVBATDAGI SEMINAR-TRENING TASHKIL QILINDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida davom etayotgan "Ta'lim sifati va samaradorligi oyligi" doirasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, pedagogik-psixologik bilimlarini takomillashtirish, dars jarayonlarini tashkil etishning pedagogik qonuniyatlari va mexanizmlari hamda o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari bo‘yicha o‘zaro malaka va tajriba almashishini ta'minlash maqsadida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim, sport kafedrasi mudiri To‘lqin Eshquvvatov "Muvaffaqiyatli ta'limning psixologik asoslari: o‘quv motivlari, ta'lim va tarbiya psixologiyasi" mavzusida ma'ruza o‘qidi.