SamDUKF Yoshlar ittifoqi
971 subscribers
6.06K photos
626 videos
136 files
1.38K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#ichki_turizm
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.Rashidov boshchiligida filial va fakultetlar koordinatorlari qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida Registon majmuasi, Bibixonim masjidi, Islom Karimov qabriga tashrif uyushtirildi.
#Tashabbus
#SamDUKF

IQTIDORLI TALABALARNING DASTLABKI GURUHI POYTAXTIMIZDAGI NIZOMIY NOMIDAGI TDPUGA YETIB KELDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sh.Urakov tashabbusi bilan tashkil qilingan guruhlar reytingida yetakchi guruhlardan Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 2-kurs BT_22_13-guruh (2-o‘rin) hamda Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs FT_22_09-guruh (3-o‘rin) talabalari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga yetib keldi.
Talabalar universitetning o‘quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlardagi faoliyati, yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.
Ma'lumot uchun, reytingda 1-o‘rinni egallagan Matematika yo‘nalishi 3-kurs M_21_01-guruh talabalari O‘zbekiston milliy universitetiga yo‘l oldi. Bu haqda ham qisqa fursatda ma'lumot beramiz!

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SamDUKF_YI_BT

📹 Sen yetim emassan (o'zbek film)

1 Iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan ushbu filmni sizga havola etamiz.

1962-yili suratga olingan “Sen yetim emassan” filmi oʻzbek kinosining durdonalaridan biri hisoblanadi. Film hayotiy voqealarga asoslangan boʻlib, unda toshkentlik temirchi Shomahmud Shoahmedov va uning turmush oʻrtogʻi Bahri aya Akramovalarning II jahon urushi paytlarida ittifoqning turli hududlaridan Toshkentga keltirilgan har xil millatga mansub 14 nafar bolani boqib olgani haqida hikoya qilinadi.
#Imtihon
#SamDUKF

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Nazoratlar yozma, og‘zaki-yozma, test hamda amaliy shakllarda olinib, talabalar bilimi baholanmoqda.

Baholash jarayonlarining adolatli va shaffof, korrupsiyon holatlardan holi ravishda o‘tkazilishi uchun filial Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat bo‘limi boshlig‘i Elbek Xudoyqulov hamda boshqa mas'ullar tomonidan doimiy kuzatuvlar olib borilmoqda.

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#Rag_bat
#SamDUKF

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida o‘tgan may oyida "Ma'rifat ulashib" hamda "Milliy qadriyatlar sayli" nomli nufuzli respublika tadbirlari o‘tkazildi. Unda filial jamoasi faol ishtirok etdi.

Ushbu tadbirlarda faol qatnashib, tashabbusi va fidoyiligi bilan munosib hissa qo‘shgan bir guruh filial xodimlari rag‘batlantirildi.

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QABUL_2024
#SAMDUKF

Hurmatli ota-onalar hamda abituriyentlar!

2024-2025-o'quv yili uchun Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filialiga qabul boshlandi.

Yangi o'quv yilida abituriyentlar:


PEDAGOGIKA
PSIXOLOGIYA
MAKTABGACHA TA'LIM
BOSHLANG'ICH TA'LIM
MUSIQA TA'LIMI
TEXNOLOGIK TA'LIM
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI
XORIJIY TIL VA ADABIYOTI: INGLIZ TILI
ONA TILI VA ADABIYOTI: RUS TILI VA ADABIYOTI
IQTISODIYOT
BIOLOGIYA
KIMYO
MATEMATIKA
AMALIY MATEMATIKA
IJTIMOIY ISH
kunduzgi ta'lim yo'nalishlarida,

MAKTABGACHA TA'LIM
BOSHLANG'ICH TA'LIM
sirtqi ta'lim yo'nalishlarida o'qish uchun hujjat topshirishlari mumkin!

DIQQAT!
SamDU Kattaqo'rg'on filialining CALL MARKAZI telefon raqamlari:

☎️  (55) 704-11-74
☎️  (99) 154-72-79

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yilning 25-iyuniga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Har_nafas_uchun_shukr_qiling
#SamDUKF_YI_BT

Biz insonlar har doim oʻzimizdan ko‘ra yuqoriroq darajadagi odamlar bilan oʻzimizni taqqoslaymiz. Ammo nega o‘zimizdan pastroqdagilar haqida fikr yuritmaymiz?
Haqiqatda, bizlar noshukrmiz. Shuncha ne'mat ichida bo‘lib turib ham yana kamchiliklarimizdan noliymiz.

Videoni tomosha qiling. Insoniyat qichqiriqlarini his qiling, mulohaza qiling! Shukr qiling!
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#Ayni_paytda
#SamDUKF

"TENGDOSH TENGDOSHGA KO‘MAKCHI"

Ayni paytda SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh tengdoshga ko‘makchi" loyihasi tadbirlari boshlanish arafasida.

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov