√√√ Umrni Isrof Qilmang √√√
2.89K subscribers
1.23K photos
418 videos
6 files
96 links
«La havla va la quvvata illa billah»📿

√√√ Umrni Isrof Qilmang √√√

@Manfatliiii.Ulanib olinglar 😊☺️

@Reklmaa
Download Telegram
Hasan Basriyni yig'latgan qiz

Hasan Basriy hazratlarining huzuriga bir kishi kelib:

- Ey imom! Mening bir qizim bor, kechayu kunduz yig'lab ko'zlari ko'r bo'ldi. Bir kelib bunga chora ko'rsangiz -dedi.

Hasan Basriy hazratlari rozi bo'ldilar va keldilar. So'ng qizga:

- Qizim, nimaga yig'layapsan? Ko'zlaring ojiz bo'libdi, sababini ayt, chora bordir - dedi.

Qiz javob berdi:

- Ikki sababdan yig'lay-yig'lay ko'zlarimni ko'r etdim. Birinchisi, agar bu ko'z erta oxiratda Allohni ko'radigan bo'lsa, U zotga minglab ko'zlar fido bo'lsin, menga uning hech qiymati yo'q. Ikkinchisi, agar oxiratda bu ko'zlar Alloh subhanahu va taoloni ko'rishga loyiq bo'lmasa, men buni nega ko'z deya olib yuribman. Alloh bunday ko'zlarni dunyoda ikkisini ham ko'r etsin - dedi.

Qizning bu hikmatli so'zlarini tinglagan imom Basriy hazratlari:

- Biz bu erga nasihatchi va tabib bo'lgan holda kelgan edik... Holbuki, nasihat va shifo topib ketyapmiz, deya o'zini yig'idan to'xtata olmadi...


#Jannatga_oshiq_insonlar

👆 Doʻstlarga ham yuborib siz ham savobga ega boʻling Azizlar

🕋@Sajdadamizda🌾☝️