Saidullox (STATUS) ➫ ᥫ᭡
990 subscribers
53 photos
19 videos
2 files
84 links
👉 Kanalimizga xush kelibsiz!
👨‍🎓 Kanal Egasi: @Saidullox

👉 Status: T.me/Saidullox_Status
YT: youtube.com/@Saidullox_Status

🔥 Video Pleylist: https://youtube.com/playlist?list=PLlH7Uih1S7rm61LrtEMtPmAgj0gCxc8Xz&si
Download Telegram
🧬 Ba’zan hayotning siz uchun yopgan eshiklarini qiynash kerak emas. Qiynash charchashdir. Ochilmasligini bila turib bir eshikni qiynash butun quvvatingizni yutib yuboradi. Sizni tugatadi. „Bekorga urinyapsan! " degan his insonni kundan kunga zaiflashtiradi.
❤️Oʻsha eshikdan voz kechib qoʻya qoling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2💯2
🌘 Birgina singan soat ham oldinga qarab harakatlanish uchun kurashyapti.
Nima uchun siz oʻtmishning dardidasiz?

Yaralangan joyingizdan gullaysiz! 🌹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42💯1
💛 YAXSHILIK QILING, LEKIN UNI MINNAT QILMANG!
👥 Ba’zan insonlar doimiy ko‘rayotgan yaxshilikka o‘rganib qoladi. Natijada uni odatiy hol yoki majburiyatdek qabul qilishi mumkin. Bu inson tabiatidagi holatlardan biridir.
🕌 Ammo mo‘minning amali odamlarning qadrlashiga emas, Allohning roziligiga bog‘liq bo‘lishi kerak.
📚 Alloh taolo marhamat qiladi:
"Ey iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat qilish va ozor berish bilan bekor qilmanglar..." (Baqara surasi, 264-oyat)

🕌 Yana shunday deydi:
"Molini Alloh yo‘lida sarflab, ortidan minnat va ozor ergashtirmaydiganlar uchun Parvardigorlari huzurida mukofot bordir." (Baqara surasi, 262-oyat)

Shuningdek, Payg‘ambarimiz ﷺ dedilar:
"Odamlarga tashakkur qilmagan kishi Allohga ham shukr qilmaydi." (Termiziy, 1954; Abu Dovud, 4811 – sahih hadis)
🫶 Shunday ekan, yaxshilikni Alloh uchun qiling. Minnat qilmang. Ammo kimdir yaxshiligingizni odatiy hol deb bilib, uni suiiste’mol qilayotgan bo‘lsa, odob bilan chegara qo‘yishingiz mumkin. Bu minnat qilish emas, balki hikmat bilan muomala qilishdir.
🤲 Alloh taolo qilayotgan barcha yaxshiliklarimizni faqat O‘zining roziligi uchun qabul qilsin. Omin.

❤️ Yoqgan bo‘lsa #REAKSIYA

🔵 TELEGRAM  ||  🛑 YOUTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
55🔥2💯1👀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💛 Sizni Allohga qaytargan har qanday musibat - ne’matdir. Garchi u siz uchun ogʻir va ogʻriqli boʻlsa ham!

❤️ Qalbimni qalbinga aytar soʻzi bor.
Eshitmoqqa umringni bera olasanmi?

🤍 Shunday insonlarimiz borki,
Aytadigan gapimiz qolmasa ham gapni cho'zaveramiz!

🤲 Imkonsiz dedilar, men jilmayib javob berdim:
— Duoning qudratini hech eshitganmisizlar?

🦋 Kim uchundir birinchi boʻlish baxt. Yagona boʻlish esa muhabbatdir.)

🦢 Sizni tushunishni istamagan insonlar sizni ayiblashni eng toʻgʻri yoʻl deb hisoblashadi...!)

👥 Sevgi - bu oʻz qadringni anglash, qalbingni boshqa bir yurakka bagʻishlashdir.

💛 Allohim, uni menga emas,
avvalo O‘zingga yaqin qil.
Men unga oshiq bo‘lishimdan oldin, U Senga oshiq bo‘lgan bo‘lsin..)

🌹 Qalbingiz sinib, mahzun bo'lib qolsa, Muhammad s.a.v ning so'zlarini eslang:
"Haq etmagan muomalaga duch kelsangiz, unutmang - u inson sizning qadringizni anglamasdan oʻlmaydi." Chunki Alloh adolatlidir...
اللَّهُمَّ أَفْرِحْكَ بِمَنْ تُحِبُّ 🕌


🩷 Yoqgan bo‘lsa #REAKSIYA

🔵 TELEGRAM  ||  🛑 YOUTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15❤‍🔥33
Forwarded from 𝐒𝐚𝐡𝐢𝐟𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢𝐦𝐝𝐚𝐧 ᥫ᭡
👩‍❤️‍👨 YAQIN INSONINGIZDAGI AYBLARNI JUDA YAXSHI BILASIZMI?

​Unda bitta savol berib koʻring:
​"Oʻzingizdagi ayblarni ham xuddi shunday aniq bilasizmi?"

​Imom Gʻazzoliy insonning ruhiy tarbiyasi haqida juda muhim bir haqiqatni aytadi: inson oʻz nafsidagi ayblarni oʻzi osonlikcha koʻra olmaydi.

​Chunki nafs oʻzini oqlaydi.

​" - Men unga baqirmadim, u avval boshladi".
​" - Men sovuqlashmadim, u menga mehr bermadi".
​" - Men undan xafa boʻlmadim, u meni tushunmadi".
​" - Men talabchan emasman, u masʼuliyatsiz".
​" - Men nazorat qilmayapman, shunchaki oilamni oʻylayapman".

🦋 ​Shu tarzda inson yaqinining har bir xatosini koʻradi, ammo munosabatda oʻzining qanday hissa qoʻshayotganini koʻrmay qolishi mumkin.

​Gʻazzoliy esa oʻz ayblarini bilishning yoʻllaridan biri sifatida boshqalarda koʻrgan nuqsonlaridan oʻzini tekshirishni ham keltiradi.

⚠️ ​Yaqiningizda sizga yoqmaydigan qandaydir xulq bormi?

​Oʻzingizdan soʻrang:
​"Menda ham shu xulqning boshqa koʻrinishi yoʻqmi?"

💎 ​Masalan:
​"U meni eshitmaydi", deysiz.
​Ammo siz uni tushunishga harakat qilyapsizmi?

​U menga mehr koʻrsatmaydi, deysiz.
​Ammo siz mehrni faqat uning berishi kerak boʻlgan narsa deb qabul qilmayapsizmi?

​U meni qadrlamaydi, deysiz.
Ammo siz uning shaxsiy chegaralarini hurmat qilyapsizmi?

​U juda tanqidchi, deysiz.
​Ammo siz uni doim kamchiliklarini koʻrsatib tarbiyalashga urinmayapsizmi?

❗️ ​Bu "Hamma ayb sizda" degani emas.

​Aksincha, sogʻlom munosabatning eng muhim savollaridan biri:

​"Juftimni qanday oʻzgartiraman?" emas,
​"Bu munosabatda oʻzim nimani oʻzgartirishim kerak?" degan savoldir.

👉 ​Chunki inson oʻz aybini koʻrmagan joyda na isloh, na haqiqiy yaqinlik boshlanadi.

🔵 𝓢 𝓪 𝓱 𝓲 𝓯 𝓪 𝓵 𝓪 𝓻 𝓲 𝓶 𝓭 𝓪 𝓷  
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥64👍2😭1
👁 Ichki qoʻrquvlar... 🧕

🩷 Yoqgan bo‘lsa #REAKSIYA

🔵TELEGRAM  ||  🛑YOUTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥3🔥1💯1