АВТОШКОЛА "STAR MIG AVTO"
207 subscribers
263 photos
203 videos
2 files
39 links
Одна из лучших автошкол по городу Ташкенту https://t.me/STARMIGAVTO
Download Telegram
Forwarded from Ismoil
❤3👍1
Forwarded from InTa'lim
📢 DIQQAT! So‘nggi vaqtlarda yuz tasdiqlash jarayonidan rasm orqali o‘tishga ko‘plab urinishlar kuzatilmoqda.

Ayrim o‘quvchilar pasport yoki ID-kartadagi rasmini kameraga ko‘rsatib, yuz tasdiqlashdan o‘tishga urinmoqda. Bunday usul ishlamaydi.

❌ Pasport yoki ID-kartadagi rasm
❌ Telefon ekranidagi rasm
❌ Bosma rasm
❌ Boshqa qurilmadagi rasm
yuz tasdiqlashdan o‘tkazilmaydi.

✅ Tasdiqlash vaqtida o‘zingizning real yuzingizni kamera oldida ko‘rsatishingiz kerak.

🔐 Barcha yuz tasdiqlash jarayonlari Intalim tizimida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Rasm orqali o‘tishga urinishlar aniqlanadi.

⚠️ Ko‘p marta muvaffaqiyatsiz urinish natijasida yuz tasdiqlash imkoniyati to‘liq bloklanadi.

Shuning uchun yuz tasdiqlash jarayonidan faqat o‘zingizning yuzingiz orqali amalga oshiring.
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Hurmatli avtomaktablar!

Intalim Students ilovasidagi “Yuz orqali tasdiqlash” imkoniyati bo‘yicha tayyorlangan ushbu qo‘llanmani maksimal darajada o‘quvchilaringizga tarqatishingizni so‘raymiz.

📌 O‘quvchilar ushbu imkoniyat orqali:

• JSHSHIR va telefon raqamini kiritadi;
• yuzini tasdiqlaydi;
• login va parolini mustaqil oladi;
• rasmi avtomatik profili va avtodrom face idda joylashtiriladi.

⚠️ Iltimos, qo‘llanmani o‘quvchilarga yuboring va imkon qadar barcha o‘quvchilarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga yo‘naltiring.


Yuklab olish:

🤖 Android — Play Market
🍏 iOS — App Store
Forwarded from InTa'lim
📢 Intalim Students’da “Yuz orqali tasdiqlash” imkoniyati ishga tushdi!

Hurmatli avtomaktablar!

Endilikda o‘quvchilarning rasmini avtomaktab xodimi tomonidan qo‘lda yuklash shart emas. O‘quvchining rasmi “Yuz orqali tasdiqlash” jarayoni orqali avtomatik shakllantiriladi.

📱 O‘quvchi Intalim Students ilovasida:

1️⃣ JSHSHIR raqamini kiritadi
2️⃣ Yuzini kamera orqali tasdiqlaydi
3️⃣ Tizim yuzini o‘quvchining asl rasmi bilan solishtiradi
4️⃣ Tasdiqlangach, o‘quvchining asl rasmi profiliga avtomatik joylashtiriladi
5️⃣ Mavjud login va parol telefon raqamiga SMS orqali yuboriladi

✅ Asosiy qulayligi: avtomaktab xodimi har bir o‘quvchining rasmini alohida izlash, yuklash va profilga joylashtirish uchun vaqt sarflamaydi.

Shuningdek, o‘quvchi login va parolini ham mustaqil ravishda olishi mumkin.

DIQQAT!
📌 Bitta qurilmadan faqat bitta shaxs yuzini tasdiqlashi mumkin.
Agar ushbu qurilmada boshqa shaxsning yuzi avval tasdiqlangan bo‘lsa, boshqa o‘quvchi shu qurilmadan yuzini tasdiqlay olmaydi.

⚠️ Avtomaktablardan iltimos: guruh faol holatga keltirilgandan so‘ng, o‘quvchilarga ushbu imkoniyatdan foydalanishni tushuntiring va “Yuz orqali tasdiqlash” jarayonidan o‘tishlarini tavsiya qiling.📲 Intalim Students ilovasining so‘nggi versiyasidan foydalaning.

Yuklab olish:

🤖 Android — Play Market
🍏 iOS — App Store