Kimyo (Sirojiddin)
81 subscribers
77 photos
41 videos
21 files
23 links
Download Telegram
Kuchli va kuchsiz kislotalar
1
Dushanba kuni 13:30 da 11-sinflar uchun kimyo va biologiya fanlaridan DTM guruh uchun saralash imtixoni bo'lib o'tadi.
Manzil: Start21 o'quv markazi.
4
Anorganik mineral kislotalar
1
Avvalroq 9-sinf Behbudiy o'quvchilarga uyga topshiriq sifatida inson organizmidagi elementlar mavzusini bergan edim. Ular men kutganimdan ko'ra a'lo darajaga topshiriqlarni bajardilar.
🔥2
Avvalroq 9-sinf Cho'lpon o'quvchilarga uyga topshiriq sifatida inson organizmidagi elementlar mavzusini bergan edim. Ular men kutganimdan ko'ra a'lo darajaga topshiriqlarni bajardilar.
1
Forwarded from 1% Bilim
“Vaqtim yo‘q” deymiz, lekin muammo ko‘pincha vaqt emas, parokandalik bo‘ladi. Fokus tug‘ma kuch emas. Tanlov.

Kun davomida o‘nlab mayda narsaga bo‘linib ketgan odam kechqurun charchaydi, ammo muhim ish siljimagan bo‘ladi.

Fokus degani ko‘proq ish qilish emas. Fokus - hozir eng muhim bo‘lgan bitta ishga “joy” ochish.

Buning uchun murakkab tizim shart emas. Avval bitta vazifani tanlayeiz. Keyin 30-40 daqiqa faqat shunga diqqat qaratasiz. Notification (bildirishmomalar) o’chiq, ortiqcha oynalarni yopasiz kompda, telefonni uzoqlashtirasiz.

Shu paytda “yana nimanidir bilvolay deb telefonga yoki brauzerga kirish” degan istak chiqsa, biling - aynan shu joyda diqqatingiz sinovdan o‘tadi.

Natijani ko‘p hollarda iste’dod emas, chalg‘imasdan ishlay olish hal qiladi.

Fokus yo‘qligida hatto kuchli reja ham ishlamaydi, fokus bor joyda esa oddiy reja ham natija bera boshlaydi.

Har kuni kamida bitta ishni chuqur fokus bilan yakunlasangiz, bir haftada farq seziladi. Savol oddiy: bugun diqqatingizni nimaga ongli ravishda berasiz?

Xurshid
11.04.26

@birfoizbilim
2
Alkanlardagi radikallar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muvaffaqiyatlarimiz davom etmoqda

“Novda School” o‘quvchilari yana bir bor o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasligini isbotladi. Kimyo fanidan qo‘lga kiritilgan sertifikatlar ularning mehnati va bilimga bo‘lgan intilishining yaqqol natijasidir

🔥 Bu yutuqlar o‘quvchilarimizning harakati, ustozlarimizning fidoyiligi va ota-onalarimizning qo‘llab-quvvatlashi samarasi

👏 Barcha o‘quvchilarimizni ushbu natijalar bilan tabriklaymiz

🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari
4👏4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🩺 Bo‘lajak shifokorimizning ilk yirik g‘alabasi

Insonlarga yordam berishni niyat qilgan inson uchun eng muhimi sabr va bilim


📍 O‘quvchimiz Novda Schoolga kelganida kimyodan deyarli hech narsani bilmas edi

🔥 Tajribali ustozlarimiz va o‘z mehnati bilan atigi 1,5 yilda 0 dan A+ darajaga ko‘tarildi
Bundan tashqari, 1 yil avval IELTS 6.0 natijasini ham qo‘lga kiritdi


💭 Orzusi insonlarga shifokor sifatida yordam berish
Va u shu yo‘lda dadil ilgarilamoqda

🥳 Siz ham o‘quvchimizni izohlarda qo‘llab-quvvatlashni unutmang

🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari
🔥21
Forwarded from Ustoz Kundaligi
O‘qituvchi kim?

O‘qituvchi — maktabni bir umr bitirmaydigan bitiruvchi.

O‘qituvchi — bolalar deb uyqusi buziladigan shaxs.

O‘qituvchi — ba’zida bolaning kelajagi uchun ota-onadan ham ko‘proq qayg‘urib, aynan o‘sha ota-onadan gap eshitadigan shaxs.

O‘qituvchi — abadiy doska oldida turg‘izib qo‘yilgan o‘quvchi.

O‘qituvchi — bu kasbni tark etsa ham, butun umr qalbida bo‘shliq his qiladigan shaxs.

O‘qituvchi — ichida siqilib, ustida kulib dars o‘tadigan shaxs.

O‘qituvchi — yillab sabr qilganiga rahmat eshitmay, sabr kosasi to‘lib qilgan kichik xatosiga dashnom eshitadigan shaxs.

O‘qituvchi — mana-man degan prezidentlarga o‘z vaqtida xonani artdirgan shaxs.

O‘qituvchi — ta’tilni kutib, ta’tilda ham eplab dam ololmaydigan shaxs...

Davomi sizdan, izohlaringiz postga ko‘chiriladi 👇

@Ustoz_kundaligi
👍31