Shahrixon tumani matbuot hizmati
648 subscribers
7.49K photos
991 videos
2.54K links
Шахрихон туманида рўй бераётган жамият, иқтисодиёт, илм-фан, маданият, спорт, технологияларга оид энг сўнгги хабарлар.
Download Telegram
Андижон халқаро аэропорти ўз тарихида илк бор Challenge Air Cargo авиакомпаниясининг Boeing 747-400F русумидаги юк ҳаво кемасини қабул қилди.

4 августь куни маҳаллий вақт билан соат 03:13 да Бельгиянинг Льеж халқаро аэропортидан амалга оширилган рейс орқали Андижонга 160 бош, умумий оғирлиги 83,3 тонна бўлган наслдор тирик қорамол етказиб келинди.

Ҳаво кемаси бортида Германиянинг Симментал ва Голштин зотларига мансуб наслдор қорамоллар ташилди. Мазкур зотлар юқори маҳсулдорлиги билан ажралиб туради. Хусусан, Симментал зоти сут ва гўшт йўналишидаги универсаллиги билан машҳур бўлса, Голштин зоти дунёда энг юқори сут маҳсулдорлигига эга қорамол зотларидан бири ҳисобланади.

Тирик ҳайвонларни ҳаво кемасидан тушириш, ветеринария назоратидан ўтказиш ҳамда махсус транспорт воситаларига ортиш ишлари амалдаги ветеринария ва биологик хавфсизлик талабларига тўлиқ риоя этилган ҳолда тезкор тарзда амалга оширилди.

Мазкур операция давомида "Uzbekistan Airports" АЖ ҳамда Андижон халқаро аэропорти мутахассислари юкни қабул қилиш ва қайта ишлаш жараёнларини халқаро стандартлар асосида ташкил этиб, тирик ҳайвонларнинг ҳаво кемасидан хавфсиз туширилиши ва белгиланган манзилга етказиб берилишини муваффақиятли таъминладилар.

Boeing 747-400F юк ҳаво кемасининг муваффақиятли қабул қилиниши Андижон халқаро аэропортининг йирик ва махсус тоифадаги юкларни, жумладан тирик ҳайвонларни, халқаро стандартлар асосида қабул қилиш ҳамда уларга сифатли хизмат кўрсатиш бўйича салоҳияти тобора ортиб бораётганини яна бир бор тасдиқлайди.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Андижон халқаро аэропорти илк бор Boeing 747-400F юк ҳаво кемасини қабул қилди

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
🏆 O'zbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi

📰 Bugun Milliy matbuot markazida joriy yilning 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026)ga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

➡️ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori Azamat Eshankulov, Fan olimpiadalari markazi direktori To‘raboy Shermatov, shuningdek, vazirlik va idoralar vakillari, O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari, olimpiada ishtirokchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

📌 Matbuot anjumanida O‘zbekiston tarixida ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qilayotgani, musobaqaning mamlakatimiz ta’lim tizimi va raqamli rivojlanishi uchun strategik ahamiyati, xalqaro ishtirokchilar ko‘lami hamda olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17433
📌 Yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


2026-yil 06-avgust kuni "Yoshlar kuni" munosabati bilan Shahrixon tumani So'zoq MFY hududida Shahrixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari M. Mamajonova tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, ta’lim sifati, bandlik, kasb-hunar egallash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda boshqa dolzarb mavzalar yuzasidan o‘z taklif va murojaatlarini bildirdilar.

Muloqot samimiy va ochiq ruhda o‘tib, bildirilgan murojaat hamda takliflar mas’ullar tomonidan tinglandi, ularning yechimi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi va ijroga qaratilgan vazifalar belgilandi.

Shahrixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda yoshlar bilan ochiq muloqotni muntazam davom ettirishga alohida e’tibor qaratadi.

Telegram ✍️
#Mustaqillik35
#Uzb35
#mustaqillik_toyi

Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami oldidan Shahrixon tumanining “Segaza” va “Qum” mahallalari aholisi uchun madaniy-musiqiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi xonandalari o‘zlarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari bilan qatnashib, qishloq ahliga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdilar. San’atkorlarning ijrolari yig‘ilganlarga haqiqiy bayram shukuhini taqdim etdi.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrixon tumani bo'linmasi
Telegram ✍️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Биласизми

❗️ Ота-онанинг фарзандига тўлайдиган алимент миқдори қанча?


Манба: Оила кодекси

https://t.me/huquqiyaxborot ✍️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Halollik va adolat: arxiv xizmatlarida shaffoflik

Yangi tartiblar asosida arxiv xizmatlari ham zamonaviy va shaffof tizimga o‘tmoqda.

Bugungi kunda:

📌 Murojaatlar elektron shaklda qabul qilinadi;
📌 So‘rovlar avtomatik ro‘yxatga olinib, ijrosi nazorat qilinadi;
📌 Hujjatlar raqamlashtirilib, elektron xizmatlar kengaytirilmoqda;
📌 Fuqarolarga kerakli ma’lumotlarni ortiqcha ovora bo‘lmasdan olish imkoniyati yaratilmoqda;
📌 Elektron tizimlar orqali inson omili va ortiqcha byurokratiya kamaytirilmoqda.

Asosiy maqsad — fuqaroga tezkor, halol va shaffof arxiv xizmatini ko‘rsatish.

📚 Arxiv — tarixni saqlaydi, zamonaviy texnologiyalar esa unga yo‘lni osonlashtiradi.

Shahrixon tuman davlat arxivi ✍️
O‘zbekiston quruvchilariga bayram tabrigi

Праздничное поздравление строителям Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X