Samarqand news| rasmiy kanal ️
1.69K subscribers
1.3K photos
1.45K videos
3 files
433 links
🖇 "Yoshlar olami" gazetasining rasmiy telegram kanali.

📅Tahririyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan
09-36 raqam bilan 2022-yil 15-iyunda qayta ro‘yxatga olingan

📩 Murojaat: @a_tuxtayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ANA_XOLOS

☄️🪪Haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lish uchun 20 kun kifoyami?

Jarima ballari yozish boshlandi. Ba’zi shoforlar oradan 1 oy o‘tmasdan 10 bal to‘plashga ham ulgurdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 yilda 12 ball to‘plagan shoforlar haydovchilik guvohnomasidan mahrum etiladi.

🚀Bu videoni ko‘p qoida buzadigan yaqinlarga yuborib qo‘ying.

🔔
@SAMARQAND_NEWSS
📌 Qarz albatta undiriladi

🖇Majburiy ijro byurosi xodimlari hamda IIB JXX YHXB vakillari hamkorligida "AutoCon" tadbirlarida ma’muriy jarimalari mavjud bo‘lgan avtomashinalarni aniqlash va ularni vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
⚪️Aniqlanishicha, "Nexia 3" avtomobili haydovchisining bir qancha ma’muriy jarima hamda qoidabuzarliklari bo‘lsa-da, ularni o‘z vaqtida to‘lamagan. Hozirda, avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
🔸Barcha jarimalar to‘langandan so‘ng, avtotransport vositasi jarima maydonchasidan chiqarilishi, aks holda, auksion savdolariga qo‘yilishi tushuntirilgan.
⚪️Ahamiyatlisi,garov mulki sifatida qiduruvda bo’lgan avtomashina sa’y-harakatlar natijasida topildi.

Rustam ALIBOYEV,
MIB Urgut tumani bo‘limi davlat ijrochisi

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dahshat

15 yoshli maktab qizlari shifokorni oldiga borib bokiralikni tekshirtirishmoqchi bo‘lishibdi 🤯

Qiz farzandi bor tanishlarga yuborib qo‘yamiz

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Odamlarni qaqshatgan "Credit House" sud ishi

❗️Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida “SREDIT HOUSE ishi” doirasida B. A. va boshqalarga (jami 9 nafar sudlanuvchi) nisbatan yuritilgan jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi.

▪️Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 168, 170, 189, 28,192-11 va 192-11 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, jinoyatdagi ishtiroki doirasida ularning bir nafariga BHMning 234,5 baravari so‘m miqdorida jarima, qolganlarga 6,5 yildan (3 yil sinov muddati sharti bilan) 9 yilgacha muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​Allohni buyukligini qarang, molini oldiyu jonini saqlab qoldi😨

Yo‘llarda ehtiyot bo‘lamiz haydovchi aka-ukalar

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
Yoshlarning zamonaviy kasblarga qiziqishini qoʻllab-quvvatlash va “Media studiya”lar tashkil etish taklif etildi
Samarqand news| rasmiy kanal ️
Yoshlarning zamonaviy kasblarga qiziqishini qoʻllab-quvvatlash va “Media studiya”lar tashkil etish taklif etildi
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Nuriddinovning yoshlar bilan oʻtkazayotgan muloqot tadbirlari davom etmoqda.

Shahardagi 2-, 21–, 30-umumiy o‘rta ta’lim maktablari oʻquvchi-yoshlari ishtirokida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ham qizgʻin muhokamalarga boy oʻtdi.

🔹 Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Nuriddinov oʻquvchi- yoshlar tomonidan bildirilgan:

maktab kutubxonasi fondini yanada boyitish hamda ta’lim maskani oshxonasini “book kafe” shaklida qayta jihozlash;

maktablarda “Bitiruvchilar bogʻi”ni tashkil etish anʼanasini yoʻlga qoʻyish;

yoshlarning zamonaviy kasblarga qiziqishini qoʻllab-quvvatlash va “Media studiya”lar tashkil etish;

xorijiy tillarni oʻrganishga harakat qilayotgan oʻquvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kabi qator taklif va mulohazalarini yuqori baholadi.

👉 Shuningdek, mazkur takliflarni tegishli tashkilotlar bilan oʻrganish va amaliyotga joriy etish boʻyicha masʼullarga zarur topshiriqlar berdi.

Uchrashuv davomida o’quvchilarga "Yoshlar o'rtasida yo'l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish haftaligi" tadbiri doirasida muloqot ham tashkil qildi.

🔴 Shu kunlarda Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Nuriddinov mas’ullar ishtirokida hududlarda “Sayyor qabul” tashkil etmoqda.

📍Xususan, “Sayyor qabul”da 40 dan ortiq murojaatlar soha mutasaddilari tomonidan eshitildi.

Mazkur tadbirlarda murojaatlarning aksariyat qismi joyida hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
#Feyk_xabarlar

⚠️Firibgarlik oqibatida yo‘qotilgan pul mablag‘laringizni undirib berishni va’da qilayotgan kiberfiribgarlarga ishonmang.

Ijtimoiy tarmoqlarda, o‘zini "Advokat" yoki "Huquqshunos" deb tanishtirib, "Firibgarlik oqibatida yo‘qotilgan pul mablag‘larini qaytarib beramiz" degan va’da bilan sizdan "xizmat haqi" yoki "davlat boji" sifatida pul olib, g‘oyib bo‘lishadi.

Unutmang: Firibgarga aldangan pulni qaytarish va’dasi bilan chiqqan "huquqshunoslar"ning aksariyati — o‘sha firibgarlarning o‘zlari yoki ularning
davomchilaridir.

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MashaAlloh

Allohning qudrati cheksiz

🐳Kit suv ostida bolasini emizish jarayoni ekan

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Samarqand viloyatiga tashrifidan eksklyuziv kadrlar e’lon qilindi

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
Ajrim yoqasidagi yosh oila holati o‘rganilib, ular bilan oila qadri, farzand tarbiyasi, er-xotin mas’uliyati, ota-onaga hurmat kabi masalalarda tushuntirish ishlari olib borildi
Samarqand news| rasmiy kanal ️
Ajrim yoqasidagi yosh oila holati o‘rganilib, ular bilan oila qadri, farzand tarbiyasi, er-xotin mas’uliyati, ota-onaga hurmat kabi masalalarda tushuntirish ishlari olib borildi
Samarqand shahridagi 2-FHDY bo‘limi tashabbusi bilan shaharda ajrimlarning oldini olish hamda oila mustahkamligini saqlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

👍 Samarqand shahridagi Registon,Qo’shhovuz,Chilsutun MFYlarda shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig'i Ra’no Toshniyozova hamkorligida mahalla xotin-qizlar faollari otinoyilar, “Oqila ayollar harakati” a’zolari hamda fuqarolar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

👍 Unda mutaxassislar ajrimlar va ularning oqibatlari haqida tushunchalar berishdi.

“Qaynonam — onam mening, kelinim — bolam mening” oyligi doirasida ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish bo‘yicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas'ul xodimi, fuqarolik sudi, ma’naviyat bo‘limi hamda ichki ishlar bo‘limi vakillari ishtirok etdi. Ular tomonidan oilaning jamiyatdagi o‘rni, mustahkamligi va ahamiyati yuzasidan samarali fikr-mulohazalar bildirildi.

Jarayon davomida uchta yosh oila holati o‘rganilib, ular bilan oila qadri, farzand tarbiyasi, er-xotin mas’uliyati, ota-onaga hurmat kabi masalalarda tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada bitta nizoviy holat ildiziga yechim topildi, ikkita oilaga esa muddat berilib, ularga mutaxassislar biriktirildi.

Zarina NURIDDINOVA,
Samarqand shahridagi 2-FHDY bo‘limi mudirasi

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
Ayollar va bolalar huquqlari himoyadami?
Samarqand news| rasmiy kanal ️
Ayollar va bolalar huquqlari himoyadami?
Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Bunda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimizning 2026-yil 3 martda qabul qilingan “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi Farmoni bu boradagi sa’y-harakatlar yangi bosqichga kirganidan dalolat beradi.

Mazkur Farmon nafaqat huquqiy normalarni takomillashtirish, balki insonni e’zozlash, oila institutini mustahkamlash hamda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Globallashuv va axborot makoni kengayib borayotgan bugungi sharoitda turli ijtimoiy muammolarning yuzaga kelayotgani ushbu hujjatda belgilangan vazifalarning naqadar dolzarb ekanini anglatadi.

Farmonda balog‘at yoshiga yetmagan shaxslar bilan nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining oldini olish, bu borada ota-onalar mas’uliyatini oshirish, yoshlarni oila qurishga ongli va mas’uliyatli yondashishga da’vat etish va uning amaldagi ro‘yobini ta’minlash alohida belgilab qo‘yilgan. Binobarin, erta nikoh yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi va mustaqil hayot qurishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biridir.

Salohiddin YUSUPOV,
Samarqand viloyati ma’muriy sudining sudyasi

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
Sudga qadar hal etilishi mumkin bo‘lgan nizolarni muqobil hal etish ulushini 20 foizga yetkazish va ma’muriy sudlarda ishlarning kelishtirish choralari orqali hal etilish darajasini 50 foizga oshirish ko’zda tutilmoqda
Samarqand news| rasmiy kanal ️
Sudga qadar hal etilishi mumkin bo‘lgan nizolarni muqobil hal etish ulushini 20 foizga yetkazish va ma’muriy sudlarda ishlarning kelishtirish choralari orqali hal etilish darajasini 50 foizga oshirish ko’zda tutilmoqda
Prezidentimizning “Mamlakat taraqqiyotining 2030 yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish bo‘yicha 2030 yilga qadar bajariladigan bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, jinoyat ishi yurituvida yarashuv institutidan foydalanish imkoniyatini 20 foizga oshirish, sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim prosessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlaridan foydalanish darajasini 50 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, kiberjinoyatlarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushini 45 foizgacha, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni 3 foizgacha va ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni ham 3 foizgacha kamaytirish belgilandi.

Sudga qadar hal etilishi mumkin bo‘lgan nizolarni muqobil hal etish ulushini 20 foizga yetkazish va ma’muriy sudlarda ishlarning kelishtirish choralari orqali hal etilish darajasini 50 foizga oshirish talab etiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad — davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirishdir.

Ulug‘bek Davronov,
Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR

‼️⚡️🚘KUTIB OLING BYD SONG PLUS-2027 🤩

Yaqinlarga tashlab qo‘ying!

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ana_xolos
‼️🇹🇷Istanbulda qahvaxona mijozlari baland musiqani zilzila deb o‘ylab, ko‘chaga otilishdi.

Ko‘chadan o‘tayotgan avtomobildagi baland musiqa qahvaxona oynalarini titratib yuborgan. Ichkarida o‘tirgan mijozlar zilzila boshlandi degan hayol bilan vahimaga tushib, stol va stullarni ag‘dargancha tashqariga otilishgan.

🔔 @SAMARQAND_NEWSS
‼️1 maydan tonirovka narxlari arzonlashishi haqidagi xabarlarni YHXX rad etdi.

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda 1 maydan «tonirovka” ruxsatnomasi narxi 412 ming so‘m bo‘lishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy munosabat bildirgan.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va amaldagi tartib o‘zgarmagan. Hozirda oynalarni qoraytirish ruxsatnomasi narxi BHMning 8 baravari bo‘lib, 3 mln 296 ming so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, yoz mavsumida narxni 412 ming so‘mgacha tushirish bo‘yicha taklif muhokama qilingan, biroq u hali qonuniy kuchga ega bo‘lmagan va amaliyotga joriy etilmagan.

🔔 @SAMARQAND_NEWSS