Jaloliddin Rumiy 🍃
20.2K subscribers
2.51K photos
743 videos
1 file
119 links
Ishqqa tashnalar maskani...

💰Reklama: @Tijoriy_taklif1

Aloqa: @Otanazarov_Bobomurod

15-aprel 2020.
Download Telegram
To‘fon daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashlasada, pastakkina o‘tga rahm qiladi. Qudratli shamol uning zaifligiga achinadi. Ko‘ngil, endi sen quvvatdan lof urma.
Bolta daraxtlarning, shoxlarning ko‘pligi, qalinligidan qo‘rqadimi? Hammasini chopadi, parchalaydi. Ammo o‘tga maysaga tegmaydi.

©Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
Live stream started
Egri oyoq kiyimi egri oyoqqa mos boʻlganidek, shaytonning afsun va afsonasi ham toʻgʻri boʻlmagan koʻngillarga mosdir.

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
Abu Bakr r.a rahbar boʻlgach, kasbini tashladi. Faqat davlat ishlari bilan shugʻullanar, xazinadan faqat roʻzgʻor ehtiyoji uchun maosh olardi. Tabiiyki, iqtisodiy tarafdan ahvol tangroq boʻlib qolgandi.
Bir kuni xotini yangi libos olib berishni soʻradi. Abu Bakr r.a ortiqcha pul yoʻqligini aytdi. Xotini roʻzgʻordan tejay boshladi. Tejay-tejay oradan bir necha oy oʻtgach, yangi libos uchun pul toʻplanib qoldi. Hazrat Abu Bakr haligi pullarga qaradi-da: "Hali shuncha pulni ortiqcha olayotgan ekanman-da", deb xazinaga qaytarib topshirdi va oʻz maoshini kamaytirdi...

Qanchalar halollik...


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
🌿 Boshiga musibat tushib,og‘ir kunlarni kechirayotgan insonga hadeb nasihat qilavermang.
Koyiyvermang,sabrsizlikda ayblamang...

🌿 Undan bir og‘iz “Qalbing nimani his qildi”, “Qalbingni holi qanday”,
deb so‘rang...

🌿 “Og‘irligini bilaman,
lekin mana ko‘rasan bu kunlar ham avvalgilaridek o‘tib ketadi.
Seni kelajakda eng oliy baxtlar qarshilaydi”,deya tasalli bering...

🌿 Chunki uni qalbidagi zambil yukni bo‘shatishi uchun yaqin do‘stga ehtiyoji bor.
Nasihatgo‘y aqlliga emas.
Nasihat va o‘gitni hamma ham beraveradi ammo muhabbatni faqat hoslargina his qildiradi...

Qalbingizni holi qanday?..

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Bir qishloqchada ikki do‘st yashagan ekan. Ikkisi ham iymon-insofli ekan. Ular voyaga yetgach, biri cho‘ponlikni, biri esa kosiblikni kasb qilibdi...

Cho‘ponlik qilgan odam tog‘ga chiqib,namoz o‘qish, gunohlardan va nomahramlardan uzoq bo‘lishlikni asl niyat qilgan ekan. Oradan yillar o‘tibdi. Cho‘pon yigit do‘stini ziyorat qilmoq uchun shaharga tushishga qaror qilibdi.Bir meshga sut olib yo‘lga chiqibdi.
Yo‘l yurib, shaharga borib kosibxonalarni aylanib do‘stini topibdi. Kiribdi va hol ahvol so‘rab ,sutni devorga ilibdi.
Ikkalasi uzoq suhbatlashibdi.Cho‘pon yugit «Do‘stim,sen kosibsan,ustaxonangga har xil odam keladi,nomahram ayollar u g‘ayridinlar,ustiga ustak bu ishlar bilan bo‘lib ibodatga vaqt topish qiyin emasmi?»
Shunda kosibxonaga bir ayol kirib kelibdi va oyoq kiyimini tamirlatishini aytibdi.
Kosib «marhamat o‘tiring» debdi va oyoq kiyimini berishini so‘rabdi.
Haligi ayol oyoq kiyimini yechayotganda,nogoh cho‘ponning ko‘zi ayolning oyoqlariga tushibdi.
Shunda birdan meshdagi sut tomchilab oqa boshlabdi.
Kosib yigit esa, e’tibor ham bermasdan ishini tugatib,xizmat haqqini olib ayolni kuzatibdi.
Shunda do‘sti «Naqadar yomon holat,sen buyerda qanday ishlayabsan?» debdi.
Kosib o‘rnidan turibdida, barmog‘i bilan meshdagi teshikni berkitibdi.Sut tomchilashi to‘xtagach,shunday debdi:
«Do‘stim,asl masala odamlardan qochib tog‘u toshga ketish emas,iymon shu insonlar orasidan ham nafsini va o‘zini muhofaza qila olishda emasmi?
Ko‘zing meshingdagi teshik kabi bo‘ldi,sen uni nazorat qila olmading,iymoning mustahkam bo‘lganda edi,sut kabi oqmasdi.»..
Cho‘pon yig‘lab do‘stini quchoqladi...

@Rumiy_Jaloliddin
🌿 Adolat...

Amerikada hammaga mashhur bir sudya bor. Nihoyatda adolatli. O‘sha sudya bir safar o‘n besh yoshli bir bola ustidan hukm qildi. Bola do‘kondan non va pishloq o‘g‘irlagan ekan. Bola qochish asnosida tokchalardan birini ham sindirgan. Hodisa tafsilotini eshitgan sudya boladan so‘radi:
-Sen haqiqatdan ham o‘g‘irlik qildingmi? Non o‘g‘irlab tokchani ham sindirdingmi?
Bola xijolatdan yerga qarab javob berdi:
-Ha!
-Nega o‘g‘irlik qilding?
-Muhtojlikdan!
-O‘g‘irlagandan ko‘ra sotib olsang bo‘lmasmidi?!
-Pulim yo‘q!
-Otang yoki onangdan pul olsang bo‘lar edi-ku!
-Otam yo‘q. Onam borlar. U kishi bemor. Ishlay olmaydilar. U kishi uchun non va pishloq o‘g‘irladim!
-Sen ishlamaysanmi?
-Mashinalarni yuvar edim. Onamga yordamlashish uchun xo‘jayindan bir kun javob so‘radim. Shuning uchun meni ishdan haydashdi!
Savol-javob tugagandan so‘ng sudya hukmni e’lon qildi:
“O‘g‘irlik, xususan non o‘g‘irlash juda ham uyatli ish. Bu o‘g‘irlikda hammamiz sherikmiz. Mana shu zalda o‘tirganlarning bari bu jinoyatda sherik. Ular ichida men ham borman. Bundan barchamiz mas’ulmiz! Bu yerda o‘tirganlarning bariga o‘n dollardan jarima solaman. O‘n dollar bermasdan hech kim zaldan chiqmasin!”.
Birinchi bo‘lib sudyaning o‘zi cho‘ntagidan o‘n dollar chiqarib stolga qo‘ydi va dedi:
“Och qolgan bolani polisiyaga topshirgan do‘kon egasiga ming dollar jarima solaman. Agar do‘kondor pulni bermasa do‘koni yopiladi. Modomiki, kimdir non o‘g‘irlar ekan, bundan barcha fuqarolar uyalishi lozim. Bu ish davlatimizdagi jamiyat a’zolari uchun sharmandalik!”.
Zaldagi barcha ishtirokchilar boladan kechirim so‘rashdi. Hamma yig‘ladi. Sudya ham zaldan ko‘zlarida yosh bilan chiqdi. U rahmat va insoniylik asarini ko‘rsatdi
.

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
​​Gul suvga oshiq boʻldi...
Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi...
Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...
Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi.
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi...
Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan.
Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...

©Mavlono Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
Shuni doim yodda tuting:
Sizga nasib qilmagani — siz uchun bitilmagan.
Sizga taqdir qilingani esa zinhor sizdan o‘tib ketmaydi!

Xayrli tong. 😊


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
Yozish asnosida qoʻlni koʻrmagan kishi qalamning harakati qalamdan deb oʻylaydi.

©Jaloliddin Rumiy "Qalb koʻzingni och"

Allohni bilmagan kishi barcha ishni insondan deb oʻylaydi...

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
🌿 Eng qimmatbaho gilam...

Shunday qimmat joynamozingiz bo‘lishni istarmidingiz. Kim ham istamaydi. Ammo bu gilamcha sotilmaydi. Sotib olsangiz-da, o‘zingiz eskitmaganingiz uchun siz uchun qadrsiz.
Shuning uchun bunday gilamchaga ega bo‘lishingiz uchun hozirdan to‘qishni boshlashingiz kerak. Chunki, buning uchun uzun yillar lozim sizga. Uzun-uzun yillar... Qo‘llaringiz kifoya emas, tizzalaringiz bilan to‘qiysiz, balki peshonangiz bilan... Qancha erta boshlasangiz, shuncha tez ega bo‘lasiz. Shuncha yillik umrni Robbing sizga ato etarmi? U yana bir savol. Ammo, to‘qishni boshlaylik. Biz bitirmasak-da, avlodlarimiz bitirar, inshaalloh...

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Bu postni oʻqiyotgan inson;
Sizni tanimayman..
Hozir qayerdasiz, kimlar bilansiz, nima qilyapsiz, buni bilmayman.
Bir bilgan narsam hamma insonniki kabi, sizning ham joningizni siqadigan, mahzun qiladigan ishlar ichida ekanligingizdir..

🍀 Shuni bilingki:
Yashaganingiz qanday muammo boʻlmasin, hammasi oʻtkinchi.
Har doim Allohning suyukli qulisiz..
Yaqinlaringizga keraksiz.
Axir qanchalab qiyin kunlarni boshingizdan oʻtkazdingiz-ku?!

Eng qiyin paytingizda, yoʻlingizni yoʻqotgan boʻlsangiz Allohga yuzlaning...

Chiqish yoʻlini qibla tarafdan topasiz..
Bunga ishonchim komil..

Yangi kun muborak, qadrligim ))

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Yosh bolalarning “Sevgi nima?” mavzusida fikrlari.

Kichik bolakaydan so‘rashdi:
–Sevgi nima?
–Sevgi bu – o‘zim sovuqqotishimni bilsam-da kurtkamni singlimga kiydirib qo‘yishim.

Boshqa bolakaydan so‘rashganda esa:
Singlim sumkamdagi shokoladimni mendan so‘ramay olib qo‘yishini bilsam-da, har kun yana boshqasini uning o‘rniga solib qo‘yishim sevgi, deb javob berishibdi.

Naqadar beg'ubor tuyg'ular.

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Germaniyalik shifokor aytadi:

- Arablarda ko‘zoynak ishlatilishi kamdan-kam uchraydigan holat. Sababi esa, ular o‘ngdan chapga qarab to‘g‘ri o‘qishadi. Biz yevropaliklar esa, lotinchani chapdan o‘ngga qarab o‘qiymiz. Holbuki, yaratilishiga ko‘ra, ko‘z o‘ngdan chapga qarab o‘qishga moslashtirilgan.

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Bir kuni muallim sinf taxtasiga quyidagilarni yozdi:

9 x 1 = 7
9 x 2= 18
9 x 3 = 27
9 x 4 = 36
9 x 5 = 45
9 x 6 = 54
9 x 7 = 63
9 x 8 = 72
9 x 9 = 81
9 x 10= 90

Yozib bo‘lib orqaga qaradi. O‘quvchilar birinchi ko‘paytiruvning xatoligidan kulayotgan edilar. O‘qituvchi ularga : "Men uni ataylab xato yozdim. Chunki men bugun sizlarga bir muhim narsani o‘rgatmoqchiman. Bu narsa insonlarning siz bilan qanday muomala qilishlaridir. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz men to‘qqizta keyingi ko‘paytiruvni to‘g‘ri yozdim. Shunday bo‘lsada meni birov bu bilan tabriklamadi. Hamma birgina xatoyimdan kulib o‘tirdi. Atrofingizdagi ko‘p insonlar ana shunday. Ular agar million marta to‘g‘ri ish qilsang e’tibor berishmaydi. Agar birgina xato qilib qo‘ysang bormi, ularning tanqid yomg‘irlari ostida qolasan.

Sizni istehzo qilguvchilarning ko‘pligi harakatdan to‘xtatib qo‘ymasin. Insonlardagi faqatgina xato va toyilishni ko‘radiganlarni insonlar hurmat va ehtirom qilishmaydi".

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
Dunyo, dunyo bo‘lib yaralibdiki har narsaning oxiri ayriliq ekanligini ko‘r!
Bu dunyoga kelib, ketmagan kishini kim ko‘ribdi?
Bir kun o‘lim kelib yetadi, bo‘g‘zingdan ushlaganda esa shoshib qolasan.


©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
• Agar kishi oddiy va maʼnosiz narsalarga ham kulaversa demak u chuqur yolgʻizlik tuygʻusi ichida;
• Agar kishi koʻp uxlayotgan boʻlsa demak u tushkunlikda;
• Agar kishi qisqa va tez gapirayotgan boʻlsa demak u nimanidir berkityapti;
• Agar kishi yigʻlay olmasa demak u kuchsizdir;
• Agar kishi noodatiy shaklda ovqat yeyayotgan boʻlsa demak uning asabi taranglashgan;
• Agar kishi arzimas sabab bilan ham yigʻlayversa demak uning qalbi pok va oʻta yumshoq;
• Agar kishi boʻlmagʻur va arzimas narsalarga ham jahl qilaversa demak uning muhabbatga ehtiyoji bor.


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin 🍃