Jaloliddin Rumiy 🍃
19.3K subscribers
2.51K photos
745 videos
1 file
119 links
Ishqqa tashnalar maskani...

💰Reklama: @Tijoriy_taklif1

Aloqa: @Otanazarov_Bobomurod

15-aprel 2020.
Download Telegram
Har bir inson misoli ochiq kitob. Xudoni anglamoqlik, xoh u fohisha bo’lsin, xoh avliyo, har bir inson qalbida jo bo’lgan, Har bir inson qalbida tug’ilgandan boshlab Ishq yashaydi va u ochilmoqni istaydi. Qirq qoidadan biri ayni shu haqidadir: “Butun koinot insonda – senda jo bo’lgan. Atrofingda nimalarni ko’rayotgan bo’lsang, hatto sen nafratlanadigan, yoqtirmaydigan odamlar ham, – hammasi o’zingda jo bo’lgan. Shuning uchun shaytonni tashqaridan izlama. Iblis o’zimizning ichimizda yashiringan. Agar sen chin o’zligingni bila olsang, o’zingdagi nurli va qorong’u tomonlaringni ko’ra olsang, eng yuksak anglashga erishasan. Har bir inson, xoh u erkak bo’lsin, xoh yo ayol, o’zligini bila olsa, Xudoni ham biladi.

©Elif Shafaq "Ishqqa oid 40 qoida"

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
🌿 Xozirgi kunda pul topish muammo bo‘lgan bir vaqtda, kirakash akalarimizda ishlar ancha susayib qoldi. Rasmdagi do‘stimizni qizi shaharda student, o‘qidi. Xozirgina qizi telefon qilib -"Ota, imkoningiz bo‘lsa ozgina pul bering"deb qoldi.
Bo‘ldi jonim qizim xozirda deb menga klik orkali kartasiga pul o‘tkazib berishimni so‘radi. Ertalabdan beri 110 ming so‘m ishlagan ekan, shundan 100 mingini o‘tkazib berdik. Qo‘lida esa 10 ming so‘m qoldi. Ko‘zlarimga yosh keldi. Yoqilg‘isiga xam pul qolmadi. Oriyati kuchli bu birodarim umuman birovdan yordam olmaydi, qiynalsa xam o‘zi xarakat qiladi. Xoxlamaydi birovni oldida tili qisiq bo‘lib qolishni.
Qizlarimizni shunaqa qiynalib o‘qitib, voyaga yetkazishni o‘zi oson emas...

Otalarimiz bor bo‘lsin...

@Rumiy_Jaloliddin
Bir odam bir xabar o'qiyapti va aytyaptiki:
“Subhanallah”
Davomini o'qidi va “Alhamdulillah” dedi.
Davomida “La ilaha illallah”,
o'zini yaxshi his qildi va shu tufayli “Astag'firullah” dedi. “Astag'firullah” “Astag'firullah”...
“Allohga shukur”
So'ngida hazrat Muhammadni ismini o'qidi va “Sallallohu alayhi va sallam” dedi.
Shu so'zlarni aytib, shu vaqt ichida shu qadar ko'p savob oldi-ki...
Bu insonni kimligini bilasizmi?
Bu – siz!


Yaxshi koʻrgan insonlaringizga yuboring.🙂

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
🌱 Kechagina yaqinda boʻlgan voqeani eshitib koʻnglim toʻlib ketdi. Makkayi Madinada boʻlgan voqea ekan. Bir bola ziyoratga kirib chiqayotganlarning oyoq kiyimini toʻgʻirlab qoʻyayotganini koʻrgan oʻsha yerni Shayhi: "Bu Buhoriylardan" debti. "Taniysizmi bu bolani?" deyishsa, Shayh janoblari - "Yo‘q bu odat faqat Buhoriylarda saqlanib qolindi, boshqa hamma joyda unutuldi" deb javob beribdi. U boladan borib soʻrashsa haqiqatdan ham Oʻzbekistonlik ekan. O‘zimizning urf odatlarimiz baribir boshqacha...

B. Aliyevna izohlaridan

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
O‘tmishni sog‘inmayman...
Ammo u men uchun juda qadrli.
Ba’zan... juda kamdan-kam hollarda va albatta, bu vaqtinchalik zaiflik tufayli men o‘zimdan voz kechmayman...
Ha va orqaga qaytish uchun hech qanday yo‘l yo‘q. Avvalgi men endi yo‘qman. Shunday qilib, qaytib keladigan hech kim yo‘q...

- Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃🍃
🌿 Bir kun hammasi nihoyasiga yetadi...
Qiynalganlaringiz, yaralar, og‘riqlar, iztirob, yuragingizdagi olovlar...

Tugamaydi deb bilgan xasratlaringiz bitadi, sabrim tugadi deganlaringiz o‘tib ketadi...

Barini yengganingizda, ko‘nikkaningizda, endi ahamiyati qolmaganida, kimlarningdir dilida pushaymoni, kimlarningdir esa umidi bo‘lasiz..! Sabr qiling...O‘sha kun keladi...

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Qalblar Allohning qo'lidadir... Alloh qalbingizni go'zal qalb ila to'ldirsin. Yuragingiz yoqimli sevgi bilan gullasin. Xudo sizni sevgingiz bilan asrasin... Sizni sevadigan va ranjitmaydigan, orzulari pok, tili asaldan shirin, ko'zlari haromga parda, aqli yomon o'ylardan xoli insonni Alloh taqdir yo'lingizda umr yo'ldosh qilsin... Omin.

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Bir kun kelar,
Ochmas degan gullaring ochar, Ketmas degan dardlaring ketar,
Tugamas degan vaqting o‘tar,
Hayot shunday bir sir-ki;
Oldin shukr,
So‘ngra sabr,
So‘ng esa ishonmoq kerak.

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
🌿 Bozorda qo‘l ushlashib yurgan juftlarni ko‘rib qolsangiz, bular muncha baxtli, muncha romantik, deb ajablanmang! Aslida, u butun boshli bozorni sotib olmasligi uchungina ayolining qo‘lidan tutib olgan, halos))

Ozgina tabassum 🙃

@Rumiy_Jaloliddin🍃
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon Travel дан Август ойига 14 кунлик Умра зиёратига қабуллар давом этмоқда!


🗒Ҳозирдан жойингизни банд қилинг!

Устоз Рустамжон домла билан бирга Умра зиёратини гўзал ҳолатда адо этинг!

АВГУСТ ОЙИ:
🗓 22-28-29

СЕНТЯБР ОЙИ
🗓 3-5-10-12-17-19-24-26-30

Нархи — 1150$

Пакетга қуйидаги хизматлар киради:
- Бориш ва келиш учун авиа чипталар;
- Расмий виза;
- Мадина ва Макка шаҳрида меҳмонхоналар.
- 2-3 маҳал иссиқ таомлар;
- Тажрибали элликбоши;
- Мадина ва Макка шаҳридаги зиёратлар
- Транспорт хизмати
- Тиббий суғурта
- Қизил денгиз саёҳати.
- Зам-зам 5л
- Қуръон, сумка, нимча, бежик

🔔Жойлар сони чегараланган!

🔄Мурожаат учун:
📞 +998977773890
📞 +998338833890
🌿 Kimnidir yaxshi ko‘rsangiz, o‘z-o‘zidan uni asrab-avaylay boshlaysiz.

Ammo Allohni yaxshi ko‘rsangiz, U sizni asrab-avaylay boshlaydi!

Allohim bizni muhabbating,
Seni suyganlar muhabbati bilan rizqlantir.
Va barcha Sen suyishinga sabab bo‘ladigan amallarga bizlarni yaqin qil...


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Ota...

Ota to‘lib-toshib keldi. Uyda to‘polon bo‘lib ketdi: to‘rt bolasi yugurib kelib, quchog‘iga otildi. Otaning ko‘zi narigi xona
eshigida mo‘ltirabgina turgan qizchaga tushdi.U uzoqroq bir qarindoshining yetimchasi edi.
– Dada! – dedi kenja o‘g‘ilchasi.
Ota unga shokolad berdi.
– Dada, mengayam! – degan kichik qizchasi o‘z ulushini oldi.
– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U ham benasib qolmadi.
– Dada! – dedi to‘ng‘ich o‘g‘li.
Uyiga mehmon qizaloq kelganidan bexabar ota shokoladni qo‘lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o‘g‘liga, bir yetim qizchaga tikildi.
Shu mahal yetim qizaloq katta qizni imlab chaqirdi. Qulog‘iga shivirladi. Katta qizi kelib, otasiga shunday dedi:
– Dugonam «Dadangni men ham dada desam maylimi?» deb so‘rayapti...

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Qush qorni to‘ygandan keyin o‘grildi va uchib ketdi...
Qolgan donlarni o‘ylamadi...
Yonimga olib olay, zaxira qilib qo‘yaman, ertaga yeyman, demadi...
Hammayoq qor, ertaga och bo‘lsam, yegulik topolamanmi? - deb tashvishlanmadi!...
Chunki rizq beruvchisidan ko‘ngli xotirjam edi. Rizq beruvchisi uni unutib qo‘ymasligini juda yaxshi bilardi....


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Eslatma...

Boshladik...

1. Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.

Yana bir marta ))

2.Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad...

Sizdan nima ketdi))

3. Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.

☺️ Rahmat...

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Ona...

Saudiya Arabistonida ikki aka-ukalar bir-birlarini ustidan sudga arzlanishibdi. Ular oʻzaro onalarini, kimisi bilan qolib yashashligini kelishisholmaslikdan shu ishga borishibdi.
Kichik oʻgʻli boshqa shaxarda, oʻqishda yurgan vaqt mobaynida, katta oʻgʻli onasiga qaragan.
Kichik oʻgʻil oʻqishini tugallab kelgandan keyin onasini oʻz uyiga olib ketmoqchi boʻlganda, katta oʻgʻli -: “ Qanday qilib men jannat darvozasini berib qoʻyaman”,- deb bunga norozi boʻlipti.
Onasiga farzandlaridan birini tanlashlik imkonini berishganda, onasi qaysi bir farzandi bilan qolishlikni tanlay olmapti.
Lekin onani kichik farzand bilan yashashligi kerak, degan xukmni sud chiqargandan keyin, katta oʻgʻli koʻz yoshlari bilan onasini kuzatib qolibdi.
Vaholanki, hammasi bir shaharda yashashar ekan...

🌙 Aynan shu bizning Islom ))


Reaksiyalaringizni qoldirishni unutmang, qadrligim ))

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 O‘qigan kishilarni seving, azizim!
Bir kuni roman o‘qiydi, hayotni taniydi....
Bir kuni Haq Kitobni o‘qiydi, Robbisini taniydi...
Va kun keladi, ko‘nglingizni o‘qiydi, sizni taniydi...

©Umida Aziz

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Suratdagi kishi Shayx Bashir Badaliy bo‘ladilar.

Mavritaniya xalqining ulamolaridan hisoblanadilar. Poytaxt Nuokshot ko‘chalarida ko‘chama-ko‘cha yurib suv sotyaptilar. O‘z qo‘llari bilan ishlab tirikchilik qilyaptilar...

____
Shu rasm ostiga mashhur voiz Mahmud Hasanot shunday deb yozibdi:

«Rasm ajoyib. Zohidlikning bir ko‘rinishi. Lekin shu bilan birga juda achinarli va iztirobli manzara. Bunday insonlarning qo‘li qalamda bo‘lib, ta’lim berishi xalqni tarbiya qilishi lozim. Tirikchiligiga kelsak, buni davlat va xalq ta’minlashi kerak. Ajib va ajoyib zamonda yashayapmiz».

— Abdulloh Rahim

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Shunday o‘g‘ilni bilaman: onasi bilan telefonda gaplashayotib, gaplari tugaganidan keyin onasi (qizilni bosib) o‘zi o‘chirmagunicha o‘g‘il trubkani qo‘ymaydi, toki onamning gapi tugamay o‘chirib qo‘ysam, onamga oq bo‘lib qolmayin, deydi...

Alloh shunday farzandlardan rozi bo‘lsin!

— Abdulhodiy Yusuf

@Rumiy_Jaloliddin 🍃